Shukurova Bahor Boltaevnaning
falasafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligi poetikasi (Sh.Xolmirzaev, E.A’zam, N.Eshonqul ijodi asosida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil 2081.
Ilmiy rahbar: Murodov G‘ayrat Nekovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari doktori, (DSc), professor; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida inson tasviri va yozuvchi mahorati, hikoyada detal va roviy obrazi, badiiy tasvir vositalari va badiiy til xususiyatlariga oid muammolarni aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hikoyada inson obrazidagi asosiy xususiyatlar ifodasi, uning tasviriga xolis – betaraf munosabatda bo‘lish: unga tarafkash-birtomonlama qaramaslik, odamni qanday bo‘lsa, shundayligicha ko‘rsatish, uni ortiqcha salbiylashtirish yoki ijobiylashtirishdan ehtiyot bo‘lish, badiiy matndagi voqeani bayon etuvchi roviyning tasvirlanayotgan odamlarga baho berishdan tiyilishi, ularning xatti-harakati, muloqoti, ichki monologi ifodasi orqali xarakteridagi o‘ziga xosliklar, psixologik evrilishlar, unga muhitning ta’siri kabi eng muhim jihatlar aniqlangan;
milliy Mustaqillik davrida yaratilgan kichik epik asarlar hajmida an’anaviy mezon saqlanishi, o‘zbek hikoyalarida tasvirlanayotgan muhit badiiy manzarasini belgilash, xronotop aniqligiga erishish, personajlar ruhiyatiga xos xususiyatlarni yuzaga chiqarish kabi o‘zgarishlarning namoyon bo‘layotganligi, asar hajmining kengayish hodisasi, yangi davr hikoyachiligida janr va inson obrazining o‘ziga xos xarakter hamda ovozga ega alohida obraz vazifasini bajarishi, uning tasvirida izchil realizmning namoyon bo‘lishi asoslangan;
har bir ijodkorning hayot va insonga munosabati, hajvga moyilligi, uning shaxsiy-o‘ziga xos uslubi, ular ijod etgan adabiy metod bilan bog‘ligi, roviy va personajlar nutqida kinoya, qochirim konnotatsiyalarning o‘rni, uning tarkibiga kiradigan peyzaj, portret, xususan, detalning mavjudligi, romantizm, realizm kabi ijodiy metodlar bilan uzviy aloqasi borligi dalillangan;
zamonaviy milliy nasr namunalari, xususan, hikoyalarda sifatlash, mubolag‘a, istiora, kontrast, takror, kinoya singari badiiy san’atlar yozuvchining uslubi, ikkinchi tarafdan muayyan bir ijodiy metod (romantizm, realizm, modernizm)ning u yoki bu tasvir vositalariga nisbatan faol qo‘llanishi, adabiy yaratmalarni badiiy til nuqtayi nazaridan o‘rganish matnning umumiy ruhi, undagi hukmron dunyoqarash nafaqat obrazlar poetik va g‘oyaviy qurilishi, shu bilan birga, roviy va personajlar nutqiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
hikoyada inson obrazidagi asosiy xususiyatlar ifodasi, uning tasviriga xolis – betaraf munosabatda bo‘lish: unga tarafkash-birtomonlama qaramaslik, odamni qanday bo‘lsa, shundayligicha ko‘rsatish, uni ortiqcha salbiylashtirish yoki ijobiylashtirishdan ehtiyot bo‘lish, badiiy matndagi voqeani bayon etuvchi roviyning tasvirlanayotgan odamlarga baho berishdan tiyilishi, ularning xatti-harakati, muloqoti, ichki monologi ifodasi orqali xarakteridagi o‘ziga xosliklar, psixologik evrilishlar, unga muhitning ta’siri kabi eng muhim jihatlariga oid xulosalardan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligini tadqiq etish” (2017-2020-yy.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 12-sentyabrdagi 344/1-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi davr nasriga xos bo‘lgan xususiyatlar, undagi shakliy va mazmuniy yangiliklar, hikoya janridagi o‘zgarishlar aniqlangan;
milliy Mustaqillik davrida yaratilayotgan kichik epik asarlar hajmida an’anaviy mezon saqlanishi, o‘zbek hikoyalarida tasvirlanayotgan muhit badiiy manzarasini belgilash, xronotop aniqligiga erishish, personajlar ruhiyatiga xos xususiyatlarni yuzaga chiqarish kabi o‘zgarishlarning namoyon bo‘layotganligi, asar hajmining kengayish hodisasi, yangi davr hikoyachiligida janr va inson obrazining o‘ziga xos xarakter hamda ovozga ega alohida obraz vazifasini bajarishi, uning tasvirida izchil realizmning namoyon bo‘lishi kabi xulosalardan FZ-2016-09081655 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020-yy.) mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 10 oktyabrdagi 494-son ma’lumotnomasi). Natijada hikoya syujet-kompozision qurilmasi, obrazlar tizimining mazmun ko‘lami boyitilgan;
zamonaviy milliy nasr namunalari, xususan, hikoyalarda sifatlash, mubolag‘a, istiora, kontrast, takror, kinoya singari badiiy san’atlar yozuvchining uslubi, ikkinchi tarafdan muayyan bir ijodiy metod (romantizm, realizm, modernizm)ning u yoki bu tasvir vositalariga nisbatan faol qo‘llanishi, adabiy yaratmalarni badiiy til nuqtayi nazaridan o‘rganish matnning umumiy ruhi, undagi hukmron dunyoqarash nafaqat obrazlar poetik va g‘oyaviy qurilishi, shu bilan birga, roviy va personajlar nutqiga o‘z ta’sirini o‘tkazish tahlillari asosida olingan natijalardan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 30-sentyabrida efirga uzatilgan “Munavvar tong” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023 yil 24-oktyabrdagi 01-02/88-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida davr va inson obrazining o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish