Ergashev Kamoliddin Eshtursunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh tizimi kichik jismlarining orbital va fizik parametrlarini tadqiq etish”, 01.03.01 – “Astronomiya” (fizika matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1084.
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Egamberdiev Shuhrat Abdumannapovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Astronomiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti, PhD.02/20.12.2019.FM.15.01.
Rasmiy opponentlar: Yoʻldoshev Qudratillo Xabibullaevich, falsafa doktori (PhD), Axunov Tal’at Axmatovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot – Fesenkov nomidagi Astrofizika Instituti, Qozogʻiston.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyosh tizimi kichik jismlari (asteroidlar) ning orbital va fizik parametrlarini Maydanak va hamkor observatoriyalar ma’lumotlari, shuningdek, boshqa ochiq manba’lar asosida tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
300 ga yaqin Quyosh tizimi kichik jismlarining kuzatuvlari o‘tkazilib, noyob ma’lumotlar banki yaritilgan;
umumiy hisobda 50 ga yaqin ob’ektlar ravshanlik egri  chiziqlaridagi davriy tashkil etuvchilar o‘rganilib, shundan 20 ta ob’ektning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri qayta o‘lchanib, aniqlashtirilgan bo‘lsa, 8 ta ob’ektning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri ilk marta aniqlangan;
458732 (2011 MD5) asteroidining qo‘shaloq ekanligi, ya’ni uning o‘z tabiiy yoʻldoshi borligi kashf qilingan va shu qo‘shaloq tizimga tegishli bir qancha orbital va fizik parametrlar aniqlangan;
88710 (2001 SL9) asteroidini tabiiy yoʻldoshining orbital katta yarim o‘qi kamayib, unga qulab tushishga borayotgani va bu tizimga tegishli bir qancha orbital va fizik parametrlar aniqlangan;
NASA ning DART kosmik missiyasida kosmik kema bilan to‘qnashtirilgan Didymos-Dimorfos tizimi uchun taklif etilgan modellar - to‘qnashuvdan avvalgi va keyingi o‘zaro hodisalarning real kuzatuvlaridan olingan ma’lumotlari bilan solishtirilgan;
to‘qqizta genetik juftliklarning haqiqatdan ham genetik juftlik ekanligi tasdiqlanib, ularga tegishli bir qancha fizik-orbital parametrlar aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan tahlil usullari va o‘lchangan parametrlar o‘xshash ob’ektlarni o‘rganishda boshqa mualliflar tomonidan qo‘llanilgan. Buni Web of Sciences, SCOPUS maʼlumotlar bazasiga va Googlescholar ro‘yxatiga kiritilgan quyidagi xalqaro jurnallardagi nashrlarimizga havolalar tasdiqlaydi:
O‘zaro genetik bogʻliq asteroid juftliklarini o‘rganish asosida tayyorlangan - Asteroid pairs: A complex picture. // Icarus, Volume 333, p. 429-463., 2019; maqolamizga (Yun Zhang va boshq. Nature communications 2022, J. Berthier va boshq. A&A 2023, Jin Beniyama va boshq. The Astrophysical Journal 2023, P. Fatka va boshq. MNRAS 2022, G. Voyatzis va boshq. Planetry and Space Science 2024 kabi ) 82 ta iqtibos keltirilgan;
Bir-birining atrofida aylanuvchi qo‘shaloq ob’ektlarni o‘rganish asosida tayyorlangan - A satellite orbit drift in binary near-Earth asteroids (66391) 1999 KW4 and (88710) 2001 SL9 - Indication of the BYoRP effect. // Icarus, Volume 360 p114321., 2021; maqolamizga (R. Terik Daly va boshq. Nature 2023, Cristina A. Thomas va boshq. Nature 2023, Karolina Dziadura va boshq. A&A 2023, Matija Cuk va boshq. The Planetary Science Journal 2021, F. Monterio va boshq. MNRAS 2021 kabi ) 26 ta iqtibos keltirilgan;
Erga yaqinlashuvchi va potensial xavfli sifatida tasniflanuvchi 3200 Phaethon (1983 TB) asteroidini o‘rganish asosida tayyorlangan - Optical observations of NEA 3200 Phaethon (1983 TB) during the 2017 apparition. // Astronomy & Astrophysics, Volume 619, id.A123, 8 pp., 2018; maqolamizga (J. Hanus va bosh. A&A 2018, P.A. Taylor va boshq. Planetry and Space Science 2019, J.R. Masiero va boshq. The Astronomical Journal 2019, N.N. Kiselev va boshq. MNRAS 2022, J.N. Purdum va boshq. The Astrohysical Journal Letters 2021 kabi ) 25 ta iqtibos keltirilgan;
Xorijiy mualliflar nashrlarida iqtibos keltirilgan ishlar soni 130 dan ortiqni tashkil etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish