G‘anieva Nazokat Muxtorali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi bentonitlari va sanoat chiqindilari asosida adsorbentlar olish va tadqiqi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K700.
Ilmiy rahbar: Ochilov G‘olibjon Mamayunusovich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor; Xandamov Davron Abdukodirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy bentonitni yog‘-moy sanoati ikkilamchi mahsuloti gossipol smolasi bilan modifikatsiyalarini olish, ularning benzol bug‘i, Cu2+ va Pb2+ adsorbsiya xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modifikatsiyalab olingan adsorbentlarda benzol molekulalari adsorbsiya qiymati: Log‘on bentoniti asosida olingan GLB-3>GLB-2>GLB-1; Sho‘rsuv bentoniti asosida olingan GShB-3>GShB-2>GShB-1 tartibida kamayib borish ilmiy jihatdan asoslangan;
log‘on bentonitini xlorid kislota bilan faollash natijalariga ko‘ra, uning sorbsiya xususiyatini belgilovchi montmorillonit miqdori eng yuqori ko‘rsatgichda 10 % li xlorid kislota yordamida faollash natijasida 59,97 % gacha ortishi aniqlangan;
suv bug‘lari adsorbsiya izotermalari natijalariga ko‘ra, bentonitni gossipol smolasi bilan faollash natijasida gidrofillik xususiyati kamayib gidrofoblik xossasini ortishi tajribalar yordamida isbotlangan;
GLB-3 va GShB-3 lar og‘ir metallar bo‘yicha adsorbsiya jarayoni dastlabki 3 martagacha deyarli bir xil bo‘lishi, keyingi bosqichlarda 5 martadan so‘ng adsorbsiyaning kamayib borishi aniqlangan;
mahalliy bentonitlarni gossipol smolasi bilan modifikatsiyalash natijasida olingan adsorbentlarning mustahkamligi GLB-3 da LB ga nisbatan mustahkamlik 2,5 marta katta bo‘lishi isbotlangan;
modifikatsiyalab olingan adsorbentlar yordamida sanoat oqava suvlarini organik va noorganik qo‘shimcha moddalardan kompleks tozalashning maqbul sharoitlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bentonit va gossipol asosida modifikatsiyalangan adsorbentlar olish va ularning sorbsiya xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
faollab olingan adsorbentlar yordamida “Home Textile NT” MChJning oqava suvlarini bo‘yoqlardan tozalash usuli hamda “Uzwoolentex” MChJ oqova suvlarni tarkibidagi noorganik moddalardan modifikatsiyalangan adsorbentlar yordamida tozalash usuli “O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” uyushmasining “ amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” uyushmasining 2024 yil 10 maydagi 03/25-975-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvni tarkibidagi bo‘yoq mahsulotlaridan 95,6 % gacha tozalash hamda oqova suv tarkibidagi kaliyning-66 %, kalsiyni-88 %, xlorid ionlarining-87 %, sulfat-40 % va oltingugurt VI oksidining-99 % tozalash imkonini beradi;
faollantirib olingan GLB-3 va GShB-3 adsorbentlari Namangan suv taminoti AJga qarashli shahar kanalizatsiya suvlarini tarkibdagi neft mahsulotlarini tozalash jarayonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Hokimligining 2024 yil 25 apreldagi 04/30-634-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suv tarkibidagi neft mahsulotlarini 86-87 % gacha tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish