Sodiqova Dilfuza G‘afforovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxon vohasi Denov dendrariysi yuksak o‘simliklar mikromisetlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B725.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Xamro Xaydaralievich, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.B.70.03.
Rasmiy opponentlar: Yoziev Lutfullo Xabibullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Egamberdieva Dilfuza Rustamovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Denov dendrariysidagi yuksak o‘simliklar er usti organlarida tarqalgan mikromisetlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Denov dendrariysi yuksak o‘simliklarida topilgan 143 tur va 4 formadan iborat mikromisetlarning 3 bo‘lim, 9 sinf, 17 tartib, 34 ta oila va 56 turkumga mansubligi hamda Janubiy O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan Erysiphe platani va E. australiana turlari aniqlangan;
mikromisetlar bilan 27 oila, 51 turkumga mansub 72 turning zararlanganligi, ularning eng katta (47 %dan ortiq) ulushi Sirkumboreal floristik viloyatga xos turlarga to‘g‘ri kelishi aniqlangan, o‘simlik turlariga zarar etkazadigan mikromisetlar soni va kasallantirish darajasi o‘simlikning shu hududga introduksiya qilingan davriga bog‘liqligi ochib berilgan;
mikromisetlar keltirib chiqaradigan kasalliklarning mart oyidan boshlanishi, yoz oylarida yuqori cho‘qqiga chiqishi va kuzda sekinlashishi, topilgan barcha mikromiset turkumlarining eng katta ulushi (42,89%) yozda kasallik qo‘zg‘atuvchi guruhga to‘g‘ri kelishi aniqlangan;
daraxt o‘simliklarda un shudring kasalligi nisbatan keng tarqalganligi, Septorioz va Morsonioz qo‘zg‘atuvchilari tomonidan o‘simlik organlarini zararlash darajasi pastligi, qolgan qo‘zg‘atuvchilarning zararlash darajasi yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Denov dendrariysi yuksak o‘simliklari mikromisetlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikromisetlarning 143 tur va 4 formadan iborat ro‘yhati Denov dendrariysining fitopatologik holatini baholash amaliyotiga, dendrariyda keng tarqalgan ayrim zamburug‘li kasalliklarga qarshi samarali kurash choralari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar o‘simliklarni himoya qilish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 avgustdagi 04/22-06/896-son maʼlumotnomasi). Natijada, dendrariydagi yuksak o‘simliklar, jumladan manzarali o‘simliklarda tarqalgan kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlarini aniqlash va ularga qarshi ilmiy asoslangan kurash tadbirlarini amalga oshirish imkonini bergan;
Denov dendrariysi yuksak o‘simliklarda aniqlangan 143 turga mansub mikromisetlarning 170 ta gerbariy namunalari va ma’lumotlar elektron bazasi O‘zR FA Botanika instituti Mikologik gerbariy (TASM) respublika noyob ilmiy obekti fondiga topshirilgan va Global bioxilma-xillik axborot tizimi (GBIF.uz)ga joylangan (GBIF.uz tomonidan 2024 yil 17 mayda berilgan №006-sonli sertifikat). Natijada, Mikologik gerbariy va Global bioxilma-xillik axborot tizimi fondini boyitish, urbanlashgan hududlardagi yuksak o‘simliklar mikromisetlarini tadqiq qilishni osonlashtirish imkonini bergan.