Saydullaeva Saodat Abdumajitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirishni ekonometrik baholash”08.00.06 – Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2022.4.PhD/2550.
Ilmiy rahbar: Alimov Raimjon Hakimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.1.16.03.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Nosir Mahmudovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Asraqulov Abduraxmon Sultonovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirishni ekonometrik baholash yordamida tadqiq etish va istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim tizimida faoliyatni samarali tashkil etish jamlanma byudjet xarajatlarining o‘sish sur’ati ta’lim tizimining boshqa tarkibiy qismlari (oliy ta’lim uchun jamlanma byudjet xarajatlari, oliy ta’lim tizimining to‘liq shtatdagi xodimlari soni, oliy ta’lim muassasalari soni va oliy ta’lim muassasalari talabalar soni)ning o‘sish sur’atlaridan 〖OT〗_bx≥〖OT〗_xs≥〖OT〗_ms≤〖OT〗_ts tengsizlikka ko‘ra ortda qolmaslik sharti asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirishda a>1, ya’ni talaba va oliy ta’lim muassasasining manfaatlarini kuchli ijobiy bog‘liqlikka P ̅=an asosan muvofiqlashtirish usuli takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimda o‘qitish jarayonlari sifati bilan xarajatlar o‘rtasidagi munosabatning vektorli (y=∑_(i=1)^n▒〖β ⃗_i*x ⃗_i 〗) umumlashgan baholash usuli oliy ta’lim muassasalari xizmatlariga talab va taklifning nisbati qiymatini aniqlash jarayonini kiritish orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonlari samaradorligini ikki tomonlama manfaatlar uyg‘unligida ko‘p omilli baholash asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirishni ekonometrik baholash yordamida tadqiq etish va istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy taklif hamda tavsiyalar asosida:
oliy ta’lim tizimida faoliyatni samarali tashkil etish jamlanma byudjet xarajatlarining o‘sish sur’ati ta’lim tizimining boshqa tarkibiy qismlari (oliy ta’lim uchun jamlanma byudjet xarajatlari, oliy ta’lim tizimining to‘liq shtatdagi xodimlari soni, oliy ta’lim muassasalari soni va oliy ta’lim muassasalari talabalar soni)ning o‘sish sur’atlaridan 〖OT〗_bx≥〖OT〗_xs≥〖OT〗_ms≤〖OT〗_ts tengsizlikka ko‘ra ortda qolmaslik sharti asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 11 oktyabrdagi 4/17-316-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  farmoni ijrosini bajarilishida xususan, 2020  yilda oliy ta’limga umumiy qamrovni 25 % va 2021 yilda esa 28 %ga etkazilishida muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirishda a>1, ya’ni talaba va oliy ta’lim muassasasining manfaatlarini kuchli ijobiy bog‘liqlikka P ̅=an asosan muvofiqlashtirish usulini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 11 oktyabrdagi 4/17-316-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurtlari bilan talabalar o‘rtasidagi to‘lov shartnomalarini muvofiqlashtirilishiga imkon bergan va ta’lim sifatini qo‘shimcha 12,1 %ga hamda samaradorlik darajasini 16,3 %ga oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim tizimda o‘qitish jarayonlari sifati bilan xarajatlar o‘rtasidagi munosabatning vektorli (y=∑_(i=1)^n▒〖β ⃗_i*x ⃗_i 〗) umumlashgan baholash usuli oliy ta’lim muassasalari xizmatlariga talab va taklifning nisbati qiymatini aniqlash jarayonini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 11 oktyabrdagi 4/17-316-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kelgusida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlari narxini shakllantirishda joylashuvi, davlat maqomi, byudjet o‘rinlari soni va mulkchilik shakli omillaridan tashqari oliy ta’lim muassasalarini nufuzini ham e’tiborga olish imkonini bergan;
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonlari samaradorligini ikki tomonlama manfaatlar uyg‘unligida ko‘p omilli baholash asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 11 oktyabrdagi 4/17-316-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida prognoz ko‘rsatkichlaridan 2022-2026 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish