Moydinova Elmira Kamariddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’limda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini veb-resurslar asosida shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5096.
Ilmiy rahbar: Tadjibaeva Dilbar Axmedovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildorxon O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Akbarova Shahnoza Xikmatullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’limda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini veb-resurslar asosida shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’limda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan pedagogik xakaton ta’lim shakli yordamida motivatsion-qiymatli, kognitiv-ijodiy va kommunikativ-refleksivli komponentlarni o‘z ichiga olgan raqamli savodxonlik tuzilmasini ishlab chiqish orqali aniqlangan;
talabalarning raqamli kompetensiya darajasini aniqlovchi deskriptor kvalimetriyasining quyi, o‘rta va yuqori daraja ko‘rsatkichlari mazmunini ochib beruvchi boshlang‘ich, tadqiqotchi, integrator, mutaxassis, peshqadam va kashshof indikatorlari DigCompEdu dasturining kognitiv bosqichiga ustuvorlik berish vositasida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash metodikasining tizimli modeli ta’lim veb-resurslari Hotlist (Xotlist), Multimedia Scrapbook (Multimediali Skrepbuk), Treasure Hunt (Treja Xant), Subject Sampler (Sabdjekt Sempla), Insight Reflector (Insayt Reflektor), Concept Builder (Konsept Bilder), Web-Quest (Veb-kvest) formatlarini Flipped Classroom” (“Teskari sinf”) texnologiyasi asosida o‘quv jarayoniga integratsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
elektron ta’lim platformalari bazasida ta’lim veb-resurslarining etti turdagi formatlari samaradorligi Bloom innovatsion taksonomiyasini bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan to‘rt bosqichli informativ, operativ, integrativ va kreativ mashqlar tizimiga muvofiqlashtirish asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’limda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini veb-resurslar asosida shakllantirish yuzasidan olingan nazariy-metodologik va amaliy tavsiyalar asosida:
maktabgacha ta’limda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan pedagogik xakaton ta’lim shakli yordamida motivatsion-qiymatli, kognitiv-ijodiy va kommunikativ-refleksivli komponentlarni o‘z ichiga olgan raqamli savodxonlik tuzilmasiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan №OT-A1-118 “O‘zbekiston Respublikasida ko‘p qirrali madaniy ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish” nomli amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan o‘quv resurslarini yaratishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 08-iyundagi IRD/23195-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda ingliz tili yo‘nalishidagi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish, ularning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish, kelajakda bolalarga innovatsion vositalar orqali o‘z kontentini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarning raqamli kompetensiya darajasini aniqlovchi deskriptor kvalimetriyasining quyi, o‘rta va yuqori daraja ko‘rsatkichlari mazmunini ochib beruvchi boshlang‘ich, tadqiqotchi, integrator, mutaxassis, peshqadam va kashshof indikatorlari DigCompEdu dasturining kognitiv bosqichiga oid ilmiy tavsiyalaridan AQSh Davlat Departamenti va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda tayyorlangan SUZ80021GR3106-son “The English Access Microscholarship Program” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 20-maydagi 01/1150-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar raqamli kompetensiyasining rivojlanganlik darajasini aniqlaydigan indikator va deskriptorlarni joriy qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash metodikasining tizimli modeli ta’lim veb-resurslari Hotlist (Xotlist), Multimedia Scrapbook (Multimediali Skrepbuk), Treasure Hunt (Treja Xant), Subject Sampler (Sabdjekt Sempla), Insight Reflector (Insayt Reflektor), Concept Builder (Konsept Bilder), Web-Quest (Veb-kvest) formatlarini Flipped Classroom” (“Teskari sinf”) texnologiyasiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi “Foreign languaGES” telekanalida 2023-yil 26-aprelda efirga uzatilgan “Our pride” nomli dasturning ingliz tilidagi sonida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 1-iyundagi 01-05-871-son ma’lumotnomasi). Natijada, veb-resurslar asosida tayyorlangan didaktik va metodik ta’minot mazkur dastur bo‘yicha qo‘yiladigan talablarni mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
elektron ta’lim platformalari bazasida ta’lim veb-resurslarining etti turdagi formatlari samaradorligi Bloom innovatsion taksonomiyasini bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan to‘rt bosqichli informativ, operativ, integrativ va kreativ mashqlar tizimiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetining A-OT-2021-419 raqamli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” nomli innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 6-iyundagi 04/11-3458-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’limda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodlari va kelajakda o‘z ustida uzlyuksiz ishlash jarayonida veb-resurslar formatini to‘g‘ri qo‘llay olish mashqlarini samarali ishlab chiqish tizimi bo‘yicha tavsiyalarga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish