Saydaliev Qodirjon Qosimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Pilla etishtirishda tut barglariga ishlov berish uchun ozuqa kompozisiyalarini samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4359.
Ilmiy rahbar: Turdialiev Umid Muxtaralievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov To‘lqin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Negmatova Komila Sayibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pilla etishtirishda tut barglariga ishlov berish uchun ozuqa kompozisiyalarini samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tavsiya etilayotgan ozuqaviy kompozisiyaning asosiy komponenti sifatida foydalanish uchun turli xil anorganik kimyoviy reagentlar yordamida mahalliy va ikkilamchi xomashyo bo‘lgan lintdan mikrokristall sellyuloza (MKS) olish usuli ishlab chiqilgan;
tut barglariga ishlov berish uchun MKS, shakar uni va karbamid yordamida ozuqa kompozisiyalarining samarali tarkibi ishlab chiqilgan va olish texnologiyasining texnologik rejimlari aniqlangan;
yaratilgan kompozisiya yordamida tut barglariga ishlov berish natijasida tut bargining ozuqaviy qiymati: oqsil 1 % ga, klechatka 4 % ga ortishi aniqlangan;
ozuqaviy kompozisiya yordamida ishlov berilgan tut bargini qo‘llash orqali pilla hosildorligini 24–30 foizga oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pilla etishtirishda tut barglariga ishlov berish uchun ozuqa kompozisiyalarini samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan ozuqaviy kompozisiya Andijon viloyatidagi “Sapfir–sanoat” MChJda sanoat usulda ipak qurtlarini boqish jarayonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 28 martdagi 1-1/259-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pilla hosildorligini nazoratdagiga nisbatan 27,3% ga oshirish imkonini bergan;
ozuqaviy kompozisiyani olish texnologiyasi Andijon viloyatidagi “Agropilla” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilimk va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 28 martdagi 1-1/259-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nazoratdagiga nisbatan 12 kg qo‘shimcha pilla olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish