Hakimova Mohinur Azamat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ipak iplarini qayta o‘rash jarayonini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3720
Ilmiy rahbar: Baymuratov Baxodir Xoldarovich , texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy ipak iplarini qayta o‘rash jarayonini takomillashtirish orqali qayta o‘rash dastgohi samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olib borilgan nazariy tadqiqotlar asosida iplarni kalavadan g‘altakka o‘rash jarayoning ratsional parametrlar aniqlanib, tabiiy ipak iplarini qayta o‘rash texnologiyasi ip tarangligini nazorat qilish orqali takomillashtirilgan;
qayta o‘rash jarayonida tabiiy ipak iplarini charxdan g‘altakka o‘ralishini nazariy tadqiqotlari asosida, ipning kalavada chuvatilish tezligi va ip tarangligining matematik bog‘lanishi asoslanib, ishlab chiqilgan;
qayta o‘rash jarayonida charxdan chiqayotgan ipning harakatini o‘rganish asosida, ipak ipining tarangligini bir me’yorda bo‘lishini ta’minlovchi taranglikning o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
tabiiy ipak iplarini charxdan g‘altakka qayta o‘ralishda tarangligining muqobil qiymatlari aniqlanib, ular asosida qayta o‘rash dastgohlari ip taranglovchi asboblarining ratsional parametrlari nazariy asoslangan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tabiiy ipak iplarini qayta o‘rash jarayonini takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan va olingan ratsional parametrlar asosida erishilgan natijalar bo‘yicha:
Xom ipakni g‘altakka sifatli o‘ralishi, g‘altakka o‘ralayotgan ipak iplarini tarangligini me’yorlashtirish maqsadida tabiiy ipak iplarini qayta o‘rashning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan va Xorazm viloyati Xiva tumanidagi “Khiva Silk Fabric” MChJ da joriy etilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” qo‘mitasining ma’lumotnomasi №1-2/01 05.01.2024-y.). Natijada 100 kg ip qayta o‘ralganda samaradorlik 7,9 % ga oshishiga erishilgan;
G‘altakka o‘ralayotgan ipak iplarini zichligini yaxshilash maqsadida tabiiy ipak iplarini qayta o‘rash jarayonini ratsional ko‘rsatkichlari asosida qayta o‘rash mashinalarining iptaranglovchi asboblarini yangi parametrlari ishlab chiqilib, Farg‘ona viloyatidagi “Vodiy Majoni” MChJ da joriy etilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” qo‘mitasining ma’lumotnomasi №1-2/01 05.01.2024-y.). Natijada qayta o‘rash dastgohining unumdorligi 16 % ga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish