Soliev Iqboljon Raxmonberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi er osti suvlari rejimiga iqlim o‘zgarishining ta’siri», 04.00.04–Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi» (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/GM39.
Ilmiy rahbar: Kamalov Bahodir Asamovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Shuxrat Sakidjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Abdullaev Botirjon Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgidrogeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi er osti suvlari rejimiga iqlimo‘zgarishining ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er osti suvlari rejimini baholash o‘rtacha kvadratik chetlanish, korrelyasion funksiya, trend qiymatlarini hisoblash statistik usullari asosida takomillashtirilgan;
Farg‘ona vodiysining katta qismida er osti suvlari sathi iqlim ilishi sharoitida ko‘tarilib borayotgani asoslangan;
Farg‘ona vodiysi uchun mutlaq balandlik asosida er osti suvlari sathini hisoblab topishning to‘g‘ri chiziqli tenglamasi ishlab chiqilgan;
er osti suvlari sathining daryolar oqimi bilan bog‘liqligi asosida Chodaksoy va Aravonsoy havzalarida er osti suv manbalariga istiqbolli maydonlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi er osti suvlari rejimi o‘zgarishiga iqlimning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
er osti suvlari rejimini statistik tahlil qilish usullari «Farg‘ona gidrogeologiya ekspedisiyasi» DKning gidrogeologik stansiyalari faoliyatida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 1 iyundagi 04/13 spr-son ma’lumotnomasi). Natijada er osti suvlari rejimi o‘zgarishini baholashda aniqlikning ortishiga imkon bergan;
er osti suvlari sathi iqlim ilishi sharoitida ko‘tarilib borayotgani to‘g‘risidagi ilmiy yangilik asosida ishlab chiqilgan takliflar «Farg‘ona gidrogeologiya ekspedisiyasi» DK faoliyatida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 1 iyundagi 04/13spr-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu hududlarda er osti suvlari sathi o‘zgarishining iqlimiy omillar bilan bog‘liqligini aniq baholashga imkon bergan;
er osti suvlari sathini xisoblab chiqishning to‘g‘ri chiziqli tenglamasi «Farg‘ona gidrogeologiya ekspedisiyasi» DK obektlarida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 1 iyundagi 04/13 spr-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarda er osti suvlari sathi joylashuvi to‘g‘risidaga dastlabki ma’lumotlarni sarf-xarajatlarsiz aniqlashga imkoniyat yaratgan;
Chodaksoy va Aravonsoy havzalarida yangi istiqbolli er osti suv maydonlari borligi to‘g‘risidagi bashorat «Farg‘ona gidrogeologiya ekspedisiyasi» DK faoliyatida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 1 iyundagi 04/13 spr-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu havzalarda gidrogeologik qidiruv ishlari o‘tkazilgan bo‘lib, Chodaksoy havzasining 22 km2 maydonida qattiqligi 4–7 mg/ekv va umumiy minerallashuvi 0,4–0,6 mg/l hamda Aravonsoy havzasining 30 km2 maydonida qattiqligi 6–9 ml/ekv va umumiy minerallashuvi 0,4–0,7 mg/l bo‘lgan ichimlik uchun yaroqli er osti suvlari manbalari mavjudligini aniqlash imkonini bergan.