Shodiev Hamza Ruziqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Uzlyuksiz ta’lim tizimida geografiyani o‘qitishda axborot ta’lim muhitidan foydalanish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/PhD147.
Ilmiy maslahatchi: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzamaxmudovich, geografiya fanlari doktori, dotsent (DSc); Qoraev Samariddin Barakaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent (DSc); Ibragimov A’lam Amrillaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent (DSc).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzlyuksiz talim tizimida geografiyani o‘qitishda axborot ta’lim muhitlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchi-talabalarni axborot texnologiyalarining integratsiyasiga ko‘ra geografiya faniga oid mantiqiy, kreativ, kognitiv fikrlashining metodik jihatlari fanga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni qo‘llab-quvvatlovchi va innovatsion muhitga moslashuvchan ta’lim tizimini diagnostika qilishning elektron shaklini qo‘llashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga geografiya fani mashg‘ulotlarini kooperativ va kolloborativ o‘qitish usullarini qo‘llash jarayoni har bir o‘quvchining xarakterini individual va umumiy mezonlarda akslantiruvchi yagona ma’lumotlar bazasiga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning geografiya fani bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ta’lim olish faoliyati geografik obektlarni tavsiflash, qiyoslash, talqin qilish orqali nisbiy baholash texnologiyasiga ega elektron platformani interfaol o‘quv muhitiga tabaqalashgan ta’lim shaklida moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning geografiyaga oid bilimlarini egallash jarayoni motivatsion, muammoli vaziyatlarni intuitiv yaratish, gamifikatsiya elementlaridan (onlayn va mobil krossvordlar) foydalanish, pedagogik jarayon samaradorligini muntazam diagnostika qilib borish va raqamlashtirilgan 4K modelini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni tabiiy jarayonlarga oid kreativ faolligi va kompetentligini rivojlantirish metodikasi real tabiatga virtual sayohat orqali shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim faoliyatini loyihalashni ta’minlovchi “Tabiat” elektron platformasini qo‘llash vositasida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Uzluksiz talim tizimida geografiyani o‘qitishda axborot ta’lim muhitlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchi-talabalarni axborot texnologiyalarining integratsiyasiga ko‘ra geografiya faniga oid mantiqiy, kreativ, kognitiv fikrlashining metodik jihatlari fanga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni qo‘llab-quvvatlovchi va innovatsion muhitga moslashuvchan ta’lim tizimini diagnostika qilishning elektron shaklini qo‘llashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir metodik tavsiyalardan Namangan davlat universitetining “Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizmni takomillashtirish” nomli innovatsion loyihani oliy ta’lim sifatini diagnostika qilishni elektron tizimni ishlab chiqish qismini bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 13-iyuldagi 1120-04-son son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning geografiya fanlariga oid mantiqiy, kreativ va kognitiv fikrlashini rivojlantirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga geografiya fani mashg‘ulotlarini kooperativ va kolloborativ o‘qitish usullarini qo‘llash jarayoni har bir o‘quvchining xarakterini individual va umumiy mezonlarda akslantiruvchi yagona ma’lumotlar bazasiga integratsiyalash asosida takomillashtirish va o‘quvchilarning geografiya fani bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ta’lim olish faoliyati geografik obektlarni tavsiflash, qiyoslash, talqin qilish orqali nisbiy baholash texnologiyasiga ega elektron platformani interfaol o‘quv muhitiga tabaqalashgan ta’lim shaklida moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Muqumiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar bazasi va elektron platforma yaratish” nomli innovatsion loyihani masofaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Muqumiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2023-yil 14-iyuldagi 198-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning darsdan tashqari o‘quv faoliyatida geografiya fanidan onlayn to‘garaklar va turli tadbirlarni samarali o‘tkazishga xizmat qilgan;
talabalarning geografiyaga oid bilimlarini egallash jarayoni motivatsion, muammoli vaziyatlarni intuitiv yaratish, gamifikatsiya elementlaridan (onlayn va mobil krossvordlar) foydalanish, pedagogik jarayon samaradorligini muntazam diagnostika qilib borish va raqamlashtirilgan 4K modelini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihani masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2023-yil 12-iyuldagi 04/11-4227-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar asosida talabalarning geografiya fanlaridan mustaqil ta’limini tashkil etish tizimini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarni tabiiy jarayonlarga oid kreativ faolligi va kompetentligini rivojlantirish metodikasi real tabiatga virtual sayohat orqali shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim faoliyatini loyihalashni ta’minlovchi “Tabiat” elektron platformasini qo‘llash vositasida takomillashtirishga oid metodik tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihani masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2023-yil 12-iyuldagi 04/11-4227-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar asosida geografiya ta’lim va tarbiya jarayonini raqamli texnologiyalar yordamida tashkil etishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish