Mamadaliev Nodirbek Vali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Arrali jinlar batareyasida tolani echish jarayonini takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4475
Ilmiy rahbar: Umarov Akmal Akparalievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashev Sharibboy To‘lanovich texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arrali jinlar batareyasida arra tishidan tolani echish jarayonini avtomatik rostlash yo‘li orqali uning takomillashtirish va tolaning tabiiy sifat ko‘rsatkichini saqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jin mashinalarining arra tishlaridan tolani echib olish uchun berilayotgan havo sarfini nazorat qilishda drossel parragi o‘rniga diskli parraklar ko‘rinishidagi drosselarning to‘la ochiq holatdan to‘la yopiq holatda bo‘lishini doimiy nazorat qilib turuvchi qurilma konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxta tozalash korxonasida 3 ta jin mashinasi uchun berilayotgan umumiy havo sarfini har bir jin mashinasi uchun qanday taqsimlanishi aniqlangan handa har bir jin mashinasining arra tishlaridan tolani echib olish uchun berilayotgan umumiy havo sarfi (bosimi va tezligi) qiymatlari aniqlangan;
havo bosimi va tezligining har bir jin mashinasi uchun havo sarfini nazorat qilib turish vazifasini bajaruvchi drosselarni har bir nav paxta uchun drosselning asosiy ishchi organi hisoblangan parraklari havo bosimi va tezligiga qarab qiyalik burchagini avtomatik nazorat tizimi ishlab chiqilgan;
markaziy havo quvuridagi to‘la bosim miqdoriga ko‘ra tola echish jarayoniga uzatilayotgan havo oqimi miqdorini boshqaradigan tola echish tizimi texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinlash mashinalarini tola echish uchun havo oqimini rostlashning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
arrali jinlashdagi tolani echish avtomatik rostlanadigan yangi tizimi «Namangan to‘qimachi cluster» ga qarashli «To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash» korxonada uzlyuksiz texnologik jarayonga joriy etildi («O‘zbekiston Paxta-To‘qimachilik Klasterlari» uyushmasining 2023 yil 19 dekabrdagi 03/22-1083-son ma’lumotnomasi). Natijada, jin mashinasi arra tishidan tolani o‘z vaqtida echib olish hisobiga ishlab chiqarilayotgan paxta tolasidagi nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushining 0,3-0,5%ga, tola echib olish uchun sarf qilinadigan elektr energiyani o‘rtacha 8-10% kamayishiga erishilgan.