Abbazov Ilxom Zapirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani qayta ishlashda chiqayotgan havo tarkibidagi tolani tozalash texnologiyasini yaratish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.2.DSc/T445
Ilmiy maslahatcha: Xodjiev Muksin Tadjievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmonov Xayrulla Saydullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Sarimsakov Olimjon Sharifjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta va tolani qayta ishlash tizimida samaradorlikni oshirish hamda tolalarni shikastlanishi natijasida kalta tolalar hosil bo‘lishini oldini olgan holda chiqindiga chiqib ketayotgan havo tarkibidagi tolalarni tozalash texnologiyasini yaratishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda iflosliklardan tozalash oqimida paxta tarkibida kalta tolalarni hosil bo‘lishi va tozalash samaradorligini oshirish uchun qoziqchalarni aylanish tomoniga qiya joylashtirgan holda ishqalanishga ta’sir qiluvchi kuchlarni qiya qoziqcha yo‘nalishida,   o‘qiga proeksiyasi olinib havo tarkibidagi tolani kamayishi aniqlangan;
tolani tozalash jarayonida samaradorlikni oshirish va pnevmotransportdagi havo tarkibidagi tolani tozalashni yaxshilashga erishishda tola tozalagichga yo‘naltirgich moslamani joylashtirgan holda takomillashtirilgan;
nazariy izlanishlar natijasida tola tozalagichning ikkinchi arrali silindrini birinchi arrali silindriga nisbatan 2 mm dan 4 mm gacha siljitish maqsadli ekanligi aniqlanib, keyingi bosqichlarda esa 2 mm dan 3 mm gacha hamda 3 mm dan 4 mm gacha siljitish havo tarkibidagi tolalarni kamayishiga olib kelishi regression tenglamalar asosida aniqlangan;
chiqindiga chiqib ketayotgan chang fraksiyalarini va uning xususiyatlarini tadqiq qilgan holda, chang ushlagichlarda zarrachaning harakat traektoriyasi va uning silindr sirtiga etish vaqtini t=t0 bilan belgilab, t>t0 chang zarrachasining devor bo‘ylab xarakati uchun r o‘qini hisobga olmay differensial tenglamasi hosil qilingan;
tolali chiqindilarni ushlab qolishda kengayuvchi va torayuvchi quvurlarning aerodinamik qarshiligini oldini olishda havo va tolali chiqindilarni zichligi, kanallar kengligi va har bir maydonning boshlang‘ich tezligi ma’lum bo‘lsa, har bir kengayuvchi quvur uchun mahalliy qarshilik aniqlangan;
paxtani tozalash jarayonida chang havo tarkibidagi chiqindiga chiqib ketayotgan tolali chiqindilarning foiz ko‘rsatkichining har hil qiymatlari qoziqlarning qiyaligi bilan tolani tozalash jarayonida yo‘naltiruvchi moslama yordamida tola oqimi qalinligi, miqdoriga bog‘liqligining regression tenglamasi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta tozalash korxonalara chiqindiga chiqayotgan tolali chiqindilarni, paxta hamda tolani tozalashning takomillashtirilgan usuli va texnologiyasini ishlab chiqish asosida:
paxtani tozalash jarayonini takomillashtirilgan texnologiyasiga «Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi korxonada, jumladan Jizzax viloyatidagi «Pahtakor Tex» MChJ QK ga qarashli “Zarbdor paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan («Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari» uyushmasining 2023 yil 14 avgustdagi 03/22-557-son ma’lumotnomasi) hamda Intellektual mulk agentligining foydali model patenti olingan (“Paxta tozalash agregatining tozalash bo‘limi”, №FAP 02164-2022 y.). Natijada 1-XK agregatining umumiy tozalash samaradorligi amalda 87,6% ni tashkil etgan bo‘lsa, takomillashtirilgan seksiyasida tozalanishi natijasida ushbu ko‘rsatkich 93,6% ni tashkil oshganligi aniqlangan;
tolani tozalash jarayonida chiqindiga chiqib ketishini oldini oladigan, takomillashtirilgan tola tozalash qurilmasiga «Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi korxonada, jumladan Jizzax viloyatidagi «Pahtakor Tex» MChJ QK ga qarashli “Zarbdor paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan («Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari» uyushmasining 2023 yil 14 avgustdagi 03/22-557-son ma’lumotnomasi) hamda Intellektual mulk agentligining foydali model patenti olingan (“Tola tozalagich”, №FAP 02033-2022 y.). Natijada seleksion navlar bo‘yicha tozalash samaradorligi o‘rtacha 35,6% va 36,2% ni tashkil etgan. Ishlab chiqarilayotgan tolaning sifati yaxshilanib, toladagi nuqson va iflos aralashmalari navlar bo‘yicha o‘rtacha 2,1% va 2,061% ga kamaygan;
chang havo tarkibidan tolali chiqindilarni tozalash qurilmasiga Intellektual mulk agentligining foydali model patenti olingan (“Tolali chiqindilarni ajratish uskunasi”, №FAP 01615-2021 y.). Natijada changli havo tarkibidan tolali chiqindilarni tozalab olishga erishilib havo tarkibidan tolali chiqindilarni 85-90% gacha ushlab qolish va texnologik jarayonga qaytarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish