Abdulahatov Erkin Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent viloyatining iqlimiy resurslari, ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va turizm maqsadlarida foydalanish istiqbollari», 11.00.04 – Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Gr186.
Ilmiy rahbar: Xolmatjanov Baxtiyar Maxamatjanovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Eshqobil Yuldoshevich, texnika fanlari doktori, professor; Gafurov Zafar Asrorjonovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining iqlimiy resurslarini baholash, shamol tezligi va atmosfera sirkulyasiyasining issiqlik hissiyoti sharoitlariga ta’sirini aniqlash hamda viloyatda turizmni rivojlantirishda ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik hissiyoti sharoitlarini havo qurg‘oqchiligining termogigrometrik koeffisienti (TGK) asosida aniqlash uslubiyati shamolning ta’sirini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
GAT texnologiyalaridan foydalanib Toshkent viloyatida bioiqlimiy sharoitlar taqsimotining kartografik modeli yaratilgan;
turistik destinatsiyalarda issiqlik hissiyoti zonalarining vaqt (sutka) davomidagi taqsimotini taqdim etish uslubiyati takomillashtirilgan;
O‘rta Osiyo mintaqaviy atmosfera sirkulyasiyasining Toshkent shahri bioiqlimiy sharoitlarga ta’siri miqdoriy baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyatining iqlimiy resurslari, ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va turizm maqsadlarida foydalanish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik hissiyoti sharoitlarini havo qurg‘oqchiligining termogigrometrik koeffisienti (TGK) asosida yilning sovuq davrida shamolning ta’sirini hisobga olib takomillashtirilgan aniqlash uslubiyati O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligida hududlarning bioiqlimiy sharoitlarini baholashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2024 yil 20 fevraldagi 01-17/271-son ma’lumotnomasi). Natijada, real vaqt rejimida bioiqlimiy sharoitlarga shamol tezligining ta’sirini hisobga olish imkoniyati yaratilgan;
GAT texnologiyalaridan foydalanib yaratilgan Toshkent viloyati hududida bioiqlimiy sharoitlar taqsimotining kartografik modeli O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligida aholiga meteorologik xizmat ko‘rsatishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2024 yil 20 fevraldagi 01-17/271-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlarga taqdim etilayotgan meteorologik ma’lumotlar ko‘lamini oshirishga xizmat qilgan;
turistik destinatsiyalarda issiqlik hissiyoti zonalarining vaqt (sutka) davomidagi taqsimotini havola qilish uslubiyatiga kiritilgan aniqliklar O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligida meteorologik prognozlar tuzish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2024 yil 20 fevraldagi 01-17/271-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarda issiqlik hissiyoti zonalarining sutka davomidagi o‘zgarishlarini aniqlash imkonini bergan;
O‘rta Osiyo mintaqaviy atmosfera sirkulyasiyasining Toshkent shahri bioiqlimiy sharoitlariga ta’sirining miqdoriy baholanmalari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligida meteorologik prognozlar tuzish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2024 yil 20 fevraldagi 01-17/271-son ma’lumotnomasi). Natijada, aniqlangan bog‘lanishlar bioiqlimiy sharoitlarni qisqa muddatli prognozlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish