Qurbonov Asqar Bahodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy adabiyot – shaxs ma’naviy yuksalishi omili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal746
Ilmiy rahbar: Bekmurodova Gulshod Xaitovna, falsafa fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Gulandom Samievna, falsafa fanlari doktori, professor; Omonov Bahodir Nurullaevich, falsafa fanlar doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi badiiy adabiyotning shaxs ma’naviy yuksalishini ta’minlashdagi rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy badiiy adabiyot janrlarning modifikatsiyalashuvida turli janrlarga xos xususiyatlarni o‘zida uyg‘unlashtirish, real kishilar va jarayonlarning mualliflik talqinlarini mujassamlashtirgan fragmentar syujetga ega asarlar ko‘payish kabi sabablar badiiy asarlarning falsafiy tahlili asosida aniqlashtirilgan;
epik, lirik va dramatik asarlarning ma’naviy-tarbiyaviy potensiali asosida zamonaviy badiiy adabiyotning nodir namunalari shaxsni yuksak ma’naviy ideallar bilan tanishtirishi, o‘zligini anglash imkonini taqdim etishi, o‘z-o‘zini tarbiyalash manbai bo‘lib xizmat qilishi ochib berilgan;
badiiy adabiyotning shaxs dunyoqarashini yangi bilimlar bilan boyitish borasidagi ijtimoiy pozisiyalarini yo‘qotishi, mantiqiy tafakkurni shakllantiruvchi va ma’naviyat targ‘ibotchisi vositasidan mahrum bo‘layotgani, qadriyatlar tizimini qaror toptirishdagi roli zaiflashayotgani, shaxs estetik madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati tushayotgani, kelajakka doir obrazlarni yaratishdagi ishtiroki susayayotgani, tarbiyaviy qudrati kamayayotgani uning ma’naviy yuksalish omili sifatidagi potensialiga putur etkazayotgani sotsiometrik isbotlangan;
gumanistik badiiy adabiyotni rivojlantirishning ijtimoiy munosabatni o‘zgartirish, insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan asarlar yaratish va tarqatishning ijtimoiy mexanizmlarini takomillashtirish, umumjamiyat miqyosida muhokama qilish, jahon adabiyoti durdonalarini tarjima qilish, targ‘ibotini kuchaytirish choralari hamda shaxsda mutolaa madaniyatini yuksaltirishning badiiy asarlarni ongli ravishda tanlash, tizimli va muntazam tanqidiy mutolaa qilish, elektron matnlar bilan ishlash, kitobga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish malakasini shakllantirish zarurati mantiqiy asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy adabiyotning shaxs ma’naviy yuksalishini ta’minlashdagi imkoniyatlari va ulardan oqilona foydalanish yo‘llarini tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy badiiy adabiyot janrlarning modifikatsiyalashuvida turli janrlarga xos xususiyatlarni o‘zida uyg‘unlashtirish, real kishilar va jarayonlarning mualliflik talqinlarini mujassamlashtirgan fragmentar syujetga ega asarlar ko‘payish kabi sabablarning aniqlashtirilganligiga oid nazariy mulohazalar va umumlashmalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan A-1-173-raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” (2021-2022 yy) amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 20-oktyabrdagi 04/4084-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy adabiyotdan ma’naviy yuksalish omili sifatida oqilona foydalanish uchun gumanistik badiiy adabiyotni rivojlantirish choralarini ko‘rish, shaxs mutolaa madaniyatini yuksaltirish zarurligi asoslashga xizmat qilgan;
epik, lirik va dramatik asarlarning ma’naviy-tarbiyaviy potensiali asosida zamonaviy badiiy adabiyotning nodir namunalari shaxsni yuksak ma’naviy ideallar bilan tanishtirishi, o‘zligini anglash imkonini taqdim etishi, o‘z-o‘zini tarbiyalash manbai bo‘lib xizmat qilishiga doir ilmiy yangilik va xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining ma’naviy-ma’rifiy anjumanlarida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3652-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 20-dekabrdagi 01-03/3259-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy targ‘ibot va tashviqot ishlarining yangi yo‘nalishlarini shakllantirishga hamda jamiyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyatga ega badiiy asarlar yaratish, badiiy ijod ahlining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilgan;
badiiy adabiyotning shaxs dunyoqarashini yangi bilimlar bilan boyitish borasidagi ijtimoiy pozisiyalarini yo‘qotishi, mantiqiy tafakkurni shakllantiruvchi va ma’naviyat targ‘ibotchisi vositasidan mahrum bo‘layotgani, qadriyatlar tizimini qaror toptirishdagi roli zaiflashayotgani, shaxs estetik madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati tushayotgani, kelajakka doir obrazlarni yaratishdagi ishtiroki susayayotgani, tarbiyaviy qudrati kamayayotgani uning ma’naviy yuksalish omili sifatidagi potensialiga putur etkazayotganiga oid xulosalar va taklif-tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan “Targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi islarni ilmiy asosda taslikil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar” rejasi l8 bandining “Ma’naviyat-ma’rifat markazi huzurida vazirlik va idoralar, shuningdek hududlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini muntazam o‘rganish va tahlil etib borish bo'yicha monitoringni yo‘lga qo'yish” mavzusidagi o'tkazilgan targ‘iboi ishlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 6 dekabrdagi 02-22/1371-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakat miqyosidagi ma’naviy targ‘ibot va tashviqot ishlarining yangi yo‘nalishlarini shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqishga, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ma’naviy islohotlar strategiyasi va uni hayotga tatbiq etish bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi tadbirlarni amalga oshirishda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
gumanistik badiiy adabiyotni rivojlantirishning ijtimoiy munosabatni o‘zgartirish, insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan asarlar yaratish va tarqatishning ijtimoiy mexanizmlarini takomillashtirish, umumjamiyat miqyosida muhokama qilish, jahon adabiyoti durdonalarini tarjima qilish, targ‘ibotini kuchaytirish choralari hamda shaxsda mutolaa madaniyatini yuksaltirishning badiiy asarlarni ongli ravishda tanlash, tizimli va muntazam tanqidiy mutolaa qilish, elektron matnlar bilan ishlash, kitobga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish malakasini shakllantirish zaruratiga doir bildirilgan nazariy mulohaza va amaliy taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yilda efirga uzatilgan “Oltin voha”, “Shu kunning mavzusi” teleradioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 27 oktyabrdagi 17-05/211-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs ma’naviy yuksalishida badiiy adabiyotning ta’siri bo‘yicha teletomoshabinlarga kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish