Samieva Sayyora Nematovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak mutaxassislarning ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5129.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildorxon O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mamedova Madina Ashuralievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi filologik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
filologik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari 3 va 4-bosqich talabalariga ingliz tili nazariy va amaliy grammatikalarini uzviylikda, integrallashgan holda o‘rgatishda ingliz va o‘zbek tillaridagi grammatik hodisalarning interferension va transpozision nuqtalarini (grammatik hodisaning shakli, ma’nosi va qo‘llanishi jihatidan) ochib berish orqali ingliz tilida grammatik qiyinchiliklarning lingvodidaktik tipologiyasi takomillashtirilgan;
talabalarga nazariy va amaliy bosqichlarda ingliz tili nazariy va amaliy grammatikalarini uzviylikda o‘qitishda “Grammatik hodisani o‘zlashtirish” metodik tizimi muammoli vaziyatda echim topishda g‘oya va fikrlar berish; ularni isbotlash; tahlil qilish; qaror qabul qilish va hukm qilish kabi talablarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tilga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga ingliz tilida nazariy va amaliy grammatikalarni o‘rgatish mexanizmi grammatik hodisani eslab qolish va tushunish; qo‘llay olish va tahlil qilish; talabaga o‘z bilimini baholash va grammatik hodisani grammatik kompetensiyaga oid til materiallariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini integrallashgan holda takomillashtirish zarurati talabalarning ingliz tilida grammatik hodisalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari orasidagi differensial tafovutni kommunikativ kompetensiya tamoyillariga ko‘ra aniqlash asosida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak mutaxassislarning ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
filologik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari 3 va 4-bosqich talabalariga ingliz tili nazariy va amaliy grammatikalarini uzviylikda, integrallashgan holda o‘rgatishda ingliz va o‘zbek tillaridagi grammatik hodisalarning interferension va transpozision nuqtalarini (grammatik hodisaning shakli, ma’nosi va qo‘llanishi jihatidan) ochib berish orqali ingliz tilida grammatik qiyinchiliklarning lingvodidaktik tipologiyasini takomillashtirishga oid takliflardan A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining 251-raqamli “Ilmiy pedagogik tadqiqot metodologiyasi” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining 2023-yil 16-iyundagi 23-67/01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda foydalanilgan kommunikativ va kompensatsion (kompensator) strategiyalar misollari loyiha doirasida eksperimental va test ishlarini amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, ingliz tilidagi madaniyatlararo treninglar yordamida talabalarning madaniyatlararo nutqiy kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarga nazariy va amaliy bosqichlarda ingliz tili nazariy va amaliy grammatikalarini uzviylikda o‘qitishda “Grammatik hodisani o‘zlashtirish” metodik tizimi: muammoli vaziyatda echim topishda g‘oya va fikrlar berish; ularni isbotlash; tahlil qilish; qaror qabul qilish va hukm qilish kabi talablarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi bo‘yicha Ruminiyaning Alba Iulia universiteti bilan hamkorlikda 2018-2024 yillarga mo‘ljallangan “2018-1-RO01-KA107-048398” sonli “Learning mobility for higher education studens and staff” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 4-dekabrdagi 01/673 - son ma’lumotnomasi). Natijada, berilgan tavsiyalar asosida loyiha doirasida tayyorlangan kontent materiallar mazmunan boyitilgan;
tilga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga ingliz tilida nazariy va amaliy grammatikalarni o‘rgatish mexanizmi grammatik hodisani eslab qolish va tushunish; qo‘llay olish va tahlil qilish; talabaga o‘z bilimini baholash va grammatik hodisaga oid til materiallaridanO‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2021-2022-yillarda bajarilayotgan AL-412104512 raqamli “O‘zbekistonning geografik obektlari uchun ko‘p tilli elektron lug‘at yaratish” mavzuidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022-yil 21-iyundagi 01/405-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar ushbu lug‘atdan foydalanish jarayonida geografik nomlarni ingliz tilida shakl, ma’no va qo‘llanish jihatidan o‘rganishlariga xizmat qilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini integrallashgan holda takomillashtirish zarurati talabalarning ingliz tilida grammatik hodisalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari orasidagi differensial tafovutni kommunikativ kompetensiyaga ko‘ra aniqlashga oid takliflardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi bo‘yicha Ruminiyaning Alba Iulia universiteti bilan hamkorlikda 2018-2024 yillarga mo‘ljallangan “2018-1-RO01-KA107-048398” sonli “Learning mobility for higher education studens and staff” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 4-dekabrdagi 01/673 - son ma’lumotnomasi). Natijalar o‘quvchilarga ingliz tili grammatikasini samarali o‘qitishga xizmat qilgan.