Egamberdieva Xurshidaxon Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transportida ekspluatatsion faoliyat samaradorligini oshirish (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida)”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt815.
Ilmiy rahbar: Gulamov Abdulaziz Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, proffesor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat itransport universiteti huzuridagi DSc 15/31.12.2020.I.09.04.raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gaibnazarova Zumrat Talatovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salimov Baxtiyor Tadjievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l infratuzilmasining yuk ko‘tara olish zahiralaridan foydalangan holda temir yo‘l transporti ekspluatatsion faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transportida yangi texnik echimga ega vagonlarni ekspluatatsiya qilish samaradorligini hisoblash usuli takomillashtirildi;
vagonning g‘íldirak o‘qidan relslarga tushadigan yuklamani oshirish natijasida yo‘lovchi tashishdan foydalanadigan aholining transportga sarflaydigan vaqtini tejash orqali transportdan tashqari samarani hisoblash usuli ishlab chiqldi;
temir yo‘l transportida yangi texnik echimga ega vagonlarni ekspluatatsiya qilishning ishchi parki vagonining unumdorligiga ta’sir qilish mexanizmi ishlab chiqildi;
temir yo‘l transportida yangi texnik echimga ega vagonlarni qo‘llash natijasida ishchi parki vagonlarining 2030 yilgacha ko‘p omillik prognoz qiymatlari ishlab chiqildi va vagon birligi xisobiga iqtisod qilinadigan qiymati aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l infratuzilmasining yuk ko‘tara olish zahiralaridan foydalangan holda temir yo‘l transporti ekspluatatsion faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy natijalar:
1. Dissertatsiya ishi doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda yangi texnik echimga ega vagonlarni ekspluatatsiya faoliyatiga joriy etish tadbirining iqtisodiy samaradorligini aniqlashga qaratilgan blok sxema ishlab chiqildi. Ushbu ilmiy yangilik yuzasidan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil “5” martdagi 1 - sonli ““Yagona oyna” tamoyili bo‘yicha yuk tashish sohasida xizmatlar ko‘rsatish uchun mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar tizimini yaratish va amalga oshirish” Nizomining 3.1.1.-bandida foydalanilgan. Ushbu taklifning tadbiq etilishi ishlab chiqilgan ergonomik algoritm asosida kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda temir yo‘l transportida vagonlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish bo‘yicha investision loyihaning samaradorligini hisoblash imkonini berdi.
2. Dissertatsiya ishi doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda vagonlarni modernizatsiyalash loyihasi doirasida yuk aylanmasi va harakat intensivligining oshishi, transport vositalari harakati xarajatlarini kamaytirish, aholining transportga sarflyagan vaqtini qisqartirish hisobiga vagonning g‘íldirak o‘qidan relslarga tushadigan yuklamani 23,5 tk (tonna-kuch) dan 25 tk (tonna-kuch) ga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan transport samarasi qiymati aniqlandi. Ushbu taklifni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024-yil 6-maydagi № 01/1736-24-son maʼlumotnomasi bilan uning faoliyati amaliyotida tadbiq qilinishi natijasida aniqlangan transport samarasi mamlakat hamda temir yo‘l miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni to'g'ri tartibga solish imkonini berdi.
3. Dissertatsiya ishi doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda vagonning g‘ildirak o‘qlaridan relslarga tushadigan yuklamani 23,5 tk (tonna-kuch) dan 25 tk (tonna-kuch) ga oshirishning ishchi parki vagonining unumdorligiga ta’sir qilish metodologiyasi ishlab chiqildi. Ushbu taklifni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024-yil 6-maydagi № 01/1736-24-son maʼlumotnomasi asosida uning faoliyati amaliyotiga joriy qilinishi natijasida vagon unumdorligi 2030 yilga kelib oshishi, vagonning talab etiladigan parkiga ehtiyojning kamayishi hamda vagonlar defisiti yo‘qolishi ko‘rsatib berildi.
4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda temir yo‘l transporti ekspluatatsiya faoliyati samaradorligi mezonlarini tadqiq qilishda vagonning ishchi parkini aniqlashning korrelyasiya-regressiya tahlili asosida 2030 yilgacha trend prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan. Vagon o‘qidan relslarga tushadigan og‘írlikning 23,5 tk (tonna-kuch) dan 25 tk (tonna-kuch) ga o‘zgarishining vagon parkiga ta’sir etish koeffisienti ishlab chiqildi. Ushbu taklifni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024-yil 6-maydagi № 01/1736-24-son maʼlumotnomasi bilan amaliyotiga joriy qilinishi natijasida, 2030 yilga kelib vagon ishchi parkinining vagon birligi bo‘yicha qiymatini 25% gacha tejab qolinishi hisoblab chiqilgan.