Raximova Moxigul Isroiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini xalqaro sifat standartlari asosida oshirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3637.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Shuxrat Ziyavitdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Adashov Azimjon O‘rinboevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini xalqaro sifat standartlari asosida oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sifat standarti” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mahsulot, xizmatlar yoki jarayonlarning muayyan sifat ko‘rsatkichlariga javob berishini ta’minlash uchun belgilangan mezonlar yoki talablar to‘plamidan iborat bo‘lgan me’yoriy hujjatlar majmuini tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatidan foydalanish darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish, moliya, bozor, kadrlar salohiyati va xalqaro standartlarni joriy etishda tegishli jarayonlarni kompleks baholashning “yuqori” (86 ≤ Eyu ≤ 100), “barqaror” (71 ≤ Eb ≤ 85), “o‘rta” (61 ≤ Eo‘ ≤ 70), “past” (55 ≤ Ep ≤ 60), “qoniqarsiz” (0 ≤ Eq ≤ 54) miqdoriy chegaralarida eksportning maqbul hajmlarini ta’minlash asoslangan;
Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlarning so‘roviga asosan xorijiy davlatlarda mahsulotlarga qo‘yilgan majburiy va qo‘shimcha talablar bo‘yicha ma’lumot taqdim etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bo‘linma tashkil etish asosida eksportchi korxonalarga xalqaro sifat tizimlarini joriy etishni kengaytirish taklifi ishlab chiqilgan;
Namangan viloyatidagi to‘qimachilik tarmog‘idagi tadbirkorlik sub’ektlarining istiqboldagi eksportiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro sifat standartlari asosida tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sifat standarti” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mahsulot, xizmatlar yoki jarayonlarning muayyan sifat ko‘rsatkichlariga javob berishini ta’minlash uchun belgilangan mezonlar yoki talablar to‘plamidan iborat bo‘lgan me’yoriy hujjatlar majmuini tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sifatni boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda “sifat” va “sifat standarti” tushunchlarining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha kengroq bilim va ko‘nikmalar shakllantirish imkonini yaratilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatidan foydalanish darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish, moliya, bozor, kadrlar salohiyati va xalqaro standartlarni joriy etishda tegishli jarayonlarni kompleks baholashning “yuqori” (86 ≤ Eyu ≤ 100), “barqaror” (71 ≤ Eb ≤ 85), “o‘rta” (61 ≤ Eo‘ ≤ 70), “past” (55 ≤ Ep ≤ 60), “qoniqarsiz” (0 ≤ Eq ≤ 54) miqdoriy chegaralarida eksportning maqbul hajmlarini ta’minlash taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 25 iyundagi 9/02-26-10596-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida tadbikorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan mezonlar va bu asosida taklif etilayotgan strategiyalar “Namangan viloyatida tadbirkorlik sub’ektlarini eksport salohiyatini oshirishning xududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilib, ushbu mezonlar asosida tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyati baholash hamda manzilli ishlash imkonini bergan;
Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlarning so‘roviga asosan xorijiy davlatlarda mahsulotlarga qo‘yilgan majburiy va qo‘shimcha talablar bo‘yicha ma’lumot taqdim etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bo‘linma tashkil etish asosida eksportchi korxonalarga xalqaro sifat tizimlarini joriy etishni kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 fevraldagi PQ-91-son qaroriga 1-ilova “Texnik jihatdan tartibga solish sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ga kiritilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 25 iyundagi 9/02-26-10596-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlar uchun xorijiy davlatlarda mahsulotlarga qo‘yilgan majburiy va qo‘shimcha talablar bo‘yicha ma’lumot olishning qulayligi ta’minlanib, eksportchi korxonalarga xalqaro sifat tizimlarini joriy etishni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyatidagi to‘qimachilik tarmog‘idagi tadbirkorlik sub’ektlarining istiqboldagi eksportiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 25 iyundagi 9/02-26-10596-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi to‘qimachilik tarmog‘idagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar o‘rniga tayyor to‘qimachilik mahsulotlari eksportini oshirish va tadbirkorlik sub’ektlari uchun 6-8 barobar qo‘shilgan qiymat hosil qilish imkoni aniqlangan.