Mirzamahmudov Ma’ruf Maxamadsharif o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat qarzi hisobidan kambag‘allikni qisqartirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit; 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1699.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respubliksi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat qarzi hisobidan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kapital bozorida «boshqariladigan qumdonlar»dan foydalanish asosida davlat korxonalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarz jalb qilishini ta’minlash hamda davlat tashqi qarzini xavfsiz darajada saqlash orqali mahalliy fond birjasiga xorijiy investorlarni jalb etish imkoniyatini kengaytirish taklifi asoslangan;
davlat korxonalari tomonidan yillik qarz mablag‘larining kamida 5 foizini kapital bozoridan jalb qilinishini majburiy norma sifatida belgilash orqali bevosita qarz jalb qilish amaliyotini mustahkamlash hamda mahalliy fond birjasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jalb qilishni samarali tashkil etish asoslangan;
fiskal xatarlarni kamaytirish hamda aholi daromadini va moliyaviy savodxonligini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirish maqsadida jamg‘arib boriladigan ixtiyoriy va majburiy pensiya badallarini kapital bozoridagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirish asoslangan;
aholining daromadini va moliyaviy savodxonligini oshirish hamda davlat korxonalari uchun investorlar bazasini kengaytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish maqsadida jismoniy shaxslarni dividendlar tarzidagi daromadlari bo‘yicha hisoblangan soliqdan ozod qilish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat qarzi hisobidan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
kapital bozorida «boshqariladigan qumdonlar»dan foydalanish asosida davlat korxonalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarz jalb qilishini ta’minlash hamda davlat tashqi qarzini xavfsiz darajada saqlash orqali mahalliy fond birjasiga xorijiy investorlarni jalb etish imkoniyatini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi PQ-291-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy va moliya vazirligining 2023 yil 23 avgustdagi 02/22-1-455-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida mahalliy fond birjasiga xorijiy investorlarning kirib kelishi va ijtimoiy infratuzilmaga investisiya jalb qilish imkoni mustahkamlangan;
davlat korxonalari tomonidan yillik qarz mablag‘larining kamida 5 foizini kapital bozoridan jalb qilinishini majburiy norma sifatida belgilash orqali bevosita qarz jalb qilish amaliyotini mustahkamlash hamda mahalliy fond birjasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jalb qilishni samarali tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi PQ-291-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy va moliya vazirligining 2023 yil 23 avgustdagi 02/22-1-455-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida maxalliy fond birjasi ijtimoiy infratuzilmani saqlovchi va yaratuvchi korxonalarning davlat nomidan qarz olish amaliyotini kamaytirish va mahalliy fond birjasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jalb qilishni samarali tashqil etish imkoni yaratilgan;
fiskal xatarlarni kamaytirish hamda aholi daromadini va moliyaviy savodxonligini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirish maqsadida jamg‘arib boriladigan ixtiyoriy va majburiy pensiya badallarini kapital bozoridagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi PQ-291-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy va moliya vazirligining 2023 yil 23 avgustdagi 02/22-1-455-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif joriy etilishi natijasida kapital bozoriga qo‘shimcha 1 trln. so‘mdan ortiq mablag‘larni jalb qilish va davlat korxonalari uchun qo‘shimcha investisiya mablag‘larini hosil qilish imkoni yaratilgan;
aholining daromadini va moliyaviy savodxonligini oshirish hamda davlat korxonalari uchun investorlar bazasini kengaytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish maqsadida jismoniy shaxslarni dividendlar tarzidagi daromadlari bo‘yicha hisoblangan soliqdan ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi PQ-291-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy va moliya vazirligining 2023 yil 23 avgustdagi 02/22-1-455-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida kapital bozoriga qo‘shimcha 8,6 trln so‘mdan ortiq mablag‘larni jalb qilish va davlat korxonalari uchun qo‘shimcha investisiya mablag‘larini hosil qilish, davlat qarzining xavfsiz chegarasini 60 foizda saqlab qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida yangi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik limitlarni belgilash uchun asosiy ko‘rsatkich sifatida saqlab qolish, ijtimoiy inklyuzivlik siyosatini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat korxonalarining fiskal xatarlarini samarali boshqarish imkoni yaratilgan.