Yusubov Turgun Xashimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “tukli va tuksizlantirilgan urug‘lik chigit uchun universal bunker-dozator konstruksiyasini ishlab chiqish” 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlar ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3922
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Nazirov Raxmatjon Rasulovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafoevich texnika fanlari doktori, professor, Mavlyanov Aybek Palvanbaevich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Universal dozalash moslamasining konstruksiyasi va texnologik parametrlarini ishlab chiqish hamda chigitlarni dorilash samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayyorlangan urug‘lik chigitlarni bevosita dorilash uskunasiga uzatib berishni ta’minlash maqsadida kichik hajmdagi bunkerda joylashgan urug‘lik chigitni dozalovchi ikki dona vintli konveerli universal dozalash moslamasining konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
tukli va tuksizlantirilgan paxta urug‘lik chigitlarini dozalashning aniq belgilangan 4000 kg/soat ish unumdorligini ta’minlashda uning asosiy vintli shnegining diametri, qadami, to‘sqich va shek orasidagi masofa hamda sheklarni maqbul ish rejimi aniqlangan;
tuksizlantirilgan urug‘lik chigitni belgilangan tuksizlantirilgan urugʻlik chigitni belgilangan ish unumdorligini 4000 kg/soat bo‘lishini ta’minlash shartidan bunker dozatorning maxsus uzatish qismidagi tirqishning maqbul parametri aniqlangan;
tukli urug‘lik chigitni erkin va to‘liq tukilishini ta’minlash shartidan vintli sheklarning oxiridagi vinsiz qismini uzunligi va pastki tirqishning maydoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tukli va tuksizlantirilgan urug‘lik chigit uchun universal bunker-dozator ishlab chiqish natijalari asosida:
tayyorlangan tukli va tuksizlantirilgan urugʻlik chigitlarini universal bunker dozatorining takomillashtirilgan nusxasi Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “SARA URUGʻ BARAKA” MChJ ning urugʻlik chigit tayyorlash sexi uskunalari tizimiga ishlab chiqarishga joriy etilgan (Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik uyushmasining 2024-yil 2-apreldagi №03/22-150 sonli maʼlumotnomasi). Natijada yangi bunker dozator shnekli konveerining aylanish tezligi 65 ayl/daq. vint qadami 85 mm va shnek vintining tashqi diametri 140 mm boʻlganda, bunker dozatorning ish unumdorligi soatiga oʻrtacha 4083 kg ni taʼminlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish