Jobborov Baxrom Turg‘unovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent viloyatining janubiy-sharqiy hududi tuproqlarining ekologik holati va ularning rekul`tivatsiyasi», 11.00.05 - Atrof-muhitini muhofasa qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, 03.00.13 - Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/B156.
Ilmiy maslahatchi: Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/27.02.2020.B.01.15 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: To‘raboev Akmal Normo‘minovich, biologiya fanlari doktori, professor; Artiqova Hafiza To‘ymurodovna, biologiya fanlari doktori, professor; Turdaliev Avazbek Turdalievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoatlashgan hududlarda tarqalgan sug‘oriladigan to‘q tusli bo‘z, tipik bo‘z va bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi, atrof-muhitga ta’sirini ochib berish va mos rekul`tivatsiya texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuproqlarning kimyoviy ifloslanishida sanoat korxonalarining turi, iqlim komponetlarining va er usti suvlarining turlicha ta’sir etishi ochib berilgan;
tuproq va atrof-muhitni kimyoviy ifloslanishida muhofaza, ifloslanish va fon hududlari chegaralarini belgilash sanoat korxonalarining faoliyati hamda turiga bog‘liq ekanligi ilmiy asoslangan;
tadqiqot hududida tarqalgan sug‘oriladigan to‘q tusli bo‘z, tipik bo‘z va bo‘z-o‘tloqi, tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi ta’sirida tuproq xossalarini “mikrobiologik→biologik, faollik→mexanik→fizik→kimyoviy” algoritmlar ketma-ketlikda o‘zgarishga uchrashi ochib berilgan;
o‘simliklarning tarqalish qoplami sanoat korxonalaridan chiqayotgan kimyoviy moddalarga bog‘liq tarzda shamolning asosiy yo‘nalishi bo‘yicha zarar ko‘rishi ilmiy asoslangan;
rekul`tivatsiyadan so‘ng tuproqlarning ekologik holati va unumdorlik ko‘rsatkichlarini tiklanishi bo‘yicha mavjud koeffisientlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyatining janubi-sharqiy hududi tuproqlarining ekologik holati va ularning rekul`tivatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent viloyatining Bekobod, Ohangaron tumanlari, Olmaliq shahri hududida tarqalgan tuproqlarning texnogen buzilishi va kimyoviy ifloslanish holatini o‘rganish, ularni rekul`tivatsiya qilish tadqiqotlari asosida “Toshkent viloyatining janubi-sharqiy hududi tuproqlarining ekologik holati va ularning rekul`tivatsiyasi” nomli tavsiyanoma Ohangaron tumanida “Mirzabek Ixtiyorbek Fayz” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 7 apreldagi 06/28-28-06/343-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi va texnogen buzilishi ta’sirida fizik, kimyoviy va biologik xossalarini o‘zgarishini baholash, ularni muhofaza qilish hamda samarali foydalanish imkonini bergan;
Toshkent viloyatining janubi-sharqiy hududida tarqalgan o‘simlik, suv, tuproq resurslarini ifloslanish holati bo‘yicha 1:10000 masshtabli ekologik xaritasi Ohangaron tumanida “Mirzabek Ixtiyorbek Fayz” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 7 apreldagi 06/28-28-06/343-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot hududida tarqalgan tuproqlarning kimyoviy ifloslanish holatini baholash, erlardan samarali foydalanish, ularni muhofazalash va boshqarishga qaratilgan tadbirlarni belgilash imkonini bergan;
Toshkent viloyatining janubi-sharqiy hududidagi kimyoviy ifloslangan va texnogen buzilgan tuproqlarda texnik va biologik usulga asoslangan rekul`tivatsiya tadbirlari Ohangaron tumanida “Mirzabek Ixtiyorbek Fayz” fermer xo‘jaligida 2,4 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 7 apreldagi 06/28-28-06/343-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarning unumdorlik ko‘rsatkichlarini tiklanish va ekologik holatini yaxshilanish imkonini bergan;
tadqiqot hududidagi sug‘oriladigan tuproqlarda Sb, Mn, V, Pb, As, Hg, Cu, Ni, Zh, Cd kabi elementlarning ruxsat etilgan chegaraviy ulushdan ortganligi aniqlangan, ularning tarqalish chegaralari ajratilgan va natijalar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tarkibidagi tashkilotlarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 30 dekabrdagi 03-02/7-4119-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar sanoatlashgan hududlarda tarqalgan tuproqlarni monitoring qilish va ushbu hududlardan samarali foydalanish bo‘yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
texnogen buzilgan tuproq xossalarini yaxshilash, tuproqning ekologik holati hamda unumdorligini tiklashga yo‘naltirilgan tadbirlar majmui O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tarkibidagi tashkilotlarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 30 dekabrdagi 03-02/7-4119-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu rekul`tivatsiya tadbirlari, kompleks tadqiqotlar asosida olingan ilmiy ma’lumotlar texnogen buzilgan tuproqlarni unumdorligini tiklash, oqilona foydalanish va muhofaza qilish imkonini bergan.