Yuldashova Nilufar Muxitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishda TBLT texnologiyasini qo‘llashning lingvodidaktik xususiyatlari (jurnalistika yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3698.
Ilmiy rahbar: Muradkasimova Kamola Shuhratovna, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Kurbanbaev Djavod Aminbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jurnalistika ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili yozma diskursiv kompetensiyasini TBLT pedagogik texnologiyasi yordamida takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sub’ektlarning yozma diskurs orqali axborotni kodlash va dekodlash jarayonini o‘z ichiga olgan adaptiv modeli chet tili yozma muloqoti samaradorligini belgilovchi shaxsiy xususiyatlar, ijtimoiy-madaniy vaziyat va kommunikativ vazifa omillari, tushunish, mnematik tashkil etish hamda “lingvistik va semantik sintez” kabi funksional mexanizmlar va strategik, taktik, janr, matn, lingvistik-ritorik, lingvistik va refleksiv fikrlash kabi yozma diskursiv kompetensiya komponentlari integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishda strategik, taktik, janr, matn, lingvistik-ritorik va lingvistik komponentlar qatoriga refleksiv fikrlash komponentini yozma diskursiv kompetensiyaning tarkibiy qismiga kiritishning samaradorligi isbotlangan;
yozma diskursiv kompetensiyani baholash mezonlarining A2/A2+, B1/B1+ va B2 darajalari CEFRda yozuvni baholash uchun taqdim etilgan diskriptorlar, ingliz tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan testlar hamda yozma diskursiv kompetensiya komponentlari strategik, taktik, janr, matn, lingvistik-ritorik, lingvistik va refleksiv fikrlashni vertikal integratsiya qilish asosida ishlab chiqilgan;
TBLT pedagogik texnologiyasi bilan amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni bosqichlari Kolbning tajribaviy o‘rganish va Villisning vazifaga asoslangan til o‘qitish modellari hamda mashqlarning qiyinlik darajasi va baholash metodlari uzviyligini tizimli ta’minlash asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jurnalistika ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili yozma diskursiv kompetensiyasini TBLT pedagogik texnologiyasi yordamida takomillashtirish yuzasidan olingan nazariy-metodologik va amaliy tavsiyalar asosida:
sub’ektlarning yozma diskurs orqali axborotni kodlash va dekodlash jarayonini o‘z ichiga olgan adaptiv modeli chet tili yozma muloqoti samaradorligini belgilovchi shaxsiy xususiyatlar, ijtimoiy-madaniy vaziyat va kommunikativ vazifa omillari, tushunish, mnematik tashkil etish hamda “lingvistik va semantik sintez” kabi funksional mexanizmlar va strategik, taktik, janr, matn, lingvistik-ritorik, lingvistik va refleksiv fikrlash kabi yozma diskursiv kompetensiya komponentlari integratsiyasiga oid xulosalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022-yil 5-dekabrdagi 3480/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan kontent yaratilgan va yangi yondashuvlar sifatida uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
TBLT pedagogik texnologiyasi bilan amalga oshiriladigan mavzu va vazifaga kirish, tajribaviy o‘rganish, kognitiv aqliy faoliyat va sinfdan tashqari haqiqiy hayotda bajariladigan vazifalar ierarxiyasi kabi ta’lim jarayoni bosqichlari, mashqlarning qiyinlik darajasi va baholash metodlari uzviyligini ta’minlashga oid xulosalardan 2020-2022-yillarda bajarilgan F3-2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2022-yil 5-dekabrdagi 04/11-7820-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni ingliz tilida ilmiy maqola yozishga tayyorlaydigan dars ishlanmasi va mashqlar tizimi ishlab chiqilgan;
talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishda strategik, taktik, janr, matn, lingvistik-ritorik va lingvistik komponentlar qatoriga refleksiv fikrlash komponentini yozma diskursiv kompetensiyaning tarkibiy qismiga kiritishning samaradorligidan olingan xulosalardan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 5-dekabrdagi 0311-3319-son ma’lumotnomasi). Natijada, yozma diskursiv kompetensiya komponentlaridan badiiy asarlarni va maqolalarni o‘zbek tilidan xorijiy tillarga yoki xorijiy tillardan o‘zbek tiliga tarjima qilishda foydalanildi, mahorat darslari va seminar tashkil etilgan;
yozma diskursiv kompetensiyani baholash mezonlarining A2/A2+, B1/B1+ va B2 darajalari CEFRda yozuvni baholash uchun taqdim etilgan diskriptorlar, ingliz tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan testlar hamda yozma diskursiv kompetensiya komponentlari strategik, taktik, janr, matn, lingvistik-ritorik, lingvistik va refleksiv fikrlashni vertikal integratsiyaga oid xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+dasturining 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022-yil 5-dekabrdagi 3481/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini baholashda ob’ektivlikka erishildi.