Ziyaev Farrux Choriyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quv mashg‘ulot guruhi bosqichlarida bosqon uloqtirish texnikasini o‘rgatish samaradorligi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2021.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Mexriddin Junaydullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ruzamuxamedov Komoliddin Faxriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqichlarida bosqon uloqtiruvchilarning mashg‘ulotlarida innovatsion vositalarni qo‘llash asosida uloqtirish texnikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqon uloqtiruvchilariga ikki aylanib uloqtirish texnikasini o‘rgatishda  “Rotation ray” uskunasida harakatlanayotgan yoʻnalish ko‘rsatuvchi nurni kuzatish orqali uloqtirish vaqtidagi aylanma harakatlar va vistubilyar analizatorni rivojlantirish hisobiga uloqtirish vaqtidagi aylanishga kirish, to‘g‘ri va to‘liq aylanish texnikasi takomillashtirilgan;
o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqon uloqtiruvchilariga oyoq kaftini tovondan boshlanib yuqoriga ko‘tarilish texnikasini oshirish maqsadida maydonga qarab intilish texnikasini oyoq uchiga 12o qiya balandlikdagi maxsus uloqtirish sektorida rotatsion harakatlarni bajarish hisobiga to‘g‘ri aylanishni va aylanish tezligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqon uloqtiruvchilarini mashg‘ulot jarayonlarida yuqori malakali bosqon uloqtiruvchilarning turli yosh davrlariga xos bo‘lgan model ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hisobiga bosqon uloqtiruvchilarni saralash va sport natijalarini bashorat qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqon uloqtiruvchilarini oxirgi kuch berish texnikasini oshirish uchun uloqtirish vaqtidagi aylanish tekisligi, ritmi, aylanishdagi bosh harakati, qo‘ldan uchib chiqish burchagi, markazdan qochuvchi kuchga qarshi tura olish kabi texnik harakatlarni mashg‘ulotlar jarayoniga singdirish hisobiga snaryadning qo‘ldan 45o burchak ostida uchib chiqish burchagini nazorat qilish imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quv mashg‘ulot guruhi bosqon uloqtiruvchilariga uloqtirish texnikasini o‘rgatish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqon uloqtiruvchilariga ikki aylanish usuli orqali  uloqtirish texnikasini o‘rgatish jarayonida, “Rotation ray” uskunasi yordamida harakatlanayotgan nurli nuqtani kuzatish orqali ikki aylanish texnikasiga o‘rgatish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Engil atletika nazariyasi va uslubiyati (uloqtirish turlari)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-168-son ruxsatnomasi). Natijada o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqon uloqtiruvchilarni sport natijalari 9,0 % ga oshgan;
o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqon uloqtiruvchilariga oyoq kaftini tovondan boshlanib yuqoriga ko‘tarilish texnikasini oshirish uchun maydonga qarab intilish texnikasini oyoq uchiga 12o qiya balandlikdagi maxsus uloqtirish sektorida rotatsion harakatlarni bajarish hisobiga to‘g‘ri aylanish va aylanish tezligini oshirish taklif va tavsiyalar “Engil atletika nazariyasi va uslubiyati (uloqtirish turlari)” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-168-son ruxsatnomasi). Natijada tadqiqot yakunida, joyidan turib bosqon uloqtiruvchilar 11,28% ga, 3 kgli to‘ldirma to‘pni bosh ortidan oldinga uloqtirganda 10,36% ga, 60 kg shtanga bilan o‘tirib turganda 11,71% ga o‘sgan;
bosqon uloqtiruvchi sportchilarning harakatlanish parametrlarini biomexanik tahlil qilish asosida maxsus kuch tayyorgarligini takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyatida sportchilarda qo‘llash bo‘yicha pedagogik yoʻriqnoma shakllantirilgan va amaliyotga tatbiq etilgan (Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi 03-01/04/20/13056-son ruxsatnomasi). Natijada tadqiqot yakunida o‘quv–sportchilarining kinematik xarakteristikalarini nisbiy o‘sish dinamikasining uchish masofasi 12,46 % ga oshgan;
o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqon uloqtiruvchilarini oxirgi kuch berish va snaryadning qo‘ldan uchib chiqish burchagini 45o burchak ostida chiqishini nazorat qilish uchun “Rotation ray” uskunasi yordamida bosqonning optimal uchib chiqishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi sportchilarning mashg‘ulotlar jarayoniga joriy etilgan (Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 4-dekabr 03-01/04/20/13056-son ruxsatnomasi). Natijada tadqiqot yakunida o‘quv–sportchilarining kinematik xarakteristikalarini nisbiy o‘sish dinamikasi bosqonni uchib chiqish burchagi 12,56% ga, o‘rtacha tezlik 14,25 % ga o‘sgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish