Urinova Latofat Shovkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda diqqat sifatlari rivojlanishining psixologik xususiyatlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P402.
Ilmiy rahbar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; To‘raxanov Abdukarim Eshqo‘zievich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar o’quv faoliyati samaradorligini oshirishda diqqat sifatlarining rolini baholash va bu jarayonga samarali ta’sir ko’rsatishning amaliy usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda shakllangan o‘quv motivlariga korreksion ta’sir etish ularda tarkib topgan ijtimoiy, bilish, professional, status, utilitar, kommunikativ sifatlar, bilim olishga bo‘lgan intilishni kuchaytirganligi tufayli ta’limga faol motivatsion munosabat va o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalari diqqat sifatlarini rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
talabalarda diqqatning ko‘chishi, bo‘linishi, ko‘lami, kuchi, barqarorligi kognitiv, emotsional, irodaviy, motivatsion jihatlarning o‘quv ma’lumotlarni o‘zlashtirish, axborotlarni qayta ishlash jarayonida integral namoyon bo‘lishining ustuvor xarakteri tufayli determinatsion, prakrastintasion, konsentratsion omillarga bog‘liq ekanligi asoslangan;
talabalarda o‘quv motivlaridan “bilim olish”, “kasbiy sifatlarni egallash”, “ma’lumotga ega bo‘lish”ning differensial namoyon bo‘lishi diqqatning taqsimlanishi, barqarorligi, hajmining darajaviyligi ma’lumotlarni o‘zlashtirishdagi intensivlik, adekvatlik, refleksivlik sifatlarining rivojlanishiga olib kelganligi tufayli diqqat sifatlariga bog‘liq ekanligi dalillangan;
talabalarda diqqat sifatlari rivojlanishining psixologik modeli tizimli fikrlash, kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik, mantiqiy xotira, kreativlik bilan bog‘liq kognitiv omillarning emotsional, irodaviy, motivatsion omillarga integrativ namoyon bo‘lishi diqqat sifatlariga ta’sir etganligi tufayli “maqsad”, “mundarijaviy”, “jarayon”, “nazorat va baholash”, “natijaviy” komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda diqqat sifatlarini rivojlantirish jarayonini o’rganish doirasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda shakllangan o‘quv motivlariga korreksion ta’sir etish ularda tarkib topgan ijtimoiy, bilish, professional, status, utilitar, kommunikativ sifatlar, bilim olishga bo‘lgan intilishni kuchaytirganligi tufayli ta’limga faol motivatsion munosabat va o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalari diqqat sifatlarini rivojlanishiga olib kelishi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-140-son buyrug‘i bilan «Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-140a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda diqqat sifatlarining shakllanganligining mavjud holatini o‘rganish va uning o‘quv faoliyati bilan bog‘liqligi tahlil qilingan;
talabalarda diqqatning ko‘chishi, bo‘linishi, ko‘lami, kuchi, barqarorligi kognitiv, emotsional, irodaviy, motivatsion jihatlarning o‘quv ma’lumotlarni o‘zlashtirish, axborotlarni qayta ishlash jarayonida integral namoyon bo‘lishining ustuvor xarakteri tufayli determinatsion, prakrastintasion, konsentratsion omillarga bog‘liq ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-140-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-140a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda diqqatning ko‘chishi, bo‘linishi, ko‘lami, kuchi, barqarorligining determinatsion, prakrastintasion omillarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
talabalarda o‘quv motivlaridan “bilim olish”, “kasbiy sifatlarni egallash”, “ma’lumotga ega bo‘lish”ning differensial namoyon bo‘lishi diqqatning taqsimlanishi, barqarorligi, hajmining darajaviyligi ma’lumotlarni o‘zlashtirishdagi intensivlik, adekvatlik, refleksivlik sifatlarining rivojlanishiga olib kelganligi tufayli diqqat sifatlariga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-140-son buyrug‘i bilan «Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-140a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda o‘quv motivlarining diqqat sifatlariga bog‘liq jihatlarini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
talabalarda diqqat sifatlari rivojlanishining psixologik modeli tizimli fikrlash, kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik, mantiqiy xotira, kreativlik bilan bog‘liq kognitiv omillarning emotsional, irodaviy, motivatsion omillarga integrativ namoyon bo‘lishi diqqat sifatlariga ta’sir etganligi tufayli “maqsad”, “mundarijaviy”, “jarayon”, “nazorat va baholash”, “natijaviy” komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-140-son buyrug‘i bilan «Psixologik trening asoslari» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-140a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda diqqat sifatlari rivojlanishining maqsad, mazmun, mundarijaviy, jarayon, nazorat va natijaviy komponentlaridan iborat psixologik model ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish