Qurbanov Ibragimjon Sharifbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Niderlandiya lolalarini (Tulipa L.) O‘zbekiston sharoitida parvarishlash texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx883.
Ilmiy rahbar: Kayimov Abdixalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; To‘laev Doniyor Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida Niderlandiya lola navlarini o‘stirish uchun o‘g‘itlash va sug‘orish me’yorlari hamda muddatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor lolaning Niderlandiyadan keltirilgan 16 ta navlarini etishtirishda dalaga kuzda piyozlarni ekishdan oldin P30K30 me’yorida, bahorda esa 3 marta N30P30K30 me’yorida hamda gullash davrida N30P30K30 me’yorida o‘g‘itlash orqali gullarning o‘sish, saqlanib qolish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini 10-25 % ga oshirish mumkinligi isbotlangan;
lola navlarini bahor mavsumida vegetatsiya jarayoni yakunigacha bo‘lgan muddatda 3 marta sug‘orish va ChDNS ni 60-70% miqdorida ushlab turish lola ko‘chatlarining saqlanib qolishini 91,3% bo‘lishi aniqlangan;
Niderlandiyadan keltirilgan navlarni o‘g‘itlash va sug‘orish orqali ularning gullash davomiyligini 7-10 kunga uzaytirish mumkinligi aniqlangan;
Niderlandiyadan keltirilgan lola navlarini etishtirish orqali gul hosildorligini gektariga 5,71-29,93 ming donaga oshirish hamda 122,8-765,4 mln. so‘m/ga qo‘shimcha foyda olish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lola navlarini ko‘paytirish va standart ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Niderlandiyadan introduksiya qilingan navlarni o‘stirishda o‘g‘it qo‘llash ishlanmasi Namangan viloyatining “Gulchilikni rivojlantirish markazi” DUK va “Namangan gullari savdo servis” MChJ hududining 2 gektar er maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 martdagi 05/05-04-103-son ma’lumotnomasi). Natijada lola gullarini etishtirish orqali olingan qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlik 40000,0 ming so‘mni tashkil etgan;
lolaning Niderlandiyadan keltirilgan 16 ta navini etishtirish texnologiyasi “Ligtharttulips-Namangan” MChJ ning 5 gektar maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 martdagi 05/05-04-103-son ma’lumotnomasi). Natijada gullarning o‘sish, saqlanib qolish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini 10-25 % ga oshirish orqali gektariga iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 50000,0 ming so‘mni tashkil etgan;
Niderlandiyadan introduksiya qilingan navlarni o‘stirishda sug‘orish muddatlarini aniqlash ishlanmasi “Zuxro Shaxnoza gullari” korxonasi, “Abubakr gullari” MChJ ning 1 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2024 yil 27martdagi 05/05-04-103-son ma’lumotnomasi). Natijada lola gullarini etishtirish orqali olingan qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlik 30000,0 ming so‘mni tashkil etgan.