Qo‘ziev Zafarbek Esanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nasos agregatlari uchun suv oqimlariga moslashtirilgan vertikal o‘qli mikro gidroelektr stansiyasini ishlab chiqish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T1950
Ilmiy rahbar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Urishev Bobaraim, texnika fanlari doktori, professor; Qodirov Dilshod Botirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi past naporli suv oqimlariga moslashtirilgan vertikal o‘qli mikro gidroelektr stansiyasi konstruksiyasining energetik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba past naporli suv oqimlarini qurilma parraklariga bir tekis uzatish imkonini beradigan yo‘naltiruvchi apparat, ko‘p qutbli takomillashtirilgan magnitoelektrik generator bilan jihozlangan va gidravlik qarshilik kuchlarini kamaytirishda parraklari optimal burchak ostida o‘rnatilgan vertikal o‘qli mikro gidroelektr stansiyasi ishlab chiqilgan (№ IAP 07462);
gidroturbinada o‘rnatilgan suv oqimi aylanma harakatlanuvchi maxsus havza ichida joylashtirilgan kurakchalarning balandligi, o‘rnatilish burchagi, yo‘naltiruvchi apparatning ichki radiusiga bog‘liq suv oqimini yo‘naltiruvchi kurakchalardan oqib o‘tuvchi suv sarfining maksimal qiymatining o‘zgarish chegaralarini aniqlaydigan matematik model ishlab chiqilgan;
suv oqimi sarfi va napori o‘zgarishini hisobga olgan holda, gidroenergetik qurilma parraklarining optimal o‘rnatilish burchagi, suv g‘ildiragining optimal aylanish tezligi va maksimal foydali ish koeffisientini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
past naporli suv oqimlariga moslashtirilgan vertikal o‘qli gidroenergetik qurilmasida o‘tkazilgan tajriba tadqiqotlari umumlashtirilib, gidroturbina mexanik quvvatining qurilma konstruktiv o‘lchamlari, suv oqimi sarfi va gidroturbina aylanish tezligi o‘zgarishiga bog‘liqligini ifodalovchi regressiya tenglamasi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suv sarfi va napori o‘zgaruvchan suv oqimlariga moslashtirilgan vertikal o‘qli mikro gidroelektr stansiyasini ishlab chiqish, parametrlarini asoslash hamda joriy etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Vertikal o‘qli gidroenergetik qurilma uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan ixtiroga patent olingan (№ IAP 07462). Natijada, qurilmaning past naporli suv oqimlarda ishlash samaradorligi (FIK) ni 3...5 % gacha oshirish imkoniyati yaratilgan;
past naporli suv oqimlarini qurilma parraklariga bir tekis uzatish imkonini beradigan yo‘naltiruvchi apparat, ko‘p qutbli takomillashtirilgan magnitoelektrik generator bilan jihozlangan va gidravlik qarshilik kuchlarini kamaytirishda parraklari optimal burchak ostida o‘rnatilgan vertikal o‘qli mikro gidroelektr stansiyasi ishlab chiqilgan (“Energetika Vazirligi”ning 2023 yil 6 noyabrdagi 04-13/6781-son maʼlumotnomasi). Natijada, past naporli suv oqimlarida energiya ishlab chiqarish hajmi 25…30 % gacha oshirish imkoni yaratilib, elektr energiyasi isteʼmoli ishonchliligi va uzlyuksizligi taʼminlanishiga erishilgan;
yaratilgan vertikal o‘qli mikro gidroelektr stansiyasini Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi “Buxoro Chorvo Omad” MChJga qarashli fermer xo‘jaligida joriy etilgan (“Energetika Vazirligi”ning 2023 yil 6 noyabrdagi 04-13/6781-son maʼlumotnomasi). Natijada, 3 kW quvvatli vertikal o‘qli mikro gidroelektr stansiyasi yordamida yiliga 19 500 kW·h elektr energiyasi ishlab chiqarildi, bir yilda o‘rtacha 14,53 t.sh.y. tejalishi (3 kW quvvatli benzin generatoriga nisbatan) va 28,5 tonnadan ortiq karbonat angidrid (CO2) gazi atmosferaga chiqarib yuborilishining oldini olishga erishilgan, elektr ta’minotiga nisbatan (“Sof diskontlangan foyda” usulidan foydalanib hisoblashlar amalga oshirilgan, elektr energiyasi narxi 900 so‘m/kW·h qabul qilingan) 68,96 mln. so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish