Mirzakulov Akram Gafurjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Krossfit vosita va usullari yordamida kursant qizlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: UO‘K: 796.015.132:42.093.61
Ilmiy rahbar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muxammadiev Komil Burxanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi krossfit sport turning vosita va usullari kursant qizlarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda samarali usul sifatida ekanligini eksperemental asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kursant qizlarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini byorpi va V-sit-ap press vositalarini takrorlash soni va dam olish intervalini to‘liq, qattiq, ekstremal me’yorlash asosida mashg‘ulotlar jarayonida krossfit maxsus mashqlar majmuasini qo‘llash hisobiga ularning tezkor-kuch – qo‘lga tayanib qad rostlangan holatda yuqoriga sakrash imkoniyatlari oshirilgan;
o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarda kursant qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun to‘rt haftalik mikrotsikllarda jismoniy tayyorgarlik (tezkor-kuch va chaqqonlik) ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish hisobiga kursant qizlarning krossfit vosita va usullari to‘g‘risida tezkor axborot olish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kursant qizlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini yaxshilash maqsadida krossfit mashg‘ulotlar ketma-ketligi bir daqiqa davomida press hamda qo‘llarga tayanib yotgan holda qo‘llarni bukib yoyish, tumbaga sakrab chiqish vositalarini differensial tizimlashtirish evaziga kursant qizlarning keyingi mashg‘ulot uchun zaxira imkoniyatlari kengaytirilgan;
kursant qizlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun moslashtirilgan krossfit mashqlari va texnik harakat elementlarini mashg‘ulot jarayoniga singdirish hisobiga kursant qizlarni o‘quv-mashg‘ulotlarni olib borishda maxsus tayyorgarlik imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kursant qizlarning jismoniy tayyorgarlik holatini krossfit vositalari orqali oshirishning mashg‘ulot vositalari va yuklamalari hajmini optimallashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
kursant qizlarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini byorpi va V-sit-ap press vositalarini takrorlash soni va dam olish intervalini me’yorlash asosida mashg‘ulotlar jarayonida krossfit maxsus mashqlar majmuasi IIV Akademiyasi kursant qizlarning o‘quv-mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2023-yil 29-avgustdagi 38/3-485-son ma’lumotnomasi). Natijada kursant qizlarning 100 m masofaga yugurish ko‘rsatkichlari 16,39 % ga yaxshilangan;
o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarda kursant qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun to‘rt haftalik mikrotsikllarda jismoniy tayyorgarlik (tezkor-kuch va chaqqonlik) ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan dasturi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi o‘quv-mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining 2023-yil 10-sentyabrdagi 15/23-son ma’lumotnomasi). Natijada kursantlarning jismoniy tayyorgarlik holatini krossfit vositalari orqali amaliyotiga joriy etilgan uslubiyat va model ko‘rsatkichlardagi mashqlar majmuasi kursantlarning tayyorgarligiga 13.6 % samarali ta’sir ko‘rsatgan;
kursant qizlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun moslashtirilgan krossfit mashqlari va texnik harakat elementlari IIV Akademiyasi kursant qizlarning o‘quv-mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2023-yil 29-avgustdagi 38/3-485-son ma’lumotnomasi). Natijada kursant qizlarning jismoniy tayyorgarlik holatini krossfit vositalari orqali jismoniy tayyorgarligi ya’ni 10x10 m.ga mokkisimon yugurish 12,16 % ga yaxshilangan;
kursant qizlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini yaxshilash maqsadida krossfit mashg‘ulotlar ketma-ketligida bir daqiqa davomida press hamda qo‘llarga tayanib yotgan holda qo‘llarni bukib yoyish, tumbaga sakrab chiqish vositalarini differensial tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulot uslubiyati IIV Akademiyasi kursant qizlarning o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023–yil 1–dekabrdagi 03-01/04/20/12913-son ma’lumotnomasi). Natijada kursantlarning jismoniy tayyorgarlik holatini krossfit vositalari orqali amaliyotiga joriy etilgan 1 km. masofaga 14.20 % imkon yaratgan.