Narzullaev Elmurod Shuxrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Atrof-muhitni muhofaza qilishga ixtisoslashgan ijtimoiy tadbirkorlik subektlarini boshqarish va rivojlantirish strategiyasi”, 08.00.13 – “Menejment” hamda 08.00.15–“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt2049.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Rashidov Rahmatullo A’lojonovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Mirdjalilova Dildora Shuxratovna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishga yo’naltirilgan ijtimoiy tadbirkorlik sohasini samarali boshqarish va rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda rivojlantirish istiqbollariga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ijtimoiy tadbirkorlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni asosiy faoliyati jamiyatdagi ijtimoiy hamda ekologik sohalardagi dolzarb muammolarni zamonaviy innovatsion texnologiyalar, yondashuvlar va strategiyalarni qo‘llash orqali hal qilishga yo‘naltirilgan yangi tavsifdagi tadbirkorlik faoliyati jihatidan takomillashtirilgan;
Namangan viloyati tumanlarida atrof-muhitni muhofaza qilishga ixtisoslashgan ijtimoiy tadbirkorlik subektlari faoliyati rivojlanganligining “past daraja” (0,1≤IT≤0,3), “o‘rta daraja” (0,31≤IT≤0,5), “yuqori daraja” (0,51≤IT≤1,0)larini ifodalovchi miqdoriy chegaralariga muvofiq keluvchi iqtisodiy samaradorlikning maqbul me’yorlari asoslangan;
Namangan viloyatida hudud ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishning institutsional-huquqiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-iqtisodiy, moliyaviy-iqtisodiy bloklardan tashkil topgan mexanizmi tadbirkorlik faoliyati hamda atrof-muhitni muhofazasini uyg‘un holda tashkil etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy tadbirkorlikni tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishning regressiya parametrlari natijasida ishlab chiqilgan ekonometrik va iqtisodiy-matematik modellar asosida iqtisodiy o‘sish omillar ta’sirini istiqboldagi hajmining 2028 yilga qadar ko‘p omilli prognozi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ijtimoiy tadbirkorlik rivojlanishini boshqarishni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ijtimoiy tadbirkorlik” tushunchasining iqtisodiy mazmunini asosiy faoliyati jamiyatdagi ijtimoiy hamda ekologik sohalardagi dolzarb muammolarni zamonaviy innovatsion texnologiyalar, yondashuvlar va strategiyalarni qo‘llash orqali hal qilishga yo‘naltirilgan yangi tavsifdagi tadbirkorlik faoliyati jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Ekologiya” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda yangi tavsifdagi tadbirkorlik faoliyati jihatidan takomillashtirilgan ijtimoiy tadbirkorlik tushunchasi yuzasidan kengaytirilgan nazariy bilimlar hosil qilish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyati tumanlarida atrof-muhitni muhofaza qilishga ixtisoslashgan ijtimoiy tadbirkorlik subektlari faoliyati rivojlanganligining “past daraja” (0,1≤IT≤0,3), “o‘rta daraja” (0,31≤IT≤0,5), “yuqori daraja” (0,51≤IT≤1,0)larini ifodalovchi miqdoriy chegaralariga muvofiq keluvchi iqtisodiy samaradorlikning maqbul me’yorlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2023 yil 11 iyuldagi “2022-2026 yillarda hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi CCP-N-01-901 ichki buyrug‘i asosida atrof-muhitni muhofaza qilishga asoslangan ijtimoiy tadbirkorlikni boshqarish va rivojlantirish asosiy subektlarining natijaviyligini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 5-iyuldagi 9/04-25-11260-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ijtimoiy tadbirkorlikning boshqaruv modelini ishlab chiqishda hamda ijtimoiy tadbirkorlarni boshqaruv samaradorligini 8%ga oshirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyatida hudud ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishning institutsional-huquqiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-iqtisodiy, moliyaviy-iqtisodiy bloklardan tashkil topgan mexanizmi tadbirkorlik faoliyati hamda atrof-muhitni muhofazasini uyg‘un holda tashkil etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy tadbirkorlikni tatbiq etish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2023 yil 11 iyuldagi “2022-2026 yillarda hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi CCP-N-01-901 ichki buyrug‘i asosida hudud ijtimoiy infratuzilmasi boshqaruvi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 5-iyuldagi 9/04-25-11260-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizdagi ijtimoiy tadbirkorlik subektilari faoliyatini va ijtimoiy-ekologik muammolarni o‘zaro muvofiq holda boshqarish va rivojlantirishda mavjud qo‘shimcha imkoniyatlar hamda o‘sish nuqtalarini aniqlashga erishilgan va hududlar ijtimoiy tadbirkorlik sohasining iqtisodiy samaradorligini 12,0 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishning regressiya parametrlari natijasida ishlab chiqilgan ekonometrik va iqtisodiy-matematik modellar asosida iqtisodiy o‘sish omillar ta’sirini istiqboldagi hajmining 2028 yilga qadar aniqlangan ko‘p omilli prognozi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2023 yil 11 iyuldagi “2022-2026 yillarda hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi CCP-N-01-901 ichki buyrug‘i asosida atrof-muhitni muhofaza qilishga asoslangan ijtimoiy tadbirkorlikni boshqarish va rivojlantirish asosiy subektlarining natijaviyligini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 5-iyuldagi 9/04-25-11260-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlanishini boshqarish samaradorligini 10,0 foizga oshirish imkoni yaratilgan.