Ismoilov Bobir Xolqberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida sifat va xavfsizlik tizimini shakllantirish hamda ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T852.
Ilmiy rahbar: Xamrakulov Gafurjan, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Abdulloev Obidjon Shaxobiddinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Abdug‘aniev Baxtiyor Yormaxamatovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy vinolarning kimyoviy tarkibi asosida tovarlar nomenklaturasiga xos yangi tovar kodlarini ishlab chiqishdan hamda vino ishlab chiqarish korxonalarida xalqaro standartlar talablari va havfsizlik mezonlari asosida muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy vinolarni saqlash muddatini uzaytiruvchi omillar: antioksidant – limon kislotasi va vino tarkibidagi uglevod (qand) miqdori zamonaviy yuqori samarador suyuqlik xromatografiya va portativ reraktometriya usullari yordamida aniqlangan;
tabiiy vinolarning kimyoviy tarkibi botanik kelib chiqishi va iste’mol xossalaridan kelib chiqqan holda amaldagi 2204 30 tovar subpozisiyasiga qo‘shimcha tarzda kiritilgan yangi tovar kodlari ishlab chiqilgan;
tabiiy vinoning nordon, nimnordon va nimshirin turlari uchun kimyoviy tarkibi, botanik kelib chiqishi va iste’mol xossalaridan kelib chiqqan holda TIF TNning amaldagi 2204 30 100 0 kodi asosida yangi 2204 30 100 1, 2204 30 100 2, 2204 30 100 3 hamda 2204 30 100 9 kodlari yaratilgan;
O‘zbekiston sertifikatlashtirish idoralari uchun vino ishlab chiqaruvchi korxonalarda sifat va havfsizlik tizimini ta’minlashning muvofiqligini baholash jarayonini takomillashtirish va engillashtirish maqsadida “HACCP tizimi tamoyillariga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini boshqarish tizimini sertifikatlashtirish jarayon (algoritm)lari” yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jalik mahsulot (vino)larini qayta ishlash korxonalarida sifat va xavfsizlik tizimini shakllantirish hamda tabiiy vinoni sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi boʻyicha tabiiy vino uchun amaldagi 2204 30 100 0 kod raqami asosida 2204 30 100 1, 2204 30 100 2, 2204 30 100 3 hamda 2204 30 100 9 yangi xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilib, davlat bojxona amaliyotiga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining 2023 yil 26 maydagi 17/05-23-0363-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy vinoning kod raqamlarini to‘g‘ri aniqlash orqali mamlakat iqtisodiyotini himoya qilish hamda bojxona statistakasini to‘g‘ri yuritish imkonini bergan;
vino mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari uchun O‘z DSt ISO 22000:2019 standarti asosida HACCP tizimi tamoyillariga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini boshqarish tizimini sertifikatlashtirish algoritmlari “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” Davlat muassasasi va uning hududiy filiallari amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” Davlat muassasasining 2023 yil 14 iyundagi 19-614-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan tizimni sinovdan o‘tkazish natijalari uni sanoat korxonalarida, shuningdek, vino mahsulotlarining O‘zbekiston Respublikasining amaldagi me’yoriy talablariga muvofiqligini baholash idoralarida foydalanishni tavsiya etishga imkon bergan.