Maksudov Alisher Maksud o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining fuqarolik-huquqiy asoslarini takomillashtirish” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.2./Yu285.
Ilmiy rahbar: Oqyulov Omonbay, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xazratkulov Odilbek Tursunovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi YaTTning to‘lovga qobiliyasizligini huquqiy tartibga solish sohasidagi muammoli va munozarali masalalarni, ushbu sohadagi qonun hujjatlaridagi qarama-qarshiliklar va kamchiliklarni aniqlash, sud amaliyotidagi nomuvofiqliklar, mazkur sohada yuzaga keladigan munosabatlarning huquqiy mohiyatini tavsiflash hamda YTTning  to‘lovga qobiliyasizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va uni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
YaTT maqomidan mahrum etilgan, kreditorlarning talablarini qondirishga qodir bo‘lmagan jismoniy shaxs, agar uning oldingi tadbirkorlik faoliyatidan tegishli talablar kelib chiqsa, belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkinligi asoslantirilgan;
qarzdor-YaTTni bankrot deb topish tartibini amalga oshirayotganda uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlari bo‘yicha uning kreditorlari ham o‘z talablarini, bu kreditorlarning esa ular tomonidan bildirilmagan talablarini taqdim etish huquqiga ega ekanligi, YaTTlarning to‘lovga qobiliyasizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish tugaganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qolishi asoslangan;
to‘lovga qobiliyasizlik (bankrotlik), YaTTni tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq majburiyatlarining tugatilishi asosi sifatida O‘zR Fkning 25-bobida ko‘rsatilishi shartligi asoslab berilgan;
jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyasizligi institutini ichki qonunchilikka kiritish zarurati, uni tartibga solishning huquqiy tartibi va iqtisodiy sudlarida ko‘rib chiqish zaruriyati asoslantirilgan;
qarzdor-jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyasizligi alomatlariga uning kreditorlarning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini qondirishga va (yoki) soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarini, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) majburiyatlar mavjud bo‘lsa, to‘liq hajmda bajarishga qodir emasligi, shunigdek majburiy to‘lovlar bo‘yicha ular yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy mobaynida bajarilmasa va unga nisbatan qo‘yiladigan talablar asosiy hisob-kitob qiymatining kamida ikki yuz baravari miqdorida bo‘lishi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
YaTT maqomini yo‘qotgan, kreditorlarning talablarini qondirishga qodir bo‘lmagan jismoniy shaxs, agar uning oldingi tadbirkorlik faoliyatidan tegishli talablar kelib chiqsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkinligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-moddasi ikkinchi qismiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2021-yil 8-iyundagi 60/1-10/2640-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning kiritilishi jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini tugatgandan keyin, kreditorlar talablarini qondirishning iloji bo‘lmagan taqdirda ularning huquqlarini himoya qilishga xizmat qilgan;
YaTTni va YaTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish tartibini amalga oshirayotganda uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlari bo‘yicha kreditorlari ham o‘z talablarini bildirishga haqli ekanligi, shu bilan birga ko‘rsatib o‘tilgan kreditorlarning taqdim qilinmagan talablari to‘lovga qobiliyasizlik to‘g‘risidagi ish yuritish yakunlangandan keyin ham o‘z kuchini saqlab qolishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-moddasi ikkinchi qismiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2021-yil 8-iyundagi 60/1-10/2640-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi YaTTning to‘lovga qodir bo‘lmagan taqdirda talablarini qondirish va kreditorlar huquqlarini himoya qilishning yana bir kafolati bo‘lib xizmat qilgan;
jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyasizligi instituti, uni tartibga solishning huquqiy tartibi va iqtisodiy sudlarida ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi “To‘lovga qobiliyasizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-son Qonuni 14-bobini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2022-yil 2-dekabrdagi 04/1-11-1750-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning hayotga tatbiq etilishi O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyasizligining yangi institutining paydo bo‘lishiga va uning huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qilgan, bu esa qarzdor tomonidan etkazilgan zararlar yukini engillashtirishga yordam bergan;
qarzdor jismoniy shaxsning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy ichida qarzdor jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan hamda qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz barobarini tashkil etishi – qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyasizligi alomatlari hisoblanishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi “To‘lovga qobiliyasizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-son Qonuni 195-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2022-yil 2-dekabrdagi 04/1-11-1750-son ma’lumotnomasi Mazkur taklifning qabul qilinishi qarzdor-jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyasizligi belgilarini oydinlashtirishga va ularni qarzdor-YaTTning to‘lovga qodir emasligi belgilaridan farqlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish