Fayzullaeva Sayatxan Uzaqbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Hozirgi qoraqalpoq she’riyatida lirik kechinma tabiati (B.Seytaev, O.Satbaev, M.Jumanazarova, P.Mirzabaeva lirikasi misolida)», 10.00.12 – «Qoraqalpoq adabiyoti» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil3240.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gaylieva Ogulbay Kurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Dabilov Perdeg‘aliy Abatbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi qoraqalpoq she’riyatida lirik kechinma tabiati va motivlarining tutgan o‘rni, badiiy xususiyatlarini qoraqalpoq shoirlari B.Seytaev, O.Satbaev, M.Jumanazarova va P.Mirzabaevalarning lirik asarlari asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi qoraqalpoq she’riyatida lirik kechinma tabiatini belgilovchi vatanga muhabbat, oshiqlik va yor ishqi, yaqin insonlar yodi, jamiyatda yolg‘izlanish, ijodkorlikga sadoqat motivlarini B.Seytaev, O.Satbaev, M.Jumanazarova, P.Mirzabaeva lirik asarlarida ifodalashning obraz yaratish, detal tanglash kabi xususiy, makon va zamon birligi (taqdirdoshlik) kabi umumiy tomonlari aniqlangan;
hozirgi qoraqalpoq she’riyatida lirik kechinmani B.Seytaev - obrazni konkretlashtirish, O.Satbaev - fikr-hayollarni detallashtirib tasvirlash, M.Jumanazarova - vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish, P.Mirzabaevaning -insonparvarlik g‘oyalarini parallel tarzda tasvirlash usuli orqali ifodalashi shoirlarning uslubiy individual xususiyati sifatida asoslab berilgan;
lirik kechinmaning hozirgi qoraqalpoq she’riyatida uchliklar, to‘rtliklar, besh misrali, olti misrali, sakkiz misrali she’rlar va to‘lg‘ov badiiy shakllarida tutgan o‘rni, mazmun bilan shaklda ong oqimi va badiiy mahoratning mutanosiblik xususiyatlari aniqlangan;
shoirlarning nazmiy asarlarida lirik kechinmaning tabiatidan kelib chiqib, obrazlarning poetik manzara, ritm va badiiy tasviriy vositalar yordamida ifodalanishiga erishish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi qoraqalpoq she’riyatida lirik kechinma tabiatini shoirlar B.Seytaev, O.Satbaev, M.Jumanazarova, P.Mirzabaeva asarlari misolida o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
hozirgi qoraqalpoq she’riyatida lirik kechinma tabiatini belgilovchi vatanga muhabbat, oshiqlik va yor ishqi, yaqin insonlar yodi, jamiyatda yolg‘izlanish, ijodkorlikga sadoqat motivlarini B.Seytaev, O.Satbaev, M.Jumanazarova, P.Mirzabaeva lirik asarlarida ifodalashda obraz yaratish, detal tanglash kabi xususiy, makon va zamon birligi (taqdirdoshlik) kabi umumiy tomonlari, hozirgi qoraqalpoq she’riyatida lirik kechinmani – B.Seytaev obrazni konkretlashtirish, O.Satbaev fikr-xayollarni detallashtirib tasvirlash, M.Jumanazarova vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish, P.Mirzabaevaning insonparvarlik g‘oyalarini parallel tarzda tasvirlash usuli orqali ifodalashi shoirlarning uslubiy individual xususiyati sifatida asoslab berilishi bo‘yicha keltirilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental tadqiqotni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 23-oktyabrdagi 410/1-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi qoraqalpoq she’riyatida lirik kechinma tabiatini o‘rganish bo‘yicha dissertatsiyadagi nazariy xulosalar va amaliy takliflar unda asosiy manba sifatida qo‘llanilgan;
lirik kechinmaning hozirgi qoraqalpoq she’riyatida uchliklar, to‘rtliklar, besh misrali, olti misrali, sakkiz misrali she’rlar va to‘lg‘ov badiiy shakllarida tutgan o‘rni, mazmun bilan shaklda ong oqimi va badiiy mahoratning mutanosiblik xususiyatlari bo‘yicha olingan nazariy natijalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlarga bag‘ishlangan seminarlarda va mahorat darslarini o‘tishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar Uyushmasining 2023 yil 25-sentyabrdagi 99-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlarning asarlarida lirik kechinmani ifodalashdagi badiiy mahorati takomillashtirilgan;
shoirlarning nazmiy asarlarida lirik kechinmaning tabiatidan kelib chiqib, obrazlar, poetik manzara, ritm va badiiy tasviriy vositalar yordamida ifodalashga erishishini o‘rganish asosida olingan ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining «Adabiyot va davr», «Assalomu alaykum, Qoraqalpog‘iston», «Ta’limda islohot» va «Xayrli tong» mavzusidagi radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-sentyabrdagi 05-22/478-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar keng xalq ommasining badiiy adabiyotga qiziqishini yanada oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.