Nizamov Jasurbek Abdushukurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asinxron motorlarni diagnostika qilish usulini takomilashtirish”, 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4237;
Ilmiy rahbar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich - texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:  Goyipov To‘lqin Shernazarovich - texnika fanlari doktori, professor.
Berdiev Usan Turdievich - texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot:     Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: asinxron motorni havo oralig‘idagi (ichki) va tashqi magnit maydonlarini o‘lchash asosida diagnostika qilish usulini takomillashti-rishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asinxron motorning tashqi sochilma magnit maydonining matematik modeli ekranlash koeffisientini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan va hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
asinxron motorning havo oralig‘idagi magnit maydonining faza siljish burchagini o‘lchash qurilmasi (datchigi) yaratilgan hamda ushbu datchik orqali diagnostika qilish usuli ishlab chiqilgan;
asinxron motorni funksional diagnostika qilish asosida tashqi sochilma magnit maydonini o‘lchaydigan konstruktiv jihatdan sodda, tan narhi arzon hamda o‘lchash aniqligi mavjud datchiklardan 0,5 % ga yuqori bo‘lgan datchik yaratilgan;
asinxron motorlarning havo oralig‘idagi va tashqi magnit maydonlarini turli ish rejimlarini e’tiborga olgan holda nosozliklarni aniqlash asosida diagnostika qilish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Asinxron motorlarni diagnostika qilish usulini takomilashtirish mavzusi doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
Asinxron motorlarning texnik holatini diagnostika qilish uchun tashqi magnit maydonini o‘lchash qurilmasi “Everest stroy servis” MChJ xususiy korxonasidga joriy qilingan (O‘zbekiston “Savdo sanoat palatasi”ning 2023-yil 31-oktyabrdagi №11/03-30-13669 sonli ma’lumotnomasi). Natijada asinxron motorlarning takomillashgan diagnostika qilish usuli yordamida kelib chiqishi mumkim bo‘lgan nosozliklarni oldindan aniqlash orqali 40% dvigatellarning ishdan chiqishi bartaraf etilgan.
Asinxron motorlarning texnik holatini diagnostika qilish uchun tashqi magnit maydonini o‘lchash asosida yaratilga qurilmadan foydalanish “Everest stroy servis” MChJ xususiy korxonasidga joriy qilingan (O‘zbekiston “Savdo sanoat palatasi”ning 2023-yil 31-oktyabrdagi №11/03-30-13669 sonli ma’lumotnomasi). Natijada asinxron motorlarning takomillashgan diagnostikalash usuli yordamida tekshirish orqali olingan iqtisodiy samaradorlik yiliga 112,2 mln so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish