Ro‘ziqulov G‘ulom Yusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh va issiqlik nasosli qurilmalar asosida energiya tejamkor sovitish-quritish kamerasini ishlab chiqish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2302
Ilmiy rahbar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Shavkat Mustakimovich, texnika fanlari doktori professor; Teymurxanov Anvar Teymurxanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritish, sovitish va saqlash uchun quyosh havo kollektorli va issiqlik nasosli kombinatsiyalashgan energiya samarador sovitish-quritish kamerasini modellashtirish va ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh havo kollektori va issiqlik nasosini kombinatsiyalashtirish asosida quyosh nurlanish energiyasi, quyosh havo kollektori va issiqlik nasosi kondensatorining issiqlik tashlamalaridan bir vaqtda foydalanish imkonini beradigan takomillashtirilgan sovitish-quritish kamerasining texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
ilk marotaba qishloq xo’jalik mahsulotlarini bir vaqtda quritish, sovitish va saqlash imkonini beradigan, quritish jarayonlari to‘liq quyosh energiyasi va issiqlik nasosi kondensatori issiqlik tashlamalari yordamida amalga oshiriladigan, quyosh havo kollektorli va issiqlik nasosli mahsulotlarni saqlash va quritish uchun kombinatsiyalashgan qurilma ishlab chiqilgan (FAP 02236);
tashqi havo, quyosh radiatsiyasi va quritish kamerasi devori konstruksiyasining issiqlik-texnik parametrlarini hisobga olgan holda quyosh havo kollektorli va issiqlik nasosli kombinatsiyalashgan sovitish-quritish kamerasining tashqi va ichki devori, shaffof qoplamasi, ichki havo va mahsulot haroratlarining o‘zgarishini aniqlash imkonini beradigan issiqlik balansi tenglamalari asosidagi matematik model ishlab chiqilgan;
qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritish va saqlashda talab etiladigan harorat-namlik rejimlarini ta’minlash uchun quyosh nurlanish energiyasi, quyosh havo kollektori va issiqlik nasoslarini kombinatsiyalashtirish asosida energiya tejamkor quritish va saqlashning ratsional rejimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritish, sovitish va saqlash uchun quyosh havo kollektorli va issiqlik nasosli kombinatsiyalashgan sovitish-quritish kamerasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va quritishga mo‘ljallangan kombinatsiyalashgan qurilma uchun O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olingan (№FAP 02236; 27.02.2023). Natijada quritish jarayonlari to‘liq quyosh energiyasi va issiqlik nasosi kondensatori issiqlik tashlamalari yordamida amalga oshiriladigan, quyosh havo kollektorli va issiqlik nasosli mahsulotlarni saqlash va quritishga mo’ljallangan kombinatsiyalashgan qurilma ishlab chiqilgan;
markazlashgan energiya ta’minotidan uzoqda joylashgan dehqon va fermer xo’jaliklarida qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritish, sovitish va saqlash uchun ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan sovitish-quritish kamerasi va uning texnologik sxemalari Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi “Rajabov Abduvali” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 3-fevraldagi №06/27-05/657-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hajmi 500 m3 bo‘lgan quritish kamerasida bir mavsumda 2,162,19 mln. kVtsoat elektr energiyasini tejash imkoniyati yaratilgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sovitish va saqlashda kombinatsiyalashgan sovitish kamerasi Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi “Shaxnur freezer industry” MChJda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 3- fevraldagi №06/27-05/657-son ma’lumotnomasi). Natijada, sovitish kamerasida 200 tonna mahsulotni 1 mavsum (6 oy) davomida saqlashda 420000421000 kVtsoat elektr energiyasi tejalishiga erishilgan;
kombinatsiyalashgan rejimda ishlovchi quyosh havo kollektorli va issiqlik nasosli sovitish-quritish kamerasi Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi “Shonazarov To‘ra Shonazarovich” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 3-fevraldagi №06/27-05/657-son ma’lumotnomasi). Natijada, quritish kamerasining harorat rejimi (50...60℃) quyosh energiyasi va issiqlik nasosining ikkilamchi energiyasi issiqligidan qoplanishi hisobiga quritish kamerasida 100% an’anaviy energiya tejalishiga erishilgan.