Saipova Malaxat Latipovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mehnat migrantlari oilalarida voyaga etayotgan farzandlarning psixologik rivojlanish xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/P71.
Ilmiy rahbar: Abdullajanova Dilnozaxon Sultanbekovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan myassasa nomi: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan mussasa nomi, IK raqami: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘li, psixologiya fanlari doktori; Sodiqova Shohida Marhobaevna, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mehnat migrantlari oilalarida voyaga etayotgan farzandlarning psixologik rivojlanish xususiyatlarini emririk jihatdan ochib berish va uni omillarini aniqlash mexanizmlarini modellashtirishni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat migrantlarining aksariyati ko‘r bolali ekanligiga ko‘ra, oilada farzandlarni psixologik rivojlanishida yuzaga keladigan barerlarning asosiy determinanti muloqot qilish vaqtida hamda qadriyatlar ierarxiyasida belgilangan vazifalar taqsimotining buzilishida emotivlik hamda rigidlikni kuchayishi vajidan ichki hissiy norozilikni shakllanishida regulyativ-stimulyativ omil bo‘lishi aniqlangan;
psixologik rivojlanish dinamikasi jins omilining ystyvorligiga ko‘ra yuzaga kelishi, migrant oilalardagi o‘g‘il bolalarda rohat-farog‘atda yashash, o‘ziga nisbatan majbyriyat tendensiyasining balandligi, qiz bolalarda esa, frystratsion tolerantlik va boshqalarga nisbatan majbyriyatni dinamik o‘sishi qadriyatlar ketma-ketligining imrylsiv xysysiyati bo‘lishi jihatidan dalillangan;
migrant oila farzandlarida vaziyatni fojealashtirish psixologik rivojlanishda statik o‘rin olib, voqelikni agressiv qabul qilish, doimiy xavotir, diskrement munosabat sababidan ekstremal xulosa chiqarish va o‘zi ijro etishda inisiator bo‘lishi destabilizator emotsiyalar differensatsiyasiga ko‘ra yuzaga chiqishi isbotlangan;
migrant oilalarda tarbiyalanayotgan farzandlarning psixologik xususiyatlarining rivojlanish geopozisiyasi monorol-psixologik tarzda frustratsion kenglikni namoyon qilishi bilan ota-ona va farzand munosabatlarida to‘sattan yangi komponentlarni yuzaga kelishi oilada noadekvat effektni qo‘zg‘atishi asnosida, serjahillik, yashirin norozilik effektini kuchayishining stimuli bo‘lishi dalillangan;
psixologik rivojlanishdagi og‘ishlar asosan mental muhitda shakllanishiga ko‘ra, mehnat migrantlari farzandlarida tezlik, tajovuzkorlik, ekstremallik, jizzakilik yaqqol kuzatilib, migrant bo‘lmagan oilalardagi bolalarda esa entuziazm, barqarorlik hamda xotirjamlikni ustuvorligi imrulsiv indikator sifatida yo‘naltiruvchi ustivorliklarni takomillashtirishi mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mehnat migrantlari oilalarida voyaga etayotgan farzandlarni psixologik rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
mehnat migrantlarining aksariyati ko‘r bolali ekanligiga ko‘ra, oilada farzandlarni psixologik rivojlanishida yuzaga keladigan barerlarning asosiy determinanti muloqot qilish vaqtida hamda qadriyatlar ierarxiyasida belgilangan vazifalar taqsimotining buzilishida emotivlik hamda rigidlikni kuchayishi vajidan ichki hissiy norozilikni shakllanishida regulyativ-stimulyativ omil bo‘lishini aniqlashga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 6-martdagi RM-108-sonli buyrug‘iga asosan «Shaxs psixologiyasi» modeliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 11-martdagi RM-108-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, voyaga etayotgan farzandlarning psixologik rivojlanishiga ta’sir etadigan psixik jarayonlarning ijtimoiy omillarini aniqlash hamda sifatlarini ilmiy jihatdan asoslash imkoniyati yaratilgan;
psixologik rivojlanish dinamikasi jins omilining ustuvorligiga ko‘ra yuzaga kelishi, migrant oilalardagi o‘g‘il bolalarda rohat-farog‘atda yashash, o‘ziga nisbatan majburiyat tendensiyasining balandligi, qiz bolalarda esa, frustratsion tolerantlik va boshqalarga nisbatan majburiyatni dinamik o‘sishi qadriyatlar ketma-ketligining imrulsiv xususiyati bo‘lishi jihatidan dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 6-martdagi RM-108-sonli buyrug‘iga asosan «Taraqqiyot va differensial psixologiya» modeliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 11-martdagi RM-108-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bola psixik taraqqiyotinining mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha psixologik chora-tadbirlar emririk jihatdan differensial rakursdan asoslangan;
migrant oila farzandlarida vaziyatni fojealashtirish psixologik rivojlanishda statik o‘rin olib, voqelikni agressiv qabul qilish, doimiy xavotir, diskrement munosabat sababidan eekstremal xulosa chiqarish va o‘zi ijro etishda inisiator bo‘lishi destabilizator emotsiyalar differensatsiyasiga ko‘ra yuzaga chiqishi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 6-martdagi RM-108-sonli buyrug‘iga asosan «Taraqqiyot va differensial psixologiya» modeliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 11-martdagi RM-108-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, voyaga etayotgan farzandlardagi yetakchi shaxsiy xususiyatlar, psixoemotsional holatlarni emririk tadqiq etish mexanizmlari ochib berilgan;
migrant oilalarda tarbiyalanayotgan farzandlarning psixologik xususiyatlarining rivojlanish geopozisiyasi monopol-psixologik tarzda frustratsion kenglikni namoyon qilishi bilan ota-ona va farzand munosabatlarida to‘sattan yangi komponentlarni yuzaga kelishi oilada noadekvat effektni qo‘zg‘atishi asnosida, serjahillik, yashirin norozilik effektini kuchayishining stimuli bo‘lishi dalillangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘qyv-ilmiy markazining 2024-yil 6-martdagi RM-108-sonli buyrug‘iga asosan psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining «Yosh davrlari psixologiyasi» modeliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 11-martdagi RM-108-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, protest, immitatsiya shakllanishining gender aspektlarining psixologik xususiyatlarga ta’siri differensial tahlil etilgan;
psixologik rivojlanishdagi og‘ishlar asosan mental muhitda shakllanishiga ko‘ra, mehnat migrantlari farzandlarida tezlik, tajovuzkorlik, ekstremallik, jizzakilik yaqqol kuzatilib, migrant bo‘lmagan oilalardagi bolalarda esa entuziazm, barqarorlik hamda xotirjamlikni ustuvorligi impulsiv indikator sifatida yo‘naltiruvchi ustivorliklarni takomillashtirishi mumkinligi asoslanganligi to‘g‘risidagi yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 6-martdagi RM-108-sonli buyrug‘iga asosan psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining «Shaxs psixologiyasi» modeliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 11-martdagi RM-108-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, migrant oilalar farzandlaridagi psixologik rivojlanish xususiyatlarini yo‘naltiruvchi yetakchi jarayonlarni aniqlash hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha manzilli amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish