Bekchanov Xusinboy Karimberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda hayotiy muammolarni hal qilishda koping strategiyalaridan foydalanishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P533.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Baxtigul Bobojonovna, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Norqo‘zieva Dilrabo Sheralievna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda hayotiy muammolarini hal qilishdagi koping strategiyalaridan foydalanishning psixologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar hayotiy muammolarni hal qilishda muammoni bartaraf qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va muammodan qochish strategiyalaridan foydalanishi va bu strategiyalarni tanlashning differensial farqlanishi tufayli  individning yosh xususiyatlari  asosiy ta’sir etuvchi psixologik omil ekanligi isbotlangan;
talabalarning koping strategiyalardan foydalanishlarida muammoni bartaraf etish shaxsning intellekt darajasi yoshga, bog‘liq shakllanishi  tufayli emotsional yoki shaxslararo intellektining ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
 lokus nazorat ustun talabalarda muammoli vaziyatlarda tezda echim topish  ko‘nikmasi, eksternal nazorat  lokusi yuqori bo‘lgan talabalarda  esa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash strategiyalari ustunligi empirik jihatdan aniqlangan;  
 talabalarda kognitiv, hissiy, xulq-atvor resurslarini faollashtirish orqali muammoli vaziyatlarni echishda kognitiv usullardan foydalanish samaradorligini ortishi, konstruktiv koping strategiyalardan foydalanish ko‘nikmalarining oshganligi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Koping strategiyalaridan foydalanishning psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish asosida:
talabalar hayotiy muammolarni bartaraf qilishda muammoni hal qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va muammodan qochish strategiyalaridan foydalanishi va bu stratgeyalarni tanlashga individning yosh xususiyatlari  asosiy ta’sir etuvchi omil ekanligini isbotlashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-92-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-92a-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish, ularni nazariy tahlil qilish va izchillikda tizimlashtirish imkoni kengaytirilgan;
muammoni bartaraf qilishda talabalar intellekt darajasi yoshning kattaligi, hayotiy tajribaning nisbatan yuqoriligi va intellekt tipiga ko‘ra emotsional yoki shaxslararo intellektining yuqoriligi muhim faktor ekanligini aniqlashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-92-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya»  modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-92a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga xos bo‘lgan murakkab hayotiy vaziyatlardagi  koping startegiyalardan foydalanishning yosh xususiyatlarini o‘rganish imkoni kengaytirlgan;
internal nazorat ustun talabalarda stressli vaziyatlarda tezda echim topish  ko‘nikmasi, eksternal nazorat yuqori bo‘lgan talabalarda  esa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash strategiyalari ustunligi empirik jihatdan aniqlashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-92-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-92a-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy tadqiqotlarda xulq-atvordagi koping startegiyalar muammolarini o‘rganish va talabalarga xos bo‘lgan murakkab hayotiy vaziyatlardagi koping strategiyalardan foydalanishning yosh xususiyatlarini o‘rganishga sharoit yaratilgan;
talabalar bilan olib borilgan «Konstruktiv koping sari yo‘l» rivojlantiruvchi psixokorreksion dasturining samaradorligi, talabalar o‘zlarining ijobiy tomonlarini anglashi, o‘z-o‘zini hurmat qilish hissini faollashtirish,  ijobiy fazilatlari asosida o‘z-o‘zini anglashni oshirish, muammoli vaziyatlarning echishda kognitiv usullardan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish (koping strategiyalari), muammoli vaziyatlarni hal qilish bo'yicha bilimlarni natijalarini umumlashtirish, muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan konstruktiv koping strategiyalardan foydalanish ko‘nikmalarning oshishi isbotlashga oida takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-92-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-92a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar stresli vaziyatlarda echim topish ko‘nikmlari nazorat lokusiga bog‘liqligini  o‘rganish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish