Juliev Muxiddin Komilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi xududlarida eroziya jarayonlarini modellashtirishning nazariy asoslari va metodikasi (Toshkent viloyati misolida)», 11.00.05 - Atrof-muhitini muhofasa qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/B223.
Ilmiy maslahatchi: Gafurova Laziza Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/27.02.2020.B.01.15 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: To‘raboev Akmal Normo‘minovich, biologiya fanlari doktori, professor; Shadieva Nilufar Iskandarovna, biologiya fanlari doktori; Boboev Hasan Odilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘ va to‘goldi xududlarida eroziya jarayonlarini geoaxborot texnologiyalari va masofadan zondlash usullari asosida baholash va tuproq eroziyasi jarayonlarini modellashtirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oxirgi 60 yil davomida MDH mamlakatlarida olib borilgan tuproq eroziyasiga oid ilmiy, ular asosida bibliometrik ma’lumotlar bazasi yaratilgan, tog‘ va tog‘oldi xududida kechuvchi eroziya jarayonlarini aniqlash, baholash va modellarini yaratishda geofazoviy tahlil uslubining strategiyasi ishlab chiqilgan;
Ugom-Chotqol milliy bog‘ida iqlim o‘zgarishi sharoitida xududning o‘simlik dunyosi, er qoplami ko‘rsatkichlarining 20 yil mobaynida o‘zgarishlarini aniqlashda sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini vegetatsion indekslari hisoblari asosida geofazoviy foydalanish yuqori aniqlikdagi ma’lumotlar berishi aniqlangan;
ilk bor tadqiqot ob’ektida eroziya jarayonlarini geofazoviy tahlil o‘tkazish va modellarni aprobatsiya qilish maqsadida er osti suv manbalari va tuproq eroziyasi jarayonlari o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashda ko‘p mezonli qarorlarni tahlil qilish MCDA modelining afzalligi va imkoniyatlari takomillashtirilgan;
tadqiqot ob’ektida yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va OBIA (Object-Based Image Analysis) modeli orqali eroziya jarayonlarini avtomatik aniqlash usuli tadbiq qilingan va imkoniyatlari baholangan;
geofazoviy tahlilga asoslangan RUSLE modeli yordamida eroziya jarayonlarini modellashtirish maqsadida tadqiqot obektining spesifik xususiyatlarini inobatga olgan holda RUSLE modelining parametrlari moslashtirilgan va uning imkoniyatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi xududlarida eroziya jarayonlarini modellashtirishning nazariy asoslari va metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Scopus ma’lumotlar bazasi asosida tuproq eroziyasi mavzusiga doir ingliz tilida chop etilgan maqolalar bazasi va statistik tahlil qilish usuli shakllantirilgan va ushbu baza “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish guruhi doirasida olib borilayotgan “English for Science” dasturi orqali amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu bibliometrik ma’lumotlar bazasi yosh tadqiqotchilarning atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘nalishida olib borayotgan tadqiqot ishlarida eroziya jarayonlarini aniqlash, baholash, modellashtirish va ushbu jarayonlarga qarshi tuproqlarni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha dunyo tajribasini o‘rganib tadqiqot metodologiyasini ishlab chiqishda xizmat qilgan;
MCDA (Multi-Criteria Decision Analysis) modeli yordamida yaratilgan tematik xaritalar Geologiya fanlari universiteti tarkibidagi “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi 2023 yil 12 dekabrdagi 08-4522 sonli ma’lumotnomasi) amaliyotga joriy etilgan. Natijada tadqiqot ob’ekti er osti suv manbalari va tuproq eroziyasi jarayonlari o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiruvchi potensial er osti suv manbalari hosil bo‘ladigan xududlarni tasniflash imkonini bergan;
OBIA (Objest-Based Image Analysis) modeli imkoniyatlaridan foydalanilgan holda yuqori aniqlikdagi GeoEe-1 sun’iy yo‘ldosh tasvirlarining geofazoviy tahlili asosida yaratilgan tadqiqot obektining eroziya xavfi mavjud xududlari aks ettirilgan tematik xaritalar Geologiya fanlari universiteti tarkibidagi “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi 2023 yil 12 dekabrdagi 08-4522 sonli ma’lumotnomasi) amaliyotga joriy etilgan. Natijada ushbu ishlanma tog‘ va tog‘oldi xududlarida kechuvchi eroziya jarayonlarini avtomatik xaritalash imkonini bergan;
RUSLE modeli asosida yaratilgan eroziya jarayonlarini keltirib chiqaruvchi omillar va ushbu jarayonlar tufayli yillik tuproq yo‘qotilishi ma’lumotlari aks ettirilgan tematik xaritalar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tarkibidagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 29-noyabrdagi 03-03/3-7523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eroziyaga uchragan tuproqlarni holatini yaxshilash bo‘yicha ekologik asoslangan tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini to‘g‘ri qo‘llash, lalmi erlarda ekin turlarini to‘g‘ri tanlash va joylashtirishda xizmat qilgan;
Landsat-5 TM va Landsat 8 (OLI & TIRS) sun’iy yo‘ldoshlari tasvirlarini geofazoviy tahlil asosida yaratilgan o‘simlik indeksi (NDVI), er qoplamining o‘zgarishi (LULC) va yog‘ingarchilik ko‘rsatkichlari aks ettirilgan tematik xaritalari O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tarkibidagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 29-noyabrdagi 03-03/3-7523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tematik xaritalar Ugom-Chotqol xududining 575 ming gektar maydonida tarqalgan o‘simlik dunyosi va er qoplamini holatini tahlil qilish va uni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish