Botirov Bozorbek Musurmon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik tomorqali xo‘jaliklar uchun transheya turidagi gelioissiqxonaning energiya tejamkor konstruksiyasini ishlab chiqish”, 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3159
Ilmiy rahbar: Yuldoshev Isroil Abrievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov G‘ulomjon Norboevich, texnika fanlari doktori, professor; Rasaxodjaev Baxramjan Sabirovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Fizika-texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyosh energetik qurilmalaridan foydalanish asosida energiya tejamkor transheya turidagi quyosh issiqxona konstruksiyasini ishlab chiqish, uning issiqlik-texnikaviy, texnik-iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir  o‘lchamli nostatsionar issiqlik balans tenglamasi asosida quyosh issiqxonasining mikroiqlim parametrlarini aniqlaydigan matematik modeli transheyaning quyi qismi va yon devoridan issiqlik yo‘qotishlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
quyosh energetik qurilmalari bilan integrallashgan va zamonaviy konstruktiv issiqlik izolyasiya materiallaridan foydalanish asosida quyosh energiyasini maksimal qamrab olinishini hisobga olgan ixcham, transheya turidagi energiya tejamkor transheya turidagi quyosh issiqxonasi yaratilgan;
transheya turidagi quyosh issiqxonasining avtonom elektr ta’minotida qo‘llaniladigan fotoelektrik panellar samaradorligini ta’minlash mezonini hisobga olib, zenit o‘qi bo‘yicha energiya tejamkor gidroyurutma asosidagi quyosh harakatini kuzatadigan ikki o‘qli uskuna yaratilgan;
quyosh issiqxonasida harorat va solishtirma issiqlik yo‘qotishlarining transheya chuqurligiga bog‘liqligi asosida iqlim xususiyatlarini inobatga olib, maqbul transheya chuqurligini aniqlash usuli takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transheya turidagi quyosh issiqxonasining energiya tejamkor konstruksiyasining tajribaviy namunalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
 transheya turidagi quyosh issiqxonasini yoritish va isitish tizimini elektr energiya bilan ta’minlaydigan zenit o‘qi bo‘yicha energiya tejamkor gidroyurutma asosidagi quyosh harakatini kuzatadigan ikki o‘qli uskuna uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk markazining foydali modeliga patenti olingan (Quyosh batareyasini avtomatik yo‘naltiruvchi qurilma, FAP 01805, 31.01.2022 yil). Natijada kunning yarim ochiq ob-havo sharoitida quyosh radiatsiyasining fotoelektrik panellar yuzasiga perpendikulyar tushushi ta’minlanib, maksimal quvvati qo‘zg‘almas fotoelektrik panelga nisbatan 11,5 % ga yuqori energiya olish imkoniyati yaratilgan;
transheya turidagi energiya tejamkor quyosh issiqxonasi “Sun-Hightech” MChJ ga joriy etilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasi 28.03.2024 y. 04-3/411-son ma’lumotnomasi). Natijada yillik issiqlik yo‘qotishlari va maqbul transheya chuqurligini aniqlash asosida issiqlik yuklamasi va CO2 emissiyasi mos ravishda 106,05 kVt·soat/(m2·yil),  53,026 kg/m2 ga kamayganligi aniqlangan, shuningdek, yoqilg‘i resurslarining tejalishi hisobiga texnik-iqtisodiy samaradorlik yiliga 1 sot. transheya turidagi gelioissiqxonadan o‘rtacha  45 000 000 (qirq besh million) so‘mni tashkil etgan. Bunda limon daraxtlarining o‘rtacha hosilli yashash davrini hisobga olib kutilayotgan texnik-iqtisodiy samaradorlik 500 – 550 mln. so‘m sof foyda olish imkonini bergan;
transheya turidagi gelioissiqxona konstruksiyasini yaratishda maqbul transheya chuqurligini aniqlash usuli Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Madalov Bekzod” fermer xo‘jaligi hududida joriy etilgan (“Madalov Bekzod” FX 2023-yil 21-sentyabrdagi 04-son ma’lumotnomasi). Natijada quyosh issiqxonasidan samarali foydalanish orqali olingan yillik iqtisodiy samaradorlik 35 mln. so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish