Sultonova Mashhura Rustamboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilada zo‘ravonlikka uchragan ayollarda koping-strategiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P288.
Ilmiy rahbar: Mullabaeva Nozima Maxmudjanovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Arapbaeva Damegul Kurbanovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilada zo‘ravonlikka uchragan ayollarda koping-strategiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash, zo‘ravonlikdan keyingi davrda ayollarning moslashuvini amalga oshirishda samarali ijtimoiy-psixologik xizmatni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilada ayollarga nisbatan jismoniy, og‘zaki va iqtisodiy zo‘ravonlikni muntazam va progressiv bo‘lishi natijasida, ayollarda “provokatsiya”, “dezadaptativ xulq-atvor”, “bo‘ysunish”, “munosabatlarga qaramlik”, “og‘riqli addiksiya”, “emotsional rigidlik”, “munosabatlar defisiti”  kabi kabi psixologik xususiyatlari namoyon bo‘lishi tufayli, “kombinatsiyalashgan zo‘ravonlik motivi” shakllanishi isbotlangan;
oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarning eskapizm, eskalatsiya, muammodan qochish, apatik diffuziya kabi xususiyatlarini “ego” funksiyasining orqali psixoprofilaktika qilish natijada, ularda “ekstroversiya”, “fidoyilikka tayyorlik”, “abyuzerlariga sodiqlik” kabi koping strategiya mexanizmlari shakllanishi dalillangan;
ayollarni shaxsiy va stimulyativ xavotir ostida yashashiga ko‘ra, ko‘proq xavfsiz “boshpana izlash”, komfort zonani qidirish va ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya kabi omillarni reabilitatsiya qilish tufayli ijtimoiy integratsiyalashuv va koping strategiyalarni shakllanishi dallinlangan;
zo‘ravonlikka uchragan ayollarda “obektivlik”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni qidirish”, “muammodan qochish”, “subektiv-lokis nazorat darajasi”, “konfrontatsiya” va “kompromis” koping xususiyatlarini korreksiyalash orqali frustratsiya holatiga tushmaslik,  depressiyani tez engib o‘tish chastotasini ortishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilada zo‘ravonlikka uchragan ayollarda koping-strategiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oilada ayollarga nisbatan jismoniy, og‘zaki va iqtisodiy zo‘ravonlikni muntazam va progressiv bo‘lishi natijasida, ayollarda “provokatsiya”, “dezadaptativ xulq-atvor”, “bo‘ysunish”, “munosabatlarga qaramlik”, “og‘riqli addiksiya”, “emotsional rigidlik”, “munosabatlar defisiti”  kabi kabi psixologik xususiyatlari namoyon bo‘lishi tufayli, “kombinatsiyalashgan zo‘ravonlik motivi” shakllanishi isbotlanganligiga oid takliflari Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni realibitatsiya qilish va Respublika moslashtirish markazining “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish” nomli ish rejasini bajarilishida foydalanilgan (Ayollarni reabilitatsiya qilish va Respublika moslashtirish markazining 2023-yil 11 apredagi 72-son ma’lumotnomasi). Natijada ayollarga nisbatan jismoniy, og‘zaki va iqtisodiy zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha yangi psixologik mexanizm yaratilgan;
oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarning eskapizm, eskalatsiya, muammodan qochish, apatik diffuziya kabi xususiyatlarini “ego” funksiyasining orqali psixoprofilaktika qilish natijada, ularda “ekstroversiya”, “fidoyilikka tayyorlik”, “abyuzerlariga sodiqlik” kabi koping strategiya mexanizmlari shakllanishi dalillanganligiga doir yangiligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-55-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 18-avgustdagi PM-55-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi ortgan;
ayollarni shaxsiy va stimulyativ xavotir ostida yashashiga ko‘ra, ko‘proq xavfsiz “boshpana izlash”, komfort zonani qidirish va ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya kabi omillarni reabilitatsiya qilish tufayli ijtimoiy integratsiyalashuv va koping strategiyalarni shakllanishi dallinlanganligiga oid tavsiyalari Markazning 2023-yil 14-martdagi buyrug‘i asosida «Nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishni va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qilish, umumlashtirish va ularga barham berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish» nomli ish rejasiga kiritilgan (Ayollarni reabilitatsiya qilish va Respublika moslashtirish markazining 2023-yil 11 apredagi 72-sonli buyrug‘i). Natijada oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishni va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qilish usullari boyitilgan;
zo‘ravonlikka uchragan ayollarda “obektivlik”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni qidirish”, “muammodan qochish”, “subektiv-lokis nazorat darajasi”, “konfrontatsiya” va “kompromis” koping xususiyatlarini korreksiyalash orqali frustratsiya holatiga tushmaslik, depressiyani tez engib o‘tish chastotasini ortishi dalillanganligi haqidagi yangiligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-55-son buyrug‘i bilan “Oila psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 18-avgustdagi PM-55-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz xodimlari uchun zabrlangan ayollarning frustratsiya holatiga tushmaslik, depressiyani tez engib o‘tish chastotasini ortishiga xizmat qiladigan psixologik usul yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish