Raimova Dilnoza Raimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo vohasi sharoitida unabi (Ziziphus jujuba Mill.) plantatsiyasini tashkil etish va etishtirish texnologiyasini ishlab chikish”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1111.
Ilmiy rahbar: Islomov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Kamolitdin Sadriddinovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Xolmirzaeva Lola Baxromovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo vohasi tuproq-iqlim sharoitida unabi bog‘larini barpo etish, navlarning morfologik ko‘rsatkichlariga ekologik muhitni ta’sirini aniqlash va etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo tuproq-iqlim sharoitida unabi daraxtlari novdalarning mavsumiy o‘sishi may oyida Ta-yan-szao va U-sin-xun navlariga nisbatan Mayabaizao navida 3-4 sm, Jixinzao 4-5 sm, Zanhuangdazao navida esa 8-10 sm gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
maydamevali payvandtagda etishtirilgan unabi navlarining qurg‘oqchilikka bardoshliligi boshqa navlarga nisbatan Mayabaizao va Jixinzao navlarida yuqori bo‘lishi isbotlangan;
unabi o‘simligi qurg‘oqchilik sharoitida havo harorati +42°C dan ortishi, nisbiy namlik 14% dan past bo‘lishi natijasida barg protoplazma tuzilmalarining shikastlanishi aniqlangan;
unabi o‘simlikning ko‘p yil novdalarini sovuqdan zararlanish holati 2-3 yoshli o‘simliklarda 0,5%, bir yillik shoxlarining 0,7% va kurtaklar 0,8% gacha, 7-8 yoshli o‘simliklarda esa ko‘p yillik novdalari 0,2%, skelet shoxlari 0,4% va kurtaklar 0,6% gacha (28-30°S) zararlanishi aniqlangan;
unabi o‘simliklari ko‘chatlarini turli konsentratsiyali 0,1 va 0,2% xlor ionlarining NaCl eritmasi bilan sun’iy sho‘rlanish sharoitida o‘stirilganda Ta-yan-szao (st) navida 80%, U-sin-xun navida 82%, Mayabaizao navida 86%, Jixinzao navida 88%, Zanhuangdazao navida esa 84% bardoshliligi isbotlangan;
bog‘ barpo etishda Mayabaizao, Jixinzao, Zanhuangdazao navlarini 3x4 ekish sxemasida ekilganda yuqori samaradorlikka erishilgan, bunda oziqlanish maydoniga qarab 1 ga maydonga 833 dona ko‘chat joylashishi aniqlangan;
Qashqadaryo viloyati iqlim sharoitida unabi bog‘larni oziqlantirishda mineral o‘g‘itlarning eng maqbul me’yori 1 ga maydonga sof holatda N100P40K30 miqdorda berilganda yuqori natijaga erishish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Past bo‘yli unabi bog‘larini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari uchun «Qashkadaryo vohasi sharoitida unabi (Ziziphus jujuba Mill) plantatsiyasini tashkil etish va etishtirish texnologiyasini ishlab chikish» mavzusidagi tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 19 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-154 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida unabi bog‘larini barpo qilish va parvarishlashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
unabining “Zanhuangdazao” navidan plantatsiya barpo etish ishlanmasi Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi “Barchinoy izdoshlari” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 19 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-154 son ma’lumotnomasi). Natijada, barpo qilingan unabizordan 16,5 t/ga hosildorlik olingan hamda rentabellik darajasi 175,0% tashkil qilgan.
unabi plantatsiyalarini barpo etish texnologiyasi Qarshi tumanidagi “Mo‘minov Iskandar Azimovich” va “Shomurodov Toshpo‘lat Normurodovich” fermer xo‘jaliklarida 1,0 gektardan, jami 2,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 19 apreldagi 05/01-05/02-05/04-04-154 son ma’lumotnomasi). Natijada, gektaridan olingan sof daromad unabi navlarida – 31,5-33,6 mln so‘m, unabi mevalarini etishtirishda rentabellik darajasi esa 175,0% tashkil qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish