Jo‘raev Anvar Xaydar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Quruq va issiq iqlim sharoitida artezian quduqlardan barqaror foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.09.04-“Suv ta’minoti. Kanalizasiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2149.
Ilmiy rahbar: Gadaev Abror Niyazovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 26/26.01.2023.T.109.03 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Yangiev Asror Abdixamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaev Abdualim Boymuradovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Issiq va quruq iqlim sharoitida uzoq muddat ishlashi natijasida debiti pasaygan quduqlarga ishlov berish orqali samaradorligini qayta tiklash hamda ulardan barqaror foydalanish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk marotaba issiq va quruq iqlim sharoitida ishlaydigan quduqlardan olingan kolmatantni kimyoviy tarkibi va mineralogik strukturasi aniqlangan;
taxlil qilinayotgan kolmatant uchun xelat funksiyali va selektiv ta’sirga ega bo‘lgan kompleksonlarning optimal nisbatiy konsentrasiyasi eritmasi aniqlangan;
issiq va quruq iqlim sharoitida ishlaydigan quduqlar debitini qayta tiklash orqali ulardan barqaror foydalanishning yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan;
aniq iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda quduqlarga ishlov berish uchun selektiv ta’sirga ega bo‘lgan kompleks kislotalardan foydalanish texnik reglamenti aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiq va quruq iqlim sharoitida ishlaydigan artezian quduqlarida hosil bo‘lgan kolmatantni kimyoviy tarkibi va mineralogik strukturasidan kelib chiqqan holda ishlov berilib, samaradorligini oshirish maqsadida yaratilgan usul, matematik model, algoritm va dasturiy majmualar asosida natijalar amalga tadbiq etildi.
Tadqiqot natijalarini amalda qo‘llash ishlari minerallashgan, qattiqlik darajasi baland bo‘lgan Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani «G‘ulom G‘afur» fermer xo‘jaligi hududida joylashgan “2” raqamli quduqda sinovdan o‘tkazildi. Bunda kolmatantni kimyoviy va fizik usullardan foydalangan holda, selektiv ta’sirga ega bo‘lgan kompleksonlarni qo‘llab quduq debiti qayta tiklandi va joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023–yil 2–iyundagi № 03/37–1692-sonli ma’lumotnomasi). Natijada quduqning pasaygan debitini 31,4 m3/soat dan 156,1 m3/soatga oshirish hisobiga uning dastlabki loyihaviy quvvatiga nisbatan taklanish ko‘rsatkichi 95,1 foizga oshishga erishildi. Natijada bitta quduq uchun bir yilda 646444800 so‘m miqdorini tejash imkonini bergan.
Tadqiqot natijalari aniq iqlim sharoitidan kelib chiqib selektiv ta’sirga ega bo‘lgan kompleks kislotalardan foydalanish texnik reglanment asosida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “5” raqamli quduqqa ishlov berish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023–yil 2–iyundagi № 03/37–169–sonli ma’lumotnomasi). Natijada quduqning pasaygan debiti 37 m3/soatdan o‘zining dastlabki loyihaviy quvvati 160,0 m3/soatga nisbatan taklanish ko‘rsatkichi 94,5 foizga etkazilgan va 155,1 m3/soatgacha oshirish imkoniyati yaratilgan. Natijada bitta quduq uchun bir yilda 88560000 so‘m samaradorlikka erishilgan.