Xasanov Ilyos To‘ychievichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurash mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5381.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Ikramov Amirbek Aminovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Komil Burxonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mirzaev Abdulhamit Marupovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kurash sport turidan mashg‘ulot samaradorligini oshirishga qaratilgan raqamli texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kurash mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish uchun tuzulgan kombinatsiyalarning majburiy elementlarini o‘rgatishda mashqlarni amaliy bajarishdan avval “hayolan his qilish” ideomotorik mashgʻulotlarni kiritish hisobiga mushak faoliyatining optimal rejimini shakllantirishga erishish mumkinligi asoslangan;
kurashchda texnik tayyorgarlikni rejalashtirish uchun tik turgan holda himoyalanish harakatlarida tayanch maydonini oshirishga qaratilgan (keng, tor va tik turishni qabul qilish kabi) dinamik himoyalanish shakllarini mashgʻulotlarga kiritish hisobiga himoyalanishning tasnifiy guruhlari raqamlashtirilgan;
talaba-kurashchilarning texnik harakatlarni o‘zlashtirish imkoniyati tayyorgarlik tizimida qayta tiklovchi (nafas olish va jismoniy ish qobiliyatlarini tezda tiklovchi) mashqlar kompleksi va o‘tkazish nazorat sinovlari (tezkor, joriy va bosqichli)ni mashgʻulotlarning tayyorlov qismida organizm mushaklarini kerakli darajada rivojlantirish uchun variativ qo‘llash hisobiga takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan o‘tkaziladigan kurash to‘garak mashg‘ulotlarida texnik harakatlarni oson o‘zlashtirish imkoniyatlari va psixologik tayyorgarlik darajasini sport turiga nisbatan barqaror rivojlantirishga qaratilgan motivatsion modulni kiritish hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil atletika sport turlariga saralash tizimi bo‘yicha takomillashtirish uslubiyatini ishlab chiqish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
kurash mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish uchun tuzulgan kombinatsiyalarning majburiy elementlarini o‘rgatishda mashqlarni amaliy bajarishdan avval “hayolan his qilish” ideomotorik mashgʻulotlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Termiz davlat pedagogika instituti kurash o‘quv-mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va Sport vazirligining 2023-yil 31-oktyabr 03-01/04/20/11517-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi 13%ga oshgan;
kurashchda texnik tayyorgarlikni rejalashtirish uchun tik turgan holda himoyalanish harakatlarida tayanch maydonini oshirishga qaratilgan (keng, tor va tik turishni qabul qilish kabi) dinamik himoyalanish shakllari hamda himoyalanishning tasnifiy guruhlarini raqamlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Kurash nazariyasi va uslubiyati” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-son buyrug‘iga asosan 257-082-son guvohnoma). Natijada, kurashchi talabalarning texnik-taktik usullarini bajarish samaradorligi 16% ga oshgan;
talaba-kurashchilarning texnik harakatlarni o‘zlashtirish imkoniyati tayyorgarlik tizimida qayta tiklovchi (nafas olish va jismoniy ish qobiliyatlarini tezda tiklovchi) mashqlar kompleksi va o‘tkazish nazorat sinovlari (tezkor, joriy va bosqichli)ni mashgʻulotlarning tayyorlov qismida organizm mushaklarini kerakli darajada rivojlantirish uchun variativ qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Termiz davlat pedagogika instituti va Termiz davlat universiteti kurash o‘quv-mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘iga asosan 391166-raqamli guvohnoma). Natijada, texnik harakatlarni o‘zlashtirish samaradorligi 14%ga yaxshilangan;
oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan o‘tkaziladigan kurash to‘garak mashg‘ulotlarida texnik harakatlarni oson o‘zlashtirish imkoniyatlari va psixologik tayyorgarlik darajasini sport turiga nisbatan barqaror rivojlantirishga qaratilgan mativatsion modulni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Kurash nazariyasi va uslubiyati” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-son buyrug‘iga asosan 257-082-son guvohnoma). Natijada, kurashchi-talabalarning maxsus jismoniy tayyorgarligi 12%ga va funksional holati 15% ga oshgan.