Abilfayziev Shokir Narmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kristalli kremniy asosidagi fotoissiqlik batareyalarida quyosh nurlanishining energiya yo‘qotish xususiyatlarini tadqiq qilish”, 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2679.
Ilmiy rahbar: Abdiev Umirbek Begmatovich, texnika fanlari nomzodi. dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Payzullaxanov Muxammade-Sultanxan Saydivalixanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ibragimov Umidjon Hikmatullaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kristalli kremniy asosidagi har xil turdagi fotoelektrik batareyalarning ish samaradorligini aniqlash va ular asosidagi fotoissiqlik batareyalarida energiya yo‘qotishlarni tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba har xil turdagi bir xil quvvatli kristall kremniy asosidagi fotoelektrik batareyalarni bir xil iqlim sharoitlarda sinovdan o‘tkazish orqali barqaror turini tanlab olish va fotoelektrik batareyalarni energiya yo‘qotishlarini aniqlash imkonini beradigan mobil qurilma ishlab chiqilgan (FAP 2472);
fotoelektrik batareyalardan avtonom foydalanishda harorat ta’sirini kamaytirish maqsadida ularga biriktirilgan issiqlik kollektorida harakatlanuvchi issiqlik tashuvchining issiqlik uzatish va gidrodinamik tenglamalari asosida fotoissiqlik batareya haroratini, massaviy suv sarfiga bog‘liqligini aniqlash imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan;
ilk marotaba issiq iqlim sharoitida fotoelektrik batareyalarni sovutish orqali tabiiy sharoitdagi quvvatini tiklash orqali elektr samaradorligini oshirish hamda elektr energiya yo‘qotishlarini kamaytirish imkonini beradigan polikarbonat issiqlik kollektori yordamida sovutiladigan fotoelektrik batareya qurilmasi ishlab chiqilgan ( SAP 02499);
respublikaning janubiy hududida himoya oynasining shakli teksturali va yassi fotoelektrik batareyalarning chang bilan ifloslanish darajasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu usul asosida himoya oynasining shakli teksturali monokristall fotoelektrik batareyaning chang bilan ifloslanish darajasi, yassi oynaliga nisbatan bahorda 5% ga, yozda 12% ga hamda kuzda 20% ko‘p ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi.
Kristalli kremniy asosidagi turli tipdagi fotoelektrik va ular asosidagi fotoissiqlik batareyalarini respublikamiz iqlim sharoitida samaradorligini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
polikarbonat issiqlik kollektori yordamida sovutiladigan fotoelektrik batareya qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazidan sanoat namunasiga patent olingan (№ SAP 02499; 2024-yil). Natijada, markazlashgan elektr energiya ta’minotidan olisdagi issiq iqlimli hududlarda joylashgan aholi uchun elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi qurilma bilan ta’minlangan;
fotoelektrik batareyalarning energiya yo‘qotishlarini aniqlovchi ko‘chma qurilma (№ FAP 2472; 2024-yil) irrigatsiya tizimining “Amu-Surxon” havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalar va energetika boshqarmasiga joriy etildi. (O‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 4-apreldagi № 03/17-1199 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quvvati 1,4 kW bo‘lgan ko‘chma fotoelektrik qurilmaga o‘rnatilgan orqa himoya plyonkasi oq rangli monokristall FEB hosil qilgan yillik quvvati, himoya plyonkasi qora rangli FEB ga nisbatan 378 kW·h ga, polikristall FEB ga nisbatan 152 kW·h ga ko‘proq elektr energiyasi olishga erishilgan;
kristalli kremniy asosidagi fotoissiqlik batareyalarida quyosh nurlanishining energiya yo‘qotishlarini o‘rganishga doir qurilma natijalari “SOLAR NATURE” MChJ ga joriy etildi (“Uzeltexsanoat” uyushmasining 2024 yil 4-yanvardagi № 04-3/3 sonli ma’lumotnomasi). Olib borilgan tadqiqotlar natijasida nominal quvvati 50W dan bo‘lgan 4 turdagi fotoelektrik va 4 turdagi fotoissiqlik batareyalaridan umumiy quvvati 400 W li sistema tayyorlangan hamda qurilmadan 42 gradusli issiq suv olishga erishilgan.