Yuldoshev Nodir Akbar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir koronar sindrom ST elevatsiyasiz bemorlarda miokard shikastlanishini bashoratlashning to‘qima doppler imkoniyatlari» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.1.PHD/Tib2420.
Ilmiy rahbar: Bekmetova Feruza Matsapaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kenjaev Sirojiddin Rashidovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: o‘tkir koronar sindrom ST elevatsiyasiz bemorlarda miokard shikastlanishini bashoratlashning global va regional, sistolik va diastolik buzilishlarini to‘qima doppler exokardiografiya yordamida  optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir koronar sindrom ST elevatsiyasiz  bemorlarda yuqori texnologik noinvaziv tashxislash usuli - to‘qima dopplerografiyasi yordamida miokard infarkti natijasida kelib chiqqan shikastlanish va koronar havza lokalizatsiyasi aniqlangan;
o‘tkir koronar sindrom ST elevatsiyasiz bemorlarda koronar ateroskleroz va miokard revaskulyarizatsiyasidan oldin va keyin to‘qima dopplerografiyasining tezlik parametrlari o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan;
o‘tkir koronar sindrom ST elevatsiyasiz  bemorlarda miokard shikastlanishida izovolumik bo‘shashish vaqti, ChQ miokard faoliyati indeksining bashorat qiluvchi ahamiyati aniqlangan va olingan ko‘rsatkichlar asosida miokard qisqaruvchanlikning standart tashxislash usullari ishlab chiqilgan;
o‘tkir koronar sindrom ST elevatsiyasiz  bemorlarda miokard infarkt lokalizatsiyasi va infarktga bog‘liq arteriyani aniqlash bilan birga, ChQ to‘qima dopplerografiyasining vaqt ko‘rsatkichlarining referens qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 27 noyabrdagi 7-son xulosasi asosida (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIKIATM 2023 yil 28 noyabrdagi 181-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir koronar sindrom ST elevatsiyasiz bemorlarda chap qorinchaning segmentar tuzilishini hisobga olgan holda, miokard shikastlanishini to‘qima doppler exokardiorafiya usuli yordamida aniqlash bilan ifodalanadi. Ilmiy yangilik ahamiyati: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda chap qorinchaning segmentar tuzilishini hisobga olgan holda, miokard shikastlanishini to‘qima doppler exokardiorafiya usuli yordamida aniqlash, miokard shikastlanish darajasiga ko‘ra o‘z vaqtida to‘g‘ri va samarali davolash imkonini beradi. Ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 02.11.2022 yildagi №68/2 va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali 09.11.2022 yildagi №46 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda chap qorinchaning segmentar tuzilishini hisobga olgan holda, miokard shikastlanishini to‘qima doppler exokardiorafiya usuli yordamida aniqlash, bemorlarni o‘z vaqtida erta va samarali davolanishga olib keladi, bu esa O‘KSdan nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichini kamayishiga sabab bo‘ladi. Ilmiy yangilikni iqtisodiy samaradorligi quyidagicha ifodalanadi: chap qorinchaning segmentar tuzilishini hisobga olgan holda, miokard shikastlanishini to‘qima doppler exokardiorafiya usuli yordamida aniqlash zarurati va ahamiyati bilan asoslanadi. Tadqiqot natijalarini amalga oshirish O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda yurak-fon tomir asoratlarini rivojlanishini kamaytirishga imkon beradi, oxir-oqibat davolanish samaradorligini oshiradi, qayta kasalxonaga yotqizishni kamaytirdi, nogironlik foizini kamaytirdi. Shubhasiz sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan iqtisodiy xarajatlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirdi. Tadqiqot natijalarini amalga oshirish O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda asoratlarni rivojlanishini sekinlashtirish va yo‘q qilishga imkon beradi, xususan, kasalxonada qolish muddatini 5 kunga qisqartiradi, bu esa Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan har bir bemordan 1.660.000 so‘mdan tejash imkonini beradi. Xulosa: O‘tkir koronar sindrom ST elevatsiyasiz bemorlarda chap qorinchaning segmentar tuzilishini hisobga olgan holda, miokard shikastlanishini to‘qima doppler exokardiorafiya usuli yordamida aniqlash har bir bemorga 1.660.000 so‘mni tejash imkonini beradi, bu bemorlarda yurak-qon tomir asoratlari va nogironlik darajasini kamaytirish imkonini beradi. Davolash, qayta kasalxonaga yotqizishni kamaytirish, bemorlarning nogironlik foizi va sog‘liqni saqlash tizimidagi iqtisodiy xarajatlar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan 22.11.2023 yildagi 181-IK sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda koronar ateroskleroz, vaqt oralig‘i, hamda miokard revaskulyarizatsiyasidan oldin va keyin to‘qima dopplerografiyasining tezlik parametrlari o‘rtasida bog‘liqlik aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: koronar ateroskleroz, to‘qima doppleri vaqt oralig‘i, hamda  miokard revaskulyarizatsiyasidan oldin va keyin to‘qima dopplerografiyasining tezlik parametrlari o‘rtasida bog‘liqlik O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda optimal terapiya o‘tkazishga differensial yondoshishga imkon beradi, bu esa ushbu guruh bemorlarda davolash samaradorligini yaxshilash uchun muhimdir. Ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 22.11.2023 yildagi №68/2 va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali 22.11.2023 yildagi №46 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miokard revaskulyarizatsiyasidan oldin va keyin to‘qima dopplerografiyasi yordamida aniqlangan tezlik parametrlari O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda terapiyaga tabaqalashtirilgan yondashuvni ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida, bemorlarga optimal davo usulini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va terapiyaga rioya qilishni kuchaytirishga olib keladi. Ilmiy yangilikni iqtisodiy samaradorligi quyidagicha ifodalanadi: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasidan oldin va keyin arzon, havfsiz, noinvaziv to‘qima dopplerografiyasi tekshiruvini o‘tkazish zarurati va ahamiyati bilan asoslanadi. Tadqiqot natijalarini amalga oshirish O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda asoratlarni rivojlanishini sekinlashtirish va yo‘q qilishga imkon beradi, xususan, nogironlik, bu oxir-oqibat davolanish samaradorligini oshiradi, qayta kasalxonaga yotqizishni kamaytirdi, nogironlik foizini kamaytirdi, bu esa dori vositalari xarid qilish, laboratoriya-instrumental tadqiqot usullari va tekshiruvlar o‘tkazishda ishtirok etadigan tor doiradagi mutaxassislar konsul`tatsiyasiga sarflanadigan xarajatlarni iqtisod qiladi. Agar shifoxonada bir kun yotish 247.000 so‘m, 10 kun uchun 2.470.000 so‘m, O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlar uchun dori-darmon narxi bir kun uchun o‘rtacha 125.000 so‘m, 10 kun uchun 1 250 000 so‘m, kasalxonaga yotqizish vaqtida O‘KS ST elevatsiyasiz bemorni tekshirish narxi 1 433 000 so‘m deb hisobga olsak, har bir bemor uchun 4.753.000 so‘mdan tejash imkonini beradi.  Xulosa: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda koronar ateroskleroz, vaqt oralig‘i, hamda miokard revaskulyarizatsiyasidan oldin va keyin to‘qima dopplerografiyasining tezlik parametrlarini aniqlash, bemorlarga optimal davolash usulini ta’minlaydi, bu bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, davolanishga rioya qilishni oshirish, davolash samaradorligini oshirish, qayta kasalxonaga yotqizishni kamaytirish, bemorlarning nogironlik foizini kamaytirish va sog‘liqni saqlash tizimidagi iqtisodiy xarajatlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirdi va bu esa har bir bemordan 4.753.000 so‘mdan byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan 28.11.2023 yildagi 181-IK sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: oldingi tushuvchi va o‘ng koronar arteriyani ET bilan, oraliq arteriyani IVCT, IVRT, ET va MPI vaqt ko‘rsatkichlari bilan, to‘mtoq chekka shohining IVCT bilan o‘zaro bog‘liqligi va ChQ  erta to‘lishi E' cho‘qqisi bilan kuchsizroq musbat bog‘liqlik aniqlandi, bu esa o‘z navbatida to‘qima doppleri yordamida aniqlangan vaqt intervallari natijalariga qarab, koronar arteriya shikastlanishi va darajasi aniqlash imkonini beradi. Natijada O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda  keyingi davolash usulini tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda koroan arteriyalar shikastanish turi va darajasini noinvaziv ul`tratovush yordamida to‘qima doppelr exokardiografiyasi yordamida baholash kasallikni erta aniqlashga va davolash chora-tadbirlarini boshlashga yordam beradi. Ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 22.11.2023 yildagi №68/2 va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali 22.11.2023 yildagi №46 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda to‘qima doppler ExoKG orqali aniqlangan vaqt intervallari va chap qorincha segmentar sistolik funksiyasini pasayishiga qarab, koronar arteriya shikastlanish o‘zanini erta bosqichlarda aniqlab, o‘z vaqtida samarali davo choralarini ko‘rishga olib keladi, bu esa o‘z navbatida bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga olib keladi, natijada terapiyaga rioya qilishning kuchayishi va asoratlar xavfini kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikni iqtisodiy samaradorligi quyidagicha ifodalanadi: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda  to‘qima doppler ExoKG tekshiruvini o‘tkazish samarali hisoblanadi. Tadqiqot natijalarini amalga oshirish O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda asoratlarni rivojlanishini oldini olishga imkon beradi, xususan, yuraq-qon tomir asoratlaridan o‘lim va kasallanish ko‘rsatkichini kamayishiga sabab bo‘ladi, davolash samaradorligini oshiradi, kasalxonada qolish muddatini 5 kunga qisqartiradi. Agar shifoxonada yotish bir kun uchun 247.000 so‘m deb hisoblansa, har bir bemor uchun dori-darmon narxi bir kun uchun o‘rtacha 85.000 so‘m, tekshiruvsiz har bir bemor uchun kuniga jami: 332.000 so‘m, har bir bemor uchun 1.660.000 so‘m tejalgan. Xulosa: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda to‘qima doppler ExoKG tekshiruvini o‘tkazish har bir bemor uchun 1.660.000 so‘mni tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan 28.11.2023 yildagi 181-IK sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda miokard infarkt lokalizatsiyasi va infarktga bog‘liq arteriyani aniqlash bilan birga, ChQ to‘qima dopplerografiyasining vaqt ko‘rsatkichlarining qiymatlari aniqlangan. Ilmiy innovatsiyalarning ahamiyati: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda miokard to‘qima doppler ExoKG tekshiruvini o‘tkazish bemorlarda miokard infarkti o‘choqi va koronar havza shikastlanishini erta tashxislash imkonini beradi. Ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 22.11.2023 yildagi №68/2 va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali 22.11.2023 yildagi №46 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda miokard to‘qima doppler ExoKG yordamida aniqlangan miokard infarkti va koronar havza shikastlanish o‘chog‘i bemorlarga o‘z vaqtida samarali davolanishga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida ushbu guruh bemorlarda yurak-qon tomir asoratlar, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichini kamayiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda miokard to‘qima doppler ExoKG yordamida aniqlangan miokard infarkti va koronar havza shikastlanish o‘chog‘i oddiy, noinvaziv, arzon usul ekanligi orqali oqlanadi. Tadqiqot natijalarini amalga oshirish kasallikni erta tashxislash imkonini beradi, bu esa davolash samaradorligini oshiradi, kasalxonaga yotqizish xavfini kamaytiradi. Agar shifoxonada bir kun yotish 247 000 so‘m, 10 kun uchun 2.470.000 so‘m, O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlar uchun dori-darmon narxi bir kun uchun o‘rtacha 85.000 so‘m, 10 kun uchun 850.000 so‘m, kasalxonaga yotqizish vaqtida O‘KS ST elevatsiyasiz bitta bemorni tekshirish narxi 1 433 000 so‘m deb hisoblasak, har bir bemor uchun 4.753.000 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: O‘KS ST elevatsiyasiz bemorlarda miokard to‘qima doppler ExoKG yordamida aniqlangan miokard infarkti va koronar havza shikastlanish o‘chog‘i har bir bemorga 4.753.000 so‘mni tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tomonidan 28.11.2023 yildagi 181-IK sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish