Karimbaev Djasurbek Raximberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani barabanli quritgichiga quritish agentini radial kiritish usulini qo‘llab texnologik jarayonini takomillashtirish”, 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.PhD/T4261.
Ilmiy rahbar: Nazirov Raxmatjon Rasulovich, texnika fanlari nomzodi, kata ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSC.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: Djamolov Rustam Komolidinovich, texnika fanlari doktori, professor, Sheraliev Sherzod Eshmaxammat o‘g‘li, Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktor o‘rinbosari. t.f.f.d., (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Paxtani barabanli quritgichiga quritish agentini radial kiritish usulini qo‘llab texnologik jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quritish barabani 2SB-10 quritish barabanining energiya va resurs tejash maqsadida quritish agentini maʼlum bir qismini baraban ichiga radial kiritish usulini konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
paxtani quritish agentini baraban ichiga radial kiritish uchun teshiklari bo‘lgan maxsus quvurning diametri, teshiklar soni va diametri hamda quvurning uzunligi quritish agentinining 40 foizgacha bo‘lgan qismini baraban ichiga radial kiritishni taʼminlash sharti aniqlangan;
paxta xomashyosini quritishning samaradorligini oshirish shartidan paxtani quritish barabani ichiga radial kiritish quvurida joylashgan teshiklarni baraban o‘qi bo‘ylab og‘ish burchagi va quvurni o‘zini og‘ish burchaklarini optimal parametrlari takomillashtirilgan barabanda paxtani quritish samaradorligi yuqori ekanligini mavjud baraban bilan solishtirish usuli orqali aniqlangan;
paxtani baraban o‘qi bo‘ylab xarakatlanish tezligiga taʼsirini nazariy jixatdan quvurdan uzatiladigan havo tezligi va bosimining paxta va iflos aralashmali mexanik sistemaning harakati matematik modeli nochiziqli 2-tartibli differensial tenglamalar sistemasi orkali ifodalanishi tasdiqlovchi differensial tenglamalari ishlab chiqilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani quritish uchun 2SB-10 barabanli quritgichning parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani quritish uchun barabanli quritgichning takomillashtirilgan eksperimental namunasi “Chinoz paxta tozalash ”korxonasining paxta xom ashyosini quritish liniyasiga joriy etilgan (O‘zbekiston klasterlar uyushmasining 2024 yil 20 martdagi №03122-133-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxtani quritish uchun sarf bo‘ladigan tabiiy gaz sarfi yuqori navlarda 18 % gacha, pastki navlarda esa 23 % ga iqtisod qilinishi, hamda paxtani quritish rejimini optimal rostlash orqali paxtadan olinadigan tola tarkibidagi iflos aralashmalarning vazniy ulushini amaldagi texnologiyaga nisbatan 0,1-0,3 % ga kamayishiga erishilgan.