Abdulxaeva Barnoxon Xabibulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminirlashgan exinokokkozini jarrohlik davolashining taktik-texnik jihatlarini optimallashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2890.
Ilmiy rahbar: Botirov Akram Kodiralievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nuritdinov Orif Tolipovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozida xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarni optimallashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qorin bo‘shlig‘i a’zolarining “disseminatsiyalangan exinokokkozi” jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasi takomillashtirilgan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozini xirurgik davolash yondashuvlarini tizimlashtirish imkonini beruvchi yangi tasnif ishlab chiqilgan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozining strukturasi, uchrash chastotasi va eng muhim sabablari aniqlangan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozida gepatoprotektorlarni qo‘llash fonida qoldiq bo‘shliqqa skolekslarga qarshi yangi kompleks ishlov berish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 29 apreldagi 06/18-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashi tomonidan 2023 yil 30 noyabrdagi 6i-27/x-son ma’lumotnomasi rasmiylashtirilgan):
birinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining “disseminatsiyalangan exinokokkozi” tushunchasiga aniqlik kiritilganligi Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 26 oktyabrdagi 48-sonli buyruq bilan, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 24 oktyabrdagi 296-sonli buyruq bilan va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 26 oktyabrdagi 83-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozini ta’rifiga aniqlik kiritish orqali qorin bo‘shlig‘i a’zolarida exinokokkoz kasalligining tarqalishining aniq ko‘rinishiga erishiladi, tashxis qo‘yish, surunkali progressiv va paragidatidoz asoratlarni o‘z vaqtida aniqlash soddalashtirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozida davolash natijalarini yaxshilash va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqartirish ushbu usulning samaradorligini baholashga imkon beradi. Davolashning yangi usullarini joriy etishda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartirishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash: E v = (90—30) x (26923,1+13333,4) x 40 - 0,15 x 171938400=24178100. Xulosa: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining “disseminatsiyalangan exinokokkozi” tushunchasiga aniqlik kiritish operatsiyadan oldingi tayyorgarlik, operatsion kirishni tanlash, qorin bo‘shlig‘i a’zolari disseminatsiyalashgan exinokokkozida jarrohlik taktikasini optimallashtirishga imkon beradi. Natijada 241 178 100 so‘m tejalishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozini xirurgik davolash yondashuvlarini tizimlashtirish imkonini beruvchi yangi tasnif taklif etilganligi Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 26 oktyabrdagi 48-sonli buyruq bilan, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 24 oktyabrdagi 296-sonli buyruq bilan va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 26 oktyabrdagi 83-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozini tasniflash orqali qorin bo‘shlig‘i a’zolarida exinokokkoz kasalligining tarqalishining aniq ko‘rinishiga erishiladi, tashxis qo‘yish va exinokokk kistalarini lokalizatsiyasiga qarab individual kirishni tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishlab chiqilgan qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozini xirurgik davolash yondashuvlarini tizimlashtirish imkonini beruvchi yangi tasnifdan foydalanish va exinokokk kistalarni "birlamchi" va "ikkilamchi" turlariga aniqlik kiritish orqali, shu bilan birgalikda exinokokk kistalarini lokalizatsiyasiga qarab individual kirishni tanlashdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri exinokokkektomiya bilan bog‘liq asoratlarni 34,1 dan 6,5% gacha kamaytirishga va asoratlarsiz bemorlar sonini 65,9% dan 93,5% gacha oshirish; yaxshi natijalarni 22,0 dan 79,4% gacha oshirish; qoniqarli natijalar sonini 29,3 dan 13,0% gacha va yomon natijalarni 26,8 dan 4,3% gacha kamaytirish imkonini berdi.
Yangi davolash usulini joriy etishda nogironlikni kamaytirishning iqtisodiy ta’sirini hisoblash:
[(9826931+4800000)*(1-0,2)*40%-10%*0,6] *40
E inv= ___________________________- 0,15*11626000 = 138874635
Xulosa: qorin bo‘shlig‘i a’zolari disseminatsiyalangan exinikokkozida ishlab chiqilgan tasnifdan foydalanish orqali jarrohlik taktikasini optimallashtirishga imkon beradi va kasallikning qaytalanishini 24,6% ga keskin kamaytirish orqali byudjet mablag‘laridan 138874635 so‘mni iqtisod qilishga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozining strukturasi, uchrash chastotasi va eng muhim sabablari aniqlanganligi Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 26 oktyabrdagi 48-sonli buyruq bilan, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 24 oktyabrdagi 296-sonli buyruq bilan va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 26 oktyabrdagi 83-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozining strukturasi, uchrash chastotasi va eng muhim sabablari aniqlash jarrohlik taktikasini optimallashtirish tashrihdan keyingi o‘ziga hos asoratlar chastotasini kamaytirishi va uzoq natijalarni yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘i a’zolari disseminatsiyalangan exinikokkozida optimallashtirilgan jarrohlik taktikasini tadbiq etish natijasida iqtisodiy samaradorlik:
1. Nogironlikni kamaytirishdan -
[(9826931+4800000)*(1-0,2)*40%-10%*0,6] *40
E inv= _________________________________- 0,15*11626000 = 138874635
2. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartirishdan -
E v = (90—30) x (26923,1+13333,4) x 40 - 0,15 x 171938400=24178100
Xulosa: klinik tasnifni hisobga olgan holda, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozining strukturasi, uchrash chastotasi va eng muhim sabablarini aniqlash, disseminatsiyalangan exinokokkoz uchun jarrohlik taktikasini optimallashtirishdan 40 bemor misolida mehnatga layoqatlilikni vaqtincha yo‘qotishdan 241178100 so‘mni tejashga, shuningdek nogironlikni kamaytirishdan 138874635 so‘mni tejashga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozida gepatoprotektorlarni qo‘llash fonida qoldiq bo‘shliqqa skolekslarga qarshi ishlab chiqilgan yangi kompleks ishlov berish usuli Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 26 oktyabrdagi 48-sonli buyruq bilan, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 24 oktyabrdagi 296-sonli buyruq bilan va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 26 oktyabrdagi 83-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining disseminatsiyalangan exinokokkozining strukturasi, uchrash chastotasi va eng muhim sabablari aniqlash jarrohlik taktikasini optimallashtirish tashrihdan keyingi o‘ziga hos asoratlar chastotasini kamaytirishi va uzoq natijalarni yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: skolekslarga qarshi ishlab chiqilgan yangi kompleks ishlov berish usulini tadbiq etish natijasida umumiy xarakterdagi asoratlar chastotasini 9,7dan 2,2% gacha, exinokokkektomiya bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar chastotasini 34,1 dan 6,5% gacha kamaytirish, hamda a’lo va yaxshi natijalar chastotasini 22,0 dan 79,4% gacha oshirish imkonini beradi. Xulosa: ishlab chiqilgan yangi kompleks ishlov berish usulini tadbiq etish natijasida 40 nafar bemor misolida mehnatga layoqatlilikni vaqtincha yo‘qotishdan 241178100 so‘mni tejashga, shuningdek nogironlikni kamaytirishdan 138874635 so‘mni tejashga imkon beradi.