Bekimbetova Gulbaxar Risbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped439.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedova Malohat Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitish mexanizmini, pedagogik amaliyotda foydalanish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitish jarayoni konsentrik tarzda o‘qitishni ta’minlash, o‘quvchilarning lingvokreativ, lingvopsixologik va individual-tipologik xususiyatlarini eksperimental dasturini loyihalash asosida aniqlashtirilgan;
maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitishda leksik birliklar orqali nutqiy faoliyatni (gapirish, o‘qish, tinglap tushinish, yozish) oshirishga qaratilgan lingvometodik ta’minotning konseptosferaviy taktikalarini differensiallash asosida takomillashtirilgan;
maktablarda qoraqalpaq tilini o‘qitishning lingvistik asoslari og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarining lingvopragmatik algoritmini strategik hisobga olgan holda integratsion moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
maktablarda o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-lingvistik kompetensiyning bosqichlari reproduktiv+evristik, induktiv+deduktiv modelini reabilitatsion barqarorligini operatsion-me’yoriy muloqotni shakllantirishni hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitishda kommunikativ protsessual shakllar, fikrni bayon qilishdagi barqarorlik, o‘zgaruvchanlik, tushunchalarini muhokama qilishdagi funksional yondoshuvlar, nutqdagi samarali-semantik, selektiv va aergik individual to‘siqlarni bartaraf etib, “ikkilamchi” lingvistik shaxsni shakllantirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitish jarayoni konsentrik tarzda o‘qitishni ta'minlash, o‘quvchilarning lingvokreativ, lingvopsixologik va individual-tipologik xususiyatlarini eksperimental dasturini loyihalashga oid tavsiyalar “Ulıwma pedagogika (pedagogikalıq sheberlik)” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 418647633009071012-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitishga oid bilimlarining zamonaviy holatini tahlil qilishga sharoit yaratilgan;
maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitishda leksik birliklar orqali nutqiy faoliyatni (gapirish, o‘qish, tinglap tushinish, yozish) oshirishga qaratilgan lingvometodik ta’minotning konseptosferaviy taktikalarini differensiallashga oid takliflar “Ulıwma pedagogika (pedagogika teoriyasi)” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 403361-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitish ko‘nikmalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
maktablarda qoraqalpaq tilini o‘qitishning lingvistik asoslari og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarining lingvopragmatik algoritmini strategik hisobga olgan holda integratsion moslashtirishga oid takliflar “Ulıwma pedagogika (pedagogikalıq sheberlik)” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 418647633009071012-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitish samaradorligi oshgan;
maktablarda o‘quvchilarning ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-lingvistik kompetensiyning bosqichlari reproduktiv+evristik, induktiv+deduktiv modelini reabilitatsion barqarorligini operatsion-me’yoriy muloqotni shakllantirishga doir takliflar “Ulıwma pedagogika (pedagogika teoriyası)” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 403361 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitish ko‘nikmalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitishda kommunikativ protsessual shakllar, fikrni bayon qilishdagi barqarorlik, o‘zgaruvchanlik, tushunchalarini muhokama qilishdagi funksional yondoshuvlar, nutqdagi samarali-semantik, selektiv va aergik individual to‘siqlarni bartaraf etib, “ikkilamchi” lingvistik shaxsni shakllantirishga oid takliflardan Qoraqalpog‘iston telekanalining “Ushinshi renessans” ko‘rsatuvini, Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Qayirli tang”, “Jaslar studiyasi” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-iyundagi 05-22/290-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktablarda qoraqalpoq tilini o‘qitish asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish