Tursunov Muhammadyusub Alisher o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari inglizcha tarjimalarida numerativ va o‘lchov birliklarining lingvokulturologik va lingvopragmatik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4213.
Ilmiy rahbar: Tursunov Akmaljon Hamidjonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abduvahobova Mohina Ozodxonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani inglizcha tarjimalarida numerativ va o‘lchov birliklarining lingvokulturologik va lingvopragmatik tadqiqi masalasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘tkan kunlar” romanining I.To‘htasinov va boshqalar, Mark Riiz va K.Ermakova tarjimalari matnida o‘lchov birliklari leksemalarini ingliz tiliga asosan transliteratsiya, ekvivalentlik (to‘liq, shakliy almashuv) va adaptatsiya (tarjima tili madaniyatiga muvofiq variant tanlash) usullari bilan tarjima qilingani asoslangan;
I.To‘htasinov va boshqalar, Mark Riiz va K.Ermakovalar tarjimalarida o‘zbek tilidagi aksariyat uzunlik o‘lchov birliklarining tarjimada adekvatlik tamoyiliga ko‘ra lingvokulturologik xususiyatlari aks etmagani “to‘rt enli”, “olchin”, “qarich” kabi leksemalari orqali asoslangan;
romandagi vaqt o‘lchov birliklarini aks ettirish uchun tarjimalarda grammatik transformatsiyaning sintaktik moslashuv turidan foydalanilgani va natijada asliyatning lingvokulturologik jihati saqlab qolingani dalillangan;
boshqa tarjimalardan farqli ravishda Mark Riiz tarjimasida asliyat matnining pragmatik xususiyatlari ko‘proq saqlab qolingani, bunga tarjima jarayonida qisqartirib ketish kabi leksik-semantik va asliyatdagi o‘lchov birligiklarini ingliz tilidagi o‘lchov birliklariga moslashtirish, milliylashtirish usullari orqali erishilgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriylanishi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari inglizcha tarjimalarida numerativ va o‘lchov birliklarining lingvokulturologik va lingvopragmatik tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
romandagi vaqt o‘lchov birliklari tarjimalarida asliyatning lingvokulturologik jihati saqlab qolingani, Mark Riiz tarjimasida asliyat matnining pragmatik xususiyatlari ko‘proq saqlab qolingani haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi chora-tadbirlar dasturining 35-bandi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat  Vazirligining 2023yil 21 dekabrdagi 02-12-16-8636-son ma’lumotnomasi). Natijada kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilgan;
boshqa tarjimalardan farqli ravishda Mark Riiz tarjimasida asliyat matnining pragmatik xususiyatlari ko‘proq saqlab qolingani, bunga tarjima jarayonida qisqartirib ketish kabi leksik-semantik va asliyatdagi o‘lchov birligiklarini ingliz tilidagi o‘lchov birliklariga moslashtirish, milliylashtirish usullari orqali erishilgani ochib berilganligi kabi ilmiy xulosalaridan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqolpogʻiston filialida bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqolpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda qo‘llanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqolpogʻiston filialining 2023 yil 26 dekabrdagi 638-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha o‘zbek tilidagi uzunlik va vaqt o‘lchov birliklari, ularning lingvokulturologik hamda pragmatik xususiyatlari haqidagi bilimlar bilan boyitilgan;
“O‘tkan kunlar” romanining I.To‘htasinov va boshqalar, Mark Riiz va K.Ermakovalar tarjimalarida  o‘lchov birliklari leksemalarini ingliz tiliga asosan transliteratsiya, ekvivalentlik usullari bilan tarjima qilingani, romandagi vaqt o‘lchov birliklarini aks ettirish uchun grammatik transformatsiyaning sintaktik moslashuv turidan foydalanilgani haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi DM kanali tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bedorlik” nomli radio eshittirishlarining 2023-fevral va avgust oylaridagi sonlari senariysida foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 11-sentyabrdagi 04-36-1368-sonli ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlarning yanada qiziqarli va hammabop bo‘lishiga erishilgan va tadqiqotda aks etgan o‘zbek adabiyotining nodir asarlarini o‘rganish, ularni tadqiq etish, “O‘tkan kunlar” romani o‘z davrini voqea-xodisalarini keng yoritish bilan bir qatorda tarjimashunoslik sohasida o‘rganilishi lozim bo‘lgan ko‘plab masalalarga boyligi tinglovchilarga etkazilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish