Abdurasulova Nilufar Abdusalim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida chet tili orqali og‘zaki muloqotda diskursiv kompetensiyani shakllantirish”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4949.
Ilmiy rahbar: Ahmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ashurov Alisher Abdimavlanovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi A2 darajasidagi umumta’lim maktablarining 7-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida og‘zaki muloqot sohasida chet tilining diskursiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
7-9-sinf o‘quvchilarining ingliz tilida sintaktik birliklar darajasida og‘zaki muloqot sohasida diskursiv kompetensiyani shakllantirishda yuzaga keladigan xatolar tipologiyasi uslubiy maqsadlar uchun ingliz va rus tillari matn, janr, strategik va taktik tarkibiy xususiyatlariga doir kogeziya (so‘zlarning bog‘liqligi va gaplarning izchilligi) va kogerensiya (matnning yaxlitligi) aspektlarini qiyoslash orqali aniqlangan;
O‘YTFR texnologiyasi doirasida ishlab chiqilgan “IDEAL” muammosini shakllantirish strategiyasining samaradorligi A2 darajadagi o‘quvchilarining mustaqil tanqidiy fikrlashini rag‘batlantirishga qaratilgan dialogik va monologik nutq aspektlarining miqdoriy va sifat jihatidan xilma-xilligigiga asoslangan metodologiya asosida isbotlangan;
diskursiv kompetensiyani pragmatik kompetensiyaning subkompetensiyalaridan biri sifatida qabul qilish ehtiyoji asosiy matn toifalariga nisbatan A2 darajasidagi o‘quvchilar o‘rtasida chet tili bo‘yicha pragmatik (diskursiv) kompetensiyani rivojlantirishga qo‘yiladigan talablarga mos keluvchi aktuallashtirilgan matn toifalarini shakllantirish orqali isbotlangan;
diskursiv kompetensiyani shakllantirishning analitik-taqlid, rekonstruktiv va amaliy bosqichlarini zamonaviy darsliklarlarga tatbiq etish metodologiyasini takomillashtirish orqali diskursiv kompetensiyani rivojlantirish jarayonini didaktik ta’minlashdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida og‘zaki muloqot sohasida chet tilining diskursiv kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari asosida:
7-9-sinf o‘quvchilarining ingliz tilida sintaktik birliklar darajasida og‘zaki muloqot sohasida diskursiv kompetensiyani shakllantirishda yuzaga keladigan xatolar tipologiyasi uslubiy maqsadlar uchun ingliz va rus tillari matn, janr, strategik va taktik tarkibiy xususiyatlariga doir kogeziya (so‘zlarning bog‘liqligi va gaplarning izchilligi) va kogerensiya (matnning yaxlitligi) aspektlarini qiyoslashga oid xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bajarilgan MU-FZ-201912073- raqamli ’Al-Jame’ as-sahih’ to‘plami hadislarning zamonaviy talqinini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida faoydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 01-01/09-4694-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning mazmuni o‘rta umumta’lim maktablari o‘quvchilarida og‘zaki muloqot sohasida chet tilidagi diskursiv kompetensiyani shakllantirish maqsadida O‘YTFR texnologiyasi usullarini qo‘llash muammosi bo‘yicha ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
O‘YTFR texnologiyasi doirasida ishlab chiqilgan “IDEAL” muammosini shakllantirish strategiyasining samaradorligi A2 darajadagi o‘quvchilarining mustaqil tanqidiy fikrlashini rag‘batlantirishga qaratilgan dialogik va monologik nutq aspektlarining miqdoriy va sifat jihatidan xilma-xilligigiga asoslangan metodologiyasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi PQ-184 son “Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy – akademik liseyi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlar tog‘risida’gi qaror loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024 yil 30 apreldagi 10/839 – son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni rus va ingliz tillari nutqiy aspektining qiyosiy tipologiyasiga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan;
diskursiv kompetensiyani pragmatik kompetensiyaning subkompetensiyalaridan biri sifatida qabul qilish ehtiyoji asosiy matn toifalariga nisbatan A2 darajasidagi o‘quvchilar o‘rtasida chet tili bo‘yicha pragmatik (diskursiv) kompetensiyani rivojlantirishga qo‘yiladigan talablarga mos keluvchi aktuallashtirilgan matn toifalarini shakllantirishga qaratilgan hamda diskursiv kompetensiyani shakllantirishning analitik-taqlid, rekonstruktiv va amaliy bosqichlariga xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bajarilgan MU-FZ-201912073- raqamli ’Al-Jame’ as-sahih’ to‘plami hadislarning zamonaviy talqinini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida faoydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 01-01/09-4694-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga o‘qitiladigan bir qator maxsus fanlarning nazariy asoslari boyitilishiga xizmat qilgan.