Kambarova Dildora Ibroximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Talabalarning chet tilda nutqiy kompetensiyasini takomillashtirishda axborot vositalaridan foydalanish texnologiyasi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped 6403.
Ilmiy rahbar: Kaharova Mavluda Mukarramovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Talibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Alimov Sharobiddin Solievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning chet tilda nutqiy kompetensiyasini takomillashtirishda axborot vositalaridan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarining ingliz tilidagi nutqiy kompetensiyasini takomillashtirishda axborot vositalaridan foydalanishning individuallashtirish, nutqiy-fikrlash faolligi, funksionallilik va vaziyatlilik tamoyillari shaxs faoliyatiga va muloqotga (kommunikatsiyaga) yo‘naltirilgan yondashuvlarning materallarni o‘qish va tinglab tushunish bilan o‘zaro bog‘liq vazifalarning metodik maqsadlar bilan qayta aloqasi identivligini bevosita ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
chet tilni o’qitishda qo’llaniladigan yondashuvlardan foydalanish samaradorligini ta’minlaydigan ta’limiy, trenajyor, demonstratsion, imitatsion, laboratoriyali, information-izlanishli, ma’lumotli, modellashtiruvchi kabi dasturiy-texnik ta’minoti auditiv, audivizual, vizual singari nokompyuterli vositalarning internal integratsiyasi produktivlik darajasi dominantligini qat’iy belgilash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning chet tilda nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda axborot vositalaridan foydalanish modelining tashkiliy-kontekstual komponenti mushohada yuritish, estetik, kommunikativ, mustaqil qarorlar qabul qilish, kognitiv koʻnikmalarni lingvodidaktik, sotsiolingvistik, psixologik, tehnik, autentik mezonlarga muvofiq loyihalashning mantiqiy-tuzilmaviy jihatiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning chet tilda nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda axborot vositalaridan foydalanish texnologiyasi autentik va ta’limiy podkastlar boʻyicha eti qadam (7S)ga asoslangan algoritmni ishlab chiqish, “smart student” didaktik tizimining adaptivlik va reproduktivlik jihatining validligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning chet tilda nutqiy kompetensiyasini takomillashtirishda axborot vositalaridan foydalanish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning chet tilda nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda axborot vositalaridan foydalanish modelining tashkiliy-kontekstual komponentini mushohada yuritish, estetik, kommunikativ, mustaqil qarorlar qabul qilish, kognitiv koʻnikmalarni lingvodidaktik, sotsiolingvistik, psixologik, tehnik, autentik mezonlarga muvofiq loyihalashning mantiqiy-tuzilmaviy jihatiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110900 – Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi uchun “Ingliz tilida o‘qish va yozuv” kompetensiyasini takomillashtirishda axborot vositalaridan foydalanish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 432057258103365439 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning chet tilda nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda axborot vositalaridan foydalanish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarining ingliz tilidagi nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda axborot vositalaridan foydalanishning individuallashtirish, nutqiy-fikrlash faolligi, funksionallilik va vaziyatlilik tamoyillarini shaxs faoliyatiga va muloqotga yo‘naltirilgan yondashuvlarning materallarni o‘qish va tinglab tushunish bilan o‘zaro bog‘liq vazifalarning metodik maqsadlar bilan qayta aloqasi identivligini bevosita ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 2021-2022-yillarda Bolgariya xomashyo texnologiyalari universitetida bajarilgan loyihaning talabalarda kasbiy yoʻnaltirilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Bolgariya xomashyo texnologiyalari universitetining 2022-yil 1-dekabrdagi 143 NP-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning chet tilda nutqiy kompetensiyasini kasbiy shakllantirish bilan integratsiyasini ta’minlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
chet tilni o’qitishda qo’llaniladigan yondashuvlardan foydalanish samaradorligini ta’minlaydigan ta’limiy, trenajyor, demonstratsion, imitatsion, laboratoriyali, information-izlanishli, ma’lumotli, modellashtiruvchi kabi dasturiy-texnik ta’minotini auditiv, audivizual, vizual singari nokompyuterli vositalarning internal integratsiyasi produktivlik darajasi dominantligini qat’iy belgilash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Belarus davlat texnologiya universitetida bajarilgan loyihaning chet tilni oʻqitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qismini bajarishda foydalanilgan (Belarus davlat texnologiya universitetining noyabrdagi 205 AA-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning chet tilda nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning chet tilda nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda axborot vositalaridan foydalanish texnologiyasini autentik va ta’limiy podkastlar boʻyicha eti qadamga asoslangan algoritmni ishlab chiqish, “smart student” didaktik tizimining adaptivlik va reproduktivlik jihatining validligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 2021-2022-yillarda Farg‘ona viloyati teleradiokanalining “Milliy ta’lim”, “Xayrli kun!” teleko‘rsatuvlari hamda “Assalom, yangi kun!”, “Ziyo istab” kabi ko‘rsatuv va eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokampaniyasining 2022-yil 26-maydagi 185-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning chet tilda nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda autentik materiallardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.