Kulmatov Xayrullo Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh fotoelektrik tizimlari ishonchliligini baholash uslublari va ularning chiqish parametrlarini diagnostikalash”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha.  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T2897.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Muxsin Mo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona Politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Avezova Nilufar Rabbanakulovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim;
Mamasodiqov Yusufjon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Internet buyumlari va bulutli texnologiyalar asosida fotoelektrik tizimlarning asosiy chiqish parametrlarini ishonchli baholash uchun takomillashtirilgan diagnostika usulini ishlab chiqish va dasturiy-apparat kompleksi asosidagi monitoring tizimini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh fotoelektrik tizimlarining asosiy chiqish parametrlarini baholash va diagnostika qilish uchun, intellektual datchiklarni qo‘llash orqali, mazkur tizimlarning ishonchliligini 9 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil qilish hamda tizimda yuz berishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish imkonini beruvchi yangi yondashuvlar va usullar taklif etilgan;
ko‘p omilli regression tahlil usulidan foydalangan holda, fotoelektrik tizimlarning 9 ta asosiy parametrlarini real vaqt rejimida yuqori aniqlikda monitoring qilish, jarayonlarni optimallashtirish va tizimdagi mumkin bo‘lgan nosozliklarni oldini olish imkonini beruvchi, mazkur tizimlarning asosiy parametrlarini hisobga olish va diagnostika qilish bo‘yicha matematik model takomillashtirilgan;
internet buyumlari va bulutli texnologiyalarni qo‘llash orqali, fotoelektrik tizimlarning chiqish ko‘rsatkichlarini avtomatik rejimda yuqori aniqlikda o‘lchash, shuningdek, mazkur tizimlarning turli elektr va energetik ko‘rsatkichlarini ro‘yxatga olish va ularni grafik hamda raqamli rejimda aks ettirish imkonini beruvchi monitoring tizimi yaratilgan va takomillashtirilgan;
internet buyumlari va bulutli texnologiyalar asosida fotoelektrik tizimlarning asosiy parametrlarini virtualizatsiya qilish imkonini beruvchi axborot-o‘lchov apparat-dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan va taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi.
Internet buyumlari va bulutli texnologiyalar asosida fotoelektrik tizimlarning asosiy chiqish parametrlarini aniqlash uchun diagnostika usullarini ishlab chiqish va ularning monitoring tizimini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘p omilli regression tahlil usulidan foydalangan holda fotoelektrik tizimlarning 9 ta asosiy parametrlarini real vaqt rejimida yuqori aniqlikda monitoring va diagnostika qilish usuli “OLTIARIQ SVETOFORLARI” MChJ da  №4-I-2022 “220 V kuchlanishda 24/7 rejimida ishlaydigan fotoelektrik tizimlarga asoslangan svetoforlar uchun qurilmalar ishlab chiqarish” loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 9 noyabrdagi №04/04-3223-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, masofadan uzlyuksiz monitoring qilish orqali yillik elektr energiyasi iste’molini 2146 kVt·soatga qisqartirish imkonini bergan.  
internet buyumlari va bulutli texnologiyalar asosida quyosh fotoelektrik tizimlarining asosiy chiqish parametrlarini baholash va diagnostika qilish  apparat-dasturiy majmuasi “OLTIARIQ SVETOFORLARI” MChJ da  №4-I-2022 “220 V kuchlanishda 24/7 rejimida ishlaydigan fotoelektrik tizimlarga asoslangan svetoforlar uchun qurilmalar ishlab chiqarish” loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 9 noyabrdagi №04/04-3223-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turli quvvatdagi stansiyalarning umumiy energiya samaradorligini 5-8% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish