Matenov Rashid Bekimbetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining nutqida rus tili sintaktik variant birliklarini qo‘llay bilish ko‘nikmasini shakllantirish”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1974
Ilmiy rahbar: Xashimova Dildarxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdullaeva Saida Nuritdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik oliy o‘quv yurti talabalari nutqida rus tilining sintaktik variant birliklaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishning ilmiy asoslangan va eksperimental tekshirilgan metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus tilini o'qitishda sintaktik variant birliklarini tanlash va yaratish orqali hamda nofilologik oliy o‘quv yurtlati talabalarining kasbiy faoliyatida sintaktik variant birliklaridan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligiga yordam beradigan shahsga yo'naltirilgan yondashuv zarurligi nazariy jihatdan asoslangan;
o‘zga tilda tahsil oladigan talabalarning kasbiy nutqini rus tilining sintaktik variant birliklari bilan boyitish va didaktik tamoyillarni qo'llash hamda auditoriya va auditoriyadan tashqari ish umumiy didaktik tamoyillarining o'ziga xos xususiyatlarini sintaktik birliklar variantliligini rag‘batlantiruvchi tashqi va ichki omillarni aniqlash orqali bo‘lajak yuristlarni o‘qitishning motivatsion asoslari takomillashtirilgan;
nofilologik oliy o‘quv yurtlati talabalarida rus tilining sintaktik variant birliklaridan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik ta’minot mutaxassislik tili asosida o‘qitiladigan matnlarning sintaktik tizimi variantliligini lingvodidaktik baholash asosida takomillashtirilgan;
yurist talabalarni o'qitishda rus tilining qo‘shma gaplarida sintaktik variant birliklaridan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantiruvchi didaktik modeli metodik mashqlar va topshiriqlar majmuasi asosida til kompetensiyasini rus tilining qo‘shma gaplarida sintaktik variant birliklari asosida ta'minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik oliy o‘quv yurti talabalari nutqida rus tilining sintaktik variant birliklaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishning ilmiy asoslangan va eksperimental tekshirilgan metodikasini yaratish asosida:
rus tilini o'qitishda sintaktik variant birliklarini tanlash va yaratish orqali hamda nofilologik oliy o‘quv yurtlati talabalarining kasbiy faoliyatida sintaktik variant birliklaridan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligiga yordam beradigan shahsga yo'naltirilgan yondashuv zarurligi nazariy jihatdan asoslanganligi hamda sintaktik variant birliklaridan og‘zaki va yozma nutqda foydalanish, sintaktik variativ birliklarning umumiy va farqli jihatlari Toshkent davlat yuridik universiteti “Akademik yuridik yozuv” modulining tarkibiy qismi bo‘lgan bo‘lajak yuristlarning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bloklarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 7-01/2490-18-02-son ma’lumotnomasi). Jumladan, “Akademik yuridik yozuv” modulining yurist talabalar nutqida sintaktik variativ birliklardan foydalanishning funksional xususiyatlaridagi o‘xshash va farqli jihatlar; bo‘lajak yuristlar nutqining lingvokulturologik xususiyatlariga oid nazariy qarashlar hamda amaliy ko‘nikmalar bilan boyitilgan;
o‘zga tilda tahsil oladigan talabalarning kasbiy nutqini rus tilining sintaktik variant birliklari bilan boyitish va didaktik tamoyillarni qo'llash hamda auditoriya va auditoriyadan tashqari ish umumiy didaktik tamoyillarining o'ziga xos xususiyatlarini sintaktik birliklar variantliligini rag‘batlantiruvchi tashqi va ichki motivatsiyalariga oid xulosalardan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘quv jarayonida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-maydagi 01/4-381-son ma’lumotnomasi) hamda «Rus tili» darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyundagi 233-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘qituvchilarga berilgan metodik tavsiyalardan talabalarning sintaktik variant birliklaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish va mukammallashtirishda tatbiq etilgan;
nofilologik oliy o‘quv yurtlati talabalari rus tilining sintaktik variant birliklaridan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik ta’minot mutaxassislik tili asosida o‘qitiladigan matnlarning sintaktik tizimi variantliligining lingvodidaktik tahliliga oid xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalarini rus tiliga o‘qitish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 10-martdagi 01-21-04/424-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv-uslubiy majmualar mazmuni boyitilib, rus tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishning uslubiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.